|
Mavzu: suyuqliklarni ekstraksiyalash
|
bet | 5/7 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 381,5 Kb. | | #251225 |
Bog'liq RahmatulloKolonnali ekstraktorlar. "Suyuqlik-suyuqlik" sistemasiga mo’ljallangan kolonnali ekstraktorlar o’z navbatida ikki turga bo’linadi:
1) qochshimcha energiya berilmaydigan qurilmalar;
2) tashqaridan qochshimcha energiya beriladigan qurilmalar.
Birinchi turga sochib beruvchi, nasadkali va g`alvirsimon ekstraktorlar, ikkinchi turga esa rotorli, pulsasion, vibrasion va boshqa ekstraktorlar kiradi.
Suyuqlikni sochib beruvchi ekstraktorlar ichi bochsh silindrsimon kolonnadan iborat, bunda fazalardan bittasi yaxlit oqim bilan, ikkinchi faza esa qarama-qarshi yo’nalishda mayda tomchilar holatida harakat qiladi. Bunday qurilmalar oddiy to’zilishga ega, biroq ularning samaradorligi juda kam. Nasadkali ekstraktorlarning tuzilishi absorbsiya va rektifikatsiya uchun ishlatiladigan shunga ochxshash qurilmalardan farq qilmaydi.
Sanoatda ko’pincha g`alvirsimon tarelkali ekstraktorlar keng ishlatiladi (28.5-rasm).
28.5-rasm. G`alvirsimon ekstraksion kolonna:
1 — vertikal silindrsimon qobiq; 2 — g`alvirsimon tarelkalar; 3 — quyilish moslamalari; 4, 6 — og`ir va yengil fazalar kiradigan shtutserlar;7-og`ir faza chiqadigan shutser; a — fazalarni ajratuvchi sath.
Bunday ekstraktor vertikal silindrsimon qobiq 7 va quyilish moslamalari 3 bo’lgan g`alvirsimon tarelkalar 2 ga ega. Kolonnaning ishlashi quyidagicha boradi. Og`ir faza (OF) shtutser 4 orqali kolonnaga o’zluksizberiladi, yaxlit oqim bilan pastga harakat qiladi va shtutser 7 orqali tashqariga chiqadi. Yengil faza (EF) o’zluksiz ravishda shtutser 6 orqali kolonnadagi pastki tarelka 2 ning ostki qismiga beriladi. Ushbu faza tarelkadagi teshiklar orqali ochtganida mayda tomchilarga ajraladi. Tomchilar yaxlit faza ichida yuqoriga harakat qiladi va tarelka zonasiga etganida o’zaro qochshilib, suyuqlik qatlamini hosil qiladi. Bu qatlam tirgovich qatlam deb yuritiladi. Bu qatlamdagi suyuqlik tarelkaning teshiklari orqali ochtib yana tomchilar hosil qiladi. Ekstraktorda yaxlit faza bitta tarelkadan ikkinchisiga quyilish moslamalari 3 yordamida o’tadi.
Shunday qilib, bitta kolonnada ko’p marotaba suyuqlikning mayda tomchilarga parchalanishi va ular qochshilib, suyuqlikning tirgovich qatlamini hosil qilishi yo’z beradi.eng yuqorigi tarelkadan chiqayotgan tomchilar,engil suyuqlik qatlami-ekstrakt (EF) ni hosil qilib, fazalarni ajratuvchi sath a ga ega bo’ladi va qurilmadan shtutser 5 orqali tashqariga chiqariladi. Og`ir faza (rafinat) qurilmaning pastki qismiga joylashgan shtutser 7 yordamida tashqariga o’zatiladi.
Tarelka teshiklaridan chiqayotgan tomchilarning tezligiga ko’ra, tomchi hosil qilishning uch xil rejimi bor:
1) notekis tomchi hosil bo’lishi (kichik tezliklarda);
2) bir tekis tomchi hosil bo’lishi (o’rtacha tezliklarda);
3) suyuqlikning kichik oqimlar bilan chiqishi (katta tezliklarda),
Tajribalarning ko’rsatishicha, g`alvirsimon tarelkalarning eng samarali ishlashi uchun dispers fazaning teshiklardan ochtish tezligi 0,15-0,30 m/s bo’lishi kerak ekan. Bunday tezlikda suyuqlikning kichik oqimlar hosil qilish rejimi mavjud bo’ladi. Tarelkalar oralig`idagi masofa 0,25-0,60 m qilib olinishi mumkin. Yaxlit fazaning tarelka ustidagi balandligi 0,2 m atrofida bo’lsa, modda o’tkazish jarayoni tez ketadi. Tarelkadagi teshiklarning diametri odatda 3-6 mm bo’ladi.
Agar dastlabki eritma va erituvchi zichliklari oralig`idagi farq 100 kg/m3 dan kam va fazalar o’rtasidagi sirt taranglik kuchi katta qiymatga ega bo’lsa, bunda kontakt yuzasini ancha oshirish uchun tashqaridan energiya beriladigan, ya’ni mexaniq aralashtirgich bilan jihozlangan ekstraktorlar ishlatiladi.
Tashqaridan energiya beriladigan ekstraktorlar qatoriga birinchi navbatda rotorli ekstraktorlar kiradi.
|
| |