• Ipakchilik sanoati
  • O’zbekiston rеspublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




    Download 44.83 Kb.
    bet1/3
    Sana14.03.2024
    Hajmi44.83 Kb.
    #171964
      1   2   3
    Bog'liq
    o\'zbekistonda ipakchilik ning rivojlanish bosqichlari
    АБДУНАБИЕВ ХИКМАТ НИҒМАТ ЎҒЛИ резюме, ЭНТЕР ЭНЖИНИРИНГ- ЯНГИ, dasturlas, ISO 9001 sifat menejmenti tizimi, Mavzu standart va uning turlari. Reja; Kirish. Standarlar ularn, O’lchash birliklarining rivojlanishi, Usti billan, Xorijiy davlatlarda sifatni boshqarish tizimi, Xalqaro shtirixli kodlash tizimi, 1-lab

    O’ZBEKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

    TOSHKЕNT TO’QIMACHILIK VA YЕNGIL SANOAT


    INSTITUTI
    “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” yo’nalishi
    “To’qimachilik mahsulotlari texnologiyasi va jihozlari” fanidan

    MUSTAQIL ISH


    MAVZU: O'zbekistonda ipakchilik ning rivojlanish bosqichlari


    8-21-S guruh


    Bajardi: Toirova Sh.


    Tekshirdi: Yusupxodjayeva G.


    Toshkent 2024


    Reja:
    Kirish
    IBOB O'zbekistonda ipakchilik ning rivojlanish bosqichlari
    1.1 Pillachilik tarmog’i
    1.2 Mamlakatimizda pillachilik sohasi faoliyati.
    1.3 O’zbekistonda pillachilikni rivoji.
    II BOB O’zbekiston ipagi jahon bozorida yangi brendga aylanmoqda
    2.1 O'zbekistonda barqaror pillachilikni qo'llab-quvvatlash
    2.2 Yangidan kashf etilgan 4 ming yillik an'analar
    2.3 Ipak qurti birgina pilla manbai emas
    Xulosa
    Kirish
    Ipakchilik sanoati - yengil sa-noat tarmoqlaridan biri. Asosan, tabiiy va sunʼiy ipak tolasi, yigirilgan ipak, sintetik hamda har xil tabiiy va sunʼiy tolalar birikmasidan ipak (shoyi) gazlamalar toʻqib chiqaradi. Pilla chuvish (tortish), uning losidan ipak yigirish va toʻqilgan gazlamalarni pardozlash ham I. s.ga kiradi.
    Oʻzbekistonda ipakchilik tarmogi teran tarixiy ildizlar va anʼanalarga ega. Ipak qurti boqish va uning pil-lasidan tola olish, ipak gazmollar toʻqish dastlab Xitoyda vujudga kelgan. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, ipak qurti boqish 4-asrda Xitoydan Buyuk ipak yoʻli orqali hozirgi Oʻzbekiston hudu-diga tarqalgan. Samarqand, Buxoro, Xoʻjand, Qoʻqon, Margʻilon, Namangan kabi shaharlarda ishlab chiqarilgan turli-tuman shoyi gazlamalar mashhur boʻlgan. Shoyi gazmollar Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlariga chiqarilgan.
    19-asrning 2-yarmidan boshlab Oʻrta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olinganidan soʻng 1867-yildan boshlab Margʻilon, Qoʻqon, Toshkent, Xoʻjand sh.larida dastlabki ipak kalavalash fabrikalari qurildi. Masalan, Oʻzbekistonga bi-rinchilardan boʻlib kelgan rus sanoatchisi I. I. Pervushin 1871-yilda Toshkentda araq va vino zavodi bilan birga pillakashlik fabrikasi ham qurdi. Lekin ipak gazlamalarning asosiy qismi maqalliy hunarmandlarning ustaxona (doʻkon)larida ishlab chiqarilar edi (mas, 19-asr oxirida Margʻilonda 120, Qoʻqonda 49 ta shoyi toʻqish ustaxonalari ishlagan).

