• Aralashtirish tindirish ekstraktorlari.
  • -MARUZA MAVZU:EKSTRAKTORLARNING TUZILISHI




    Download 381,5 Kb.
    bet4/7
    Sana23.05.2024
    Hajmi381,5 Kb.
    #251225
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Rahmatullo

    36-MARUZA
    MAVZU:EKSTRAKTORLARNING TUZILISHI.
    REJA:
    1. Aralashtirish tindirish ekstraktorlari.
    2. Kolonnali ekstraktorlar.
    3. Markazdan qochma kuch ta`sirida ishlaydigan ekstraktorlar.
    4.
    Sanoatda ishlatiladigan ekstraktorlar asosan uch turga bo’linadi: aralashtirish tindirish; kolonnali; markazdan qochma kuch ta`sirida ishlaydigan.
    Aralashtirish tindirish ekstraktorlari. Eng oddiy, davriy ishlaydigan aralashtirish tindirish ekstraktorlari vazifasini aralashtirgichli qurilmalar bajaradi. Bir pog’onali ekstraksiyalashni o’zluksiz olib borish uchun ikki qism (aralashtirish va tindirish) dan iborat qurilmalar ishlatiladi
    Eng oddiy tindirgich gorizontal joylashgan idishdan iborat. Tindirgichning hajmi bo’ylab suyuqlik laminar rejim bilan harakat qiladi, natijada aralashma ikki qismga ajraladi. Yengil fraksiya (ekstarkt) idishning tepasida joylashgan shtutser orqali chiqadi. Og`ir fraksiya (rafinat) esa tindirgichning pastki qismidagi shtutser va sifon orqali tashqariga chiqadi.
    Aralashmalarni ikki qismga ajratishda murakkab to’zilishga ega bo’lgan boshqa tindirish qurilmalari (gidrosiklonlar, sentrifugalar va markazdan qochma separatorlar) ham keng ishlatiladi.
    Sanoatda ko’pincha ikkita suyuq fazani aralashtirish va ajratish operasiyalari bitta qurilmada amalga oshiriladi. Bunday qurilmalar aralashtirish tindirish ekstraktorlari deb ataladi (28.4-rasm). Dastlabki eritma L va erituvchi (7 tegishli quvurlar orqali aralashtirish kamerasiga yuboriladi. Aralash­tirish zonasida aralashtirgich doim ishlab turadi. Hosil bo’lgan aralashma yuqoriga ko’tariladi, sochngra halqasimon bochshliq orqali ajratish zonasiga o’tadi. Og`ir fraksiya L qurilmadan sifonli quvur orqali, yengil fraksiya P esa qurilmaning yuqorisiga joylashgan shtutser yordamida tashqariga chiqadi. O’zaro ta`sir qilayotgan suyuqliklar maxsus quvur orqali retsirkulyatsiya qilinadi

    28.4-rasm. Aralashtirish tindirish ekstraktori:
    1, 2 — eritma va erituvchi kiradigan quvur; 3 — aralashtirish zonasi; 4 — aralashtirgich; 5 — aralashtirish quvuri; 6 —sirkulyatsion quvur; 7 — sifon; 8 — ajratish zonasi; 9 — halqasimon bochshliq; 10 — quyilish shtutseri.

    Download 381,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 381,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MARUZA MAVZU:EKSTRAKTORLARNING TUZILISHI

    Download 381,5 Kb.