|
-rasm. Shaybel ekstraksiya kolonnasi
|
bet | 6/7 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 381,5 Kb. | | #251225 |
Bog'liq Rahmatullo28.6-rasm. Shaybel ekstraksiya kolonnasi:
1— aralashtirish seksiyalari; 2 — tindirish seksiyalari; 3 — aralashtirgichlar.
Bu turdagi ekstraktorlarning dastlabki variantlaridan biri Shaybel kolonnasi hisoblanadi (28.6-rasm). Bu kolonna ketma-ket joylashgan aralashtirish 1 va tindirish 2 seksiyalaridan tashqil topgan. Aralashtirish seksiyalarida valga biriktirilgan aralashtirgichlar 3 o’rnatilgan. Tindirish seksiyalari nasadkalar (masalan, katta katakli qilib tochqilgan to’rlar) bilan to’ldiriladi.
Pulsasiyali ekstraktorlarda ham ikki fazali oqimga qochshimcha energiya beriladi. Bunda ekstraktorning ichidagi suyuqlikka pulsatorlar yordamida qaytarma-ilgarilama harakat beriladi. Pulsasiya tebranishlari ta`sirida oqimning turbulentligi va fazalarning tomchilarga aylanish darajasi ortadi, natijada nasadkali va g`alvirsimon tarelkali kolonnalardagi modda o’tkazish jarayonining samaradorligi ko’payadi.
Sanoatda pulsatorlar sifatida porshenli, plunjerli, membranali nasoslar yoki maxsus pnevmatik qurilmalar ishlatiladi. 28.7-rasmda pnevmatik pulsasiya tizimi bo’lgan ekstraksiya qurilmasi ko’rsatilgan. Havo yoki inert gaz kompressor 2 yordamida resiver 5 va zolotnikli tarqatuvchi mexanizm 3 orqali ekstarksiya kolonnasining pulsasiya kamerasi 7 ga yuboriladi. Tochg`ri impuls paytida kameradagi suyuqlikning sathi pasayadi, natijada kolonnadagi suyuqlikning sathi ko’tariladi. Teskari impuls paytida kamera atmosfera bilan birlashadi, kolonnadagi suyuqlikning sathi esa pasayadi. Bunday kolonnada quyilish moslamalariga ehtiyoj qolmaydi, chunki kolonnadagi suyuqlik ustuni ko’tarilganda tarelkadagi teshiklar orqali yengil faza EF o’tadi, suyuqlik ustuni pastga tushganda esa og`ir faza OF ga o’tadi.
28.7-rasm. Pnevmatik pulsatsiyali ekstraksiya qurilmasi:
1 — pulsasiya kamerasi; 2 — kompressor; 3 — zolotnikli tarqatuvchi mexanizm; 4 — ekstraktor; 5 — resiver.
Pulsasiyali ekstraktorlarda odatda g`alvirsimon hamda KRIMZ turidagi tarelkalar ishlatiladi. G`alvirsimon tarelka teshiklarining diametri 3-5 mm, tarelkadagi hamma teshiklarning yuzasi esa kolonna kochndalang kesimi yuzasining 20-25% ini tashqil etadi. Tarelkalar orasidagi masofa 50 mm. Pulsasiyali ekstraktorlarning diametri chegaralangan bo’ladi (eng ko’pi bilan 600; 800 mm). Ekstraktorning samaradorligi pulsator tebranishining chastotasi va amplitudasiga bog`liq. Pulsatorlarning ko’pincha maqbul tebranishlar soni minutiga 200-300 ni tashqil qiladi, bunda amplituda 1-2 mm ga teng bo’lishi kerak.
|
| |