    I BOB O'zbekistonda ipakchilik ning rivojlanish bosqichlari


    1.1 Pillachilik tarmog’i
    Pillachilik — ipak qurti boqish, pilla yetishtirish majmui; qishloq xoʻjaligining ipakchilik sanoati uchun xom ashyo yetkazib beradigan asosiy tarmoqlaridan biri.
    Pillachilik tarmoq sifatida Pillaning ozuqa manbai boʻlgan tutzorlar barpo qilish; tutning yangi navlarini yaratish; ipak qurtining zotlari va durapillalarni yaratish; naslchilik ishlari, ipak qurti boqib, uning tuxumini yetishtirish; ipakchilik sanoati uchun tirik pilla tayyorlash; pillani quritib, quruq pilla standarti talablariga moye keltirib korxonalarga topshirish; pillani dastlabki qayta ishlash va boshqalarni o'z ichiga qamrab oladi.
    Oʻzbekistonda tut ipak qurti urugʻini tayyorlash, qurtini boqish, pillani dastlabki ishlash (dimlash va quritish), yangi qurt zotlari va duragaylarini yaratishni va tutchilikni oʻz ichiga olgan mukammal majmua yaratilgan. Tut ipak qurti respublikaning barcha viloyatlarida yetishtiriladi. Respublika xududida tut ipak qurti juda qadimdan boqiladi.
    Ayrim maʼlumotlarga koʻra, ipak qurti boqish milodiy 4-asrda Xitoydan Oʻrta Osiyoga tarqalgan. 1913-yilda Oʻzbekistonda 4 ming tonnaga yaqin pilla yetishtirilgan boʻlsa, uning 90% Fargʻona vodiysiga toʻgʻri kelgan. 1922-yilda Toshkentda "Turkipak" aksiyadorlik jamiyatining tashkil etilishi pillachilikni rivojlantirishda muhim bosqich boʻldi. 1927-yil Toshkent ipakchilik styasi negizida Oʻrta Osiyo ipakchilik instituti (1991 yildan Oʻzbekiston ipakchilik instituti) tashkil etildi.

    1940—90-yillarda Pillachilikda yuqori oʻsish surʼatlariga erishildi, pilla yetishtirish deyarli 3 baravarga koʻpaydi. 1991-yilda respublikada 33,8 ming tonna pilla tayyorlandi. 1993-yildan pilla yetishtirish davlat buyurtmasidan chiqarilib, uni harid qilish erkin kelishilgan narxlar asosida olib boriladi. Respublikada Pillachilik tarmogʻida 13 hududiy (viloyat) "Pilla" aksiyadorlik birlashmasi, 122 tuman "Pilla" aksiyadorlik jamiyatlari, tut urugʻi, niholi, koʻchatlari yetishtirishga ixtisoslashgan 10 shirkat xoʻjaligi, 3 ta naslli urugʻchilik zavodi (Andijon, Samarqand, Fargʻona), 13 pillachilik - tuxumchilik zavodi (Andijon, Asaka, Buxoro, Shahrisabz, Navoiy, Namangan, Samarqand, Toshkent, Kattaqoʻrgʻon, Fargʻona, Qoʻqon, Urganch, Xoʻjaobod), 8 pillakashlik korxonalari (Toshkent "Tola", "Margʻilon ipagi", Fargʻona "Buyuk ipak yoʻli", Samarqand "Hujum", "Buxoro ipagi", "Namangan ipagi", "Bulokboshi ipagi", "Xorazm ipagi") aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat koʻrsatadi. 2002-yilda Respublika Pillachilikda 21500 tonna tirik pilla, 8290,2 tonna quruq pilla tayyorlandi, 1003,2 tonna xom ipak, 130 tonna yigirilgan ipak ipi ishlab chiqarildi, 415 ming quti ipak qurti tuxumi tayyorlandi, 1,5 million dona tut koʻchati yetishtirildi. Tarmoqda 19 mingga yaqin xodimlar band.


    Tutchilik, zotli tuxumchilik muammolari va Pillachilik sohasi uchun kadrlar tayyorlash bilan Toshkent agrar universiteti ipakchilik kafedrasi va Oʻzbekiston ipakchilik instituti shugʻullanadi.
    Jahonda pilla yetishtirish va xom ipak ishlab chiqarish boʻyicha Oʻzbekiston Xitoy, Yaponiya va Hindistondan keyin 4-oʻrinni egallaydi.

    1.2 Mamlakatimizda pillachilik sohasi faoliyati.


    Mamlakatimizda pillachilikni rivojlantirishga qaratilgan e'tibor, yaratilgan qator imtiyoz va imkoniyatlar o'z-o'zidan mazkur yo'nalishda faoliyatini olib borish istagidagi korxonalar sonining ortishiga zamin yaratdi. 2017 yilning sentyabr` oyida O'zbekiston dunyo mamlakatlari orasida yigirmanchi davlat sifatida Xalqaro ipakchilik Kengashiga (ISC) a'zo bo'lgach, “O'zbekipaksanoat” uyushmasi qoshida 13 ta hududiy, 144 ta tuman “Agropilla” MCHJlar faoliyati yo'lga qo'yildi. Ayni paytda tizimda 11 ta ipak qurti urug'i tayyorlovchi, 71 ta klaster usulida pillani etishtirish va qayta ishlash asnosida ipak mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud. Jami 761 ming nafar, shundan, 24 ming 440 nafari doimiy va 736 ming 567 nafari mavsumiy ish o'rinlari yaratilgan.

    Oxirgi ikki yilda yangi loyihalarning amalga oshirilishi, sohada ilmiy-tadqiqot ishlarining rivojlantirilishi natijasida 10 ta ipak mato, ipak gilam va tayyor ipakli mahsulotlar, 3 ta ipak va jun aralashmalaridan qo'lda gilam to'quvchi yirik korxona hamda 1 ta ipak qurti g'umbagidan oqsil ishlab chiqaruvchi quvvat ishga tushirildi. Ipak qurti g'umbagidan yog' ishlab chiqarish, uning asosida esa qimmatbaho dorivor va farmakologik vositalar, kosmetologiya yo'nalishidagi mahsulotlar, pilla sovuni, shuningdek, tut bargidan choy ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.


    “Inter Silk Pro” MCHJda esa hozirgi kunda ipak qurti g'umbagidan xitin va xitozan oqsillari ham tayyorlanyapti. Bu O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti bilan birgalikda yo'lga qo'yilgan mazkur loyiha o'zini oqlayotganini ko'rsatadi. 2020 yil I-II mavsumlarda 20 610,9 tonna (101,47 foiz), takroriy III-IV masumlarda 872,8 tonna (100,55 foiz) pilla xomashyosi etishtirilishida mazkur korxonaning hissasi katta.


    Shuningdek, joriy yilda ipak qurtining mahalliy zot va duragaylarini ko'paytirish maqsadida Samarqand va Farg'ona viloyatlarida superelita va elita urug'larini tayyorlaydigan 2 ta naslchilik korxonasi ishga tushdi. Ular tomonidan shu yilning o'zida 2 447 ta dastlabki tuxum quymalari, 721 quti superelita va 1800 quti elita urug'lari tayyorlandi.

    Uyushma tarkibidagi qayta ishlash korxonalarini pilla xomashyosi bilan muntazam ta'minlash natijasida ularning mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi 2017 yildagi 54 foizlik daraja bugunga kelib 94 foizga etdi. Sohaning eksport hajmi esa 2020 yil yakunida 2017 yilga nisbatan qariyib 4 barobarga oshishi kutilmoqda. Kelgusida pillani qayta ishlash korxonalari negizida chuqur qayta ishlash va boshqa yo'nalishlar bo'yicha bir qator loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.


    Sohani rivojlantirishda shubhasiz, xalqaro sherikchilik aloqalarni mustahkamlash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. O'tgan davr mobaynida pillachilik tarmog'iga jami 175,4 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilishi natijasida 40 ta pillani qayta ishlash korxonasi modernizatsiya qilinib, 2019-2020 yillarda 14 ta yangi pilla qayta ishlash, 4 ta ipak qurti urug'i, 1 ta tut bargidan choy ishlab chiqarish korxonalari barpo etildi.


    2020 yilda sohaga jami 15,6 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan bo'lib, shundan 6,34 million dollari korxonalarning o'z mablag'i, 6,04 million dollari tijorat bank kreditlari hamda 3,23 million dollari to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni tashkil etadi.


    Bundan tashqari, ipakchilikni rivojlantirish bo'yicha bir qancha xalqaro hamkorlik kelishulariga ham erishilgan. 2018 yilning 4—13 iyul` kunlari “O'zbekipaksanoat” uyushmasi delegatsiyasi Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Vengriya, Avstriya, Italiya, Bel`giya va Turkiya davlatlarida bo'lib, xalqaro tashkilotlar, ipakchilik sohasida faoliyat yuritayotgan hamda texnologik asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi etakchi kompaniyalar vakillari bilan tashkil etilgan uchrashuvlar davomida qator hamkorlik hujjatlarini imzolashga muvaffaq bo'ldi.


    tashkiloti)ning bosh direktori janob Li Yong bilan uchrashib, O'zbekistonda pillachilik tarmog'ini rivojlantirish bo'yicha OFID (Neftni eksport qiluvchi davlatlar — OPEKning sanoatni rivojlantirish fondi) va FAO (BMTning Qishloq xo'jaligi va oziq ovqat tashkiloti) bilan birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar bo'yicha muzokaralar olib bordi.


    Ularning bari yagona maqsad — O'zbekistonda pillachilik va ipakchilik tarmog'ini rivojlantirish, jahon bozorida ipak mahsulotlarimizga bo'lgan talabni oshirish hamda milliy matolarimizning dunyo miqyosidagi o'rni va nufuzini yanada yuksaltirishga qaratilgan.

    1.3 O’zbekistonda pillachilikni rivoji.


    Pillachilik juda qisqa muddatda – 30-35 kunda eksportbop mahsulot olsa bo`ladigan tarmoq. Dunyoda 20 dan ortiq pilla etishtiruvchi mamlakat bo`lsa, O`zbekiston Xitoy va Hindistondan keyingi o`rinda turadi. Lekin yurtimizning jahon bozoridagi ulushi – atigi 2,5 foiz.
    Oxirgi ikki yildagi sa`y-harakatlar natijasida, xususan, yiliga to`rt marta ipak qurti boqish hisobiga pilla hosili 19 ming tonnaga etkazildi.
    Yig`ilishda bu tarmoqdagi bozor kon`yunkturasi tahlil qilinar ekan, mamlakatimizda katta imkoniyatlar borligi ta`kidlandi. Bundan samarali foydalanilsa, yaqin yillarda yillik eksport hajmini kamida 500 million
    dollargaetkazishmumkin.

    Ayni paytda, tarmoqda qator muammolar bor. Jumladan, tutzorlarning 6 ming gektari yaroqsiz ahvolda. Yana 37 ming gektarda hosildorlik 30 foizga ham etmaydi. Yuqori ozuqaviy navlar tutzorlar va yakka qator tutlarning bor-yo`g`i 5-6 foizini tashkil etadi. Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash o`z vaqtida sifatli amalga oshirilmayotgani bois ozuqa bazasi yo`qotilmoqda.


    Ipak qurti urug`ining 80 foizi import qilingan. Yurtimizda super-elita ipak urug`i yaratadigan yagona muassasa – Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutining moddiy-texnika bazasi eskirgan.
    Shulardan kelib chiqib, 2022 yil yakuniga qadar 20 ming gektar yangi tutzorlar barpo etish hamda 10 ming gektar eskirgan tutzorlarni yangilash rejalashtirilgan. 

    Buning uchun mavjud tutzorlar oilaviy pudrat asosida aholiga 1 gektardan 3 gektargacha bo`lib beriladi. Pillachilik klasterlari tomonidan tutzorlarni yangilash uchun tut ko`chatlari va mavsumda ipak qurti urug`i tarqatiladi. Pilladan olinadigan daromad bilan bir qatorda, tutzorlar orasiga ekiladigan qo`shimcha ekinlar ham to`lig`icha aholi ixtiyorida qoladi. 


    Qishloq xo`jaligi vazirligi, “O`zbekipaksanoat” uyushmasi, viloyat hokimlari va tegishli idoralar rahbarlariga tutzorlar tashkil etish uchun er ajratish, eskilarini yangilash, suv tejovchi texnologiyalarni qo`llash bo`yicha topshiriqlar berildi. Kelgusi yili pilla etishtirish hajmini 21 ming tonnaga, 2025 yilgacha esa 30 ming tonnaga etkazish vazifasi qo`yildi.
    2020 yilda tarmoq korxonalari tomonidan 76,5 million dollar (yillik prognoz 73,8 mln doll.) miqdorida ipak mahsulotlari eksport qilindi. 2021 yil 3 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Pillachilik va qorako'lchilikni rivojlantirish qo'mitasida mazkur sohalardagi xalqaro hamkorlik istiqbollariga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Bu haqda Pillachilik va qorako'lchilikni rivojlantirish qo'mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

    Pilladan yarim kustar holda (qozonlarda qaynatib) qoʻl charxlarida ipak (11,8 kg pilladan 1 kg ipak) olingan, qoʻlda boʻyalgan ipakdan atlas, adras, bekasam, olacha, turli abrli gazlamalar, baxmal, parcha qoʻl dastgoqlarida toʻqilgan. 1913-yilda Oʻzbekistonda qariyb 4 ming t pilla yetishtirilgan, uning aksariyat qismi rus ishbilarmonlari qoʻliga oʻtib, ipak olish uchun Italiya va Fransiyaga joʻnatilgan.


    II BOB O’zbekiston ipagi jahon bozorida yangi brendga aylanmoqda
    2.1 O'zbekistonda barqaror pillachilikni qo'llab-quvvatlash
    1921-yilda Oʻzbekistonda Fargʻona sh.da birinchi 56 qozonli pillakashlik fabrikasi ishga tushirildi. 1927—32 yillarda Samarqand, Buxoro, Margʻilon sh.larida ham pillakashlik fabrikalari qurildi. Ayni paytda pillakashlik fabrikalarida olingan ipak toladan shoyi toʻqish ham rivojlandi. Margʻilon atlas (1925), Namangan abrli gazlamalar (1925), Margʻilon shoyi (1928), Samarkand shoyi (1934) kombinatlari, Qoʻqon shoyi toʻqish fabrikasi (1926) ishga tushirildi. 1937-yilga qadar shoyi gazlamalar tabiiy ipakdan tayyorlanar edi. Kimyo sanoatining rivojlanishi natijasida sunʼiy ipak gazlamalar toʻqish ham keng ta-raqqiy etdi. 1940-yilga kelib Oʻzbekistondagi pillachilik fabrikalarida 9833 t pilla qayta ishlanib, shoyi gazlamalar ishlab chiqarildi.
    BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) hamda “O'zbekipaksanoat” uyushmasi hamkorligidagi “O'zbekistonda barqaror pillachilikni qo'llab-quvvatlash” loyihasi doirasida o'tkazilgan “Xalqaro investitsiya forumi” va “Silk and Fashion” o'zbek ipak matolaridan tikilgan liboslar namoyishi ham chet elliklarning diqqat-e'tiborida bo'ldi.
    Namoyishda o'zbek dizaynerlari tomonidan bir-birini takrorlamaydigan 10 dan ortiq liboslar kollektsiyasi taqdim etildi. Zamonaviy dekoratsiya va yorqin chiroqlar bilan bezatilgan namoyish yo'lagi yosh dizaynerlar uchun o'ziga xos ijod maydoniga aylandi. Yo'lak bo'ylab ketma-ket o'tayotgan harir liboslar jilosi va zaldagi ishtirokchilarning taassurotlari xalqaro forumning 100 ga yaqin xorijlik mehmonlariga onlayn translatsiya tarzida etkazilib, o'zbek ipak matolarining jozibasini jonli ko'rishlari uchun imkoniyat yaratildi.
    Liboslar namoyishida ishtirok etgan Malika Sayfullaeva, Asal Qosimbekova, Madina Mavlonova, Gulruh Bozorova, Nilufar Kamolova, Dinara Ashurova, Maftuna Akbarova kabi yosh va iqtidorli dizaynerlar yaratgan liboslar kollektsiyasi yig'ilganlar e'tirofiga sazovor bo'ldi. Ular orqali nafaqat milliy ipak matolarimiz, balki xalqimizning boy madaniy merosi, ipakchilik yo'nalishidagi qadimiy va zamonaviy uslublari jahon ahliga yana bir karra namoyish etildi.
    “O'zbekistonda barqaror pillachilikni qo'llab-quvvatlash” loyihasini o'tkazishda yurtimizda ipakchilik sanoatini rivojlantirishga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surish, ipak mahsulotlarini loyihalashdan tortib, marketinggacha bo'lgan jarayondagi asosiy to'siqlarni aniqlash va bartaraf etishni maqsad qilingan edi. Uni amalga oshirish jarayonida
    1940—70 yillarda respublikada pilla yetishtirish deyarli 3 baravar koʻpaydi, I. yeda yuqori oʻsish surʼatlariga erishildi. 1966-yilda yiliga 45 mln. m ipak gazlama ishlab chiqaradigan Namangan shoyi va kostyumbop gazlama kti ishga tushirildi, viloyatlar shaharlarida kombinatlar filiallari ochildi, ishlab turgan korxonalar kengaytirildi va rekonstruksiya qilindi. Ayni paytda I. s. korxonalari shoyi gazlamalar turlarini ishlab chiqarish boʻyicha ixtisoslashdi, korxonalarda krepdeshin, krepshifon, krepjorjet, ipakdan milliy gazlamalar: atlas, xonatlas, bekasam, shoyi, shuningdek, plashbop, kostyumbop, astarbop gazlamalar, shtapel, viskoza va aralash tolalardan kiyim-kechak tikiladigan gazlamalar, tukli va jakkard gazlamalar, sunʼiy iplardan abrli gazlamalar ishlab chiqarish oʻzlashtirildi, ishlab chiqarish mahsulotlari chet ellarga eksport qilindi.
    1980-yilga kelib Oʻzbekistonda ipak ip ishlab chiqarish 1711 t ni tashkil etdi, 113,8 mln. m2 shoyi gazlamalar ishlab chikarildi, 1990-yilda esa 32824 t ipak kurti pillasi tayyorlandi, I. yeda 2522 t ipak ip, 144,2 mln. m2 shoyi gazmollar ishlab chikarildi, 1991-yilda respublikada rekord xreil — 33,8 ming t pilla tayyorlandi.
    Respublika mustaqillikka erishgandan keyin respublika hukumati ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor berdi. Anʼanalar va ming yillik tajribalar negizida Oʻzbekistonda zamonaviy yangi ipakchilik indust-riyasini yaratish yoʻli belgilandi. 1993-yildan pilla yetishtirish davlat buyurtmasidan chiqarilib, uni xarid qilish kelishilgan narxlar asosida olib boriladigan boʻldi.

    Liboslar namoyishida ishtirok etgan Malika Sayfullaeva, Asal Qosimbekova, Madina Mavlonova, Gulruh Bozorova, Nilufar Kamolova, Dinara Ashurova, Maftuna Akbarova kabi yosh va iqtidorli dizaynerlar yaratgan liboslar kollektsiyasi yig'ilganlar e'tirofiga sazovor bo'ldi. Ular orqali nafaqat milliy ipak matolarimiz, balki xalqimizning boy madaniy merosi, ipakchilik yo'nalishidagi qadimiy va zamonaviy uslublari jahon ahliga yana bir karra namoyish etildi.


    “O'zbekistonda barqaror pillachilikni qo'llab-quvvatlash” loyihasini o'tkazishda yurtimizda ipakchilik sanoatini rivojlantirishga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surish, ipak mahsulotlarini loyihalashdan tortib, marketinggacha bo'lgan jarayondagi asosiy to'siqlarni aniqlash va bartaraf etishni maqsad qilingan edi. Uni amalga oshirish jarayonida



    Download 44.83 Kb.
      1   2   3




    Download 44.83 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston rеspublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

    Download 44.83 Kb.