• Singapurda eng iqtidorli o‘quvchilar integrallashgan ta’lim dasturi
  • mavzu: Tarix fani bo‘yicha ma’ruza, seminar, amaliyot, trening, ochiq mashg‘ulotlarni tayyorlash, kuzatish va tahlil qilish




    Download 406.51 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet14/20
    Sana19.12.2022
    Hajmi406.51 Kb.
    #35922
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
    Bog'liq
    8-мавзу маруза
    TEST, dakument 2, veb-kvest-tehnologiya, Kembrij, {teacherscom library} EFL Grade 4 Guess What SB, inklyuziv-ta-lim-va-yangicha-pedagogik-yondashuvlar, Metodbirlashma matn, vystuplenie na mmo28.08.2018g. veb-kvestyryabova i a, 3-kurs 2-ОТ амалиёт дафтари, Jurabek dis oxirgi var-конвертирован, 11 sinf Ingliz tili imtihon javoblari 2023 Английский язык 11 класс, Ta’lim jarayonini takomillashtirishga yo‘naltirilgan raqamli texnologiyalardan, Axborot, Academy Stars 1 WB www.frenglish.ru
     —A1 (eng yuqori),
    — A1/A2 (a’lo),
    — B3/B4 (yaxshi), 
    — C5/C6 (qoniqarli), 
    — D7 (fanni o‘zlashtirganlik uchun eng kam ball) 
    — E8/F9 (qoniqarsiz) 
    F9 — (eng past) baholash mezonlari asosida o‘lchanadi.
    Maktablarda yakuniy reyting natijalari to‘plangan ballar asosida belgilanadi. 
    Singapurda eng iqtidorli o‘quvchilar integrallashgan ta’lim dasturi(Integrated 
    Programme, IP)ni egallashi mumkin. Bunda mamlakatdagi sara maktablar 
    o‘quvchilariga O-daraja sinovlaridan o‘tmay turib, 6 yillik o‘rta ta’limni 
    tamomlagani zahoti A-darajani olish uchun imtihon topshirish imkoniyati 
    beriladi. Bu o‘quvchilarning bo‘sh vaqti ko‘proq qolishi hamda bu paytda o‘zi 
    tanlagan 
    fanlarni 
    chuqurroq 
    o‘rganishiga 
    yo‘l 
    ochadi. 
    Maktabni tamomlagach, o‘quvchilar kollejga kirishi mumkin. Kollej 
    bitiruvchilari A-daraja sertifikatini olish uchun imtihon topshiradi. Texnik 
    ta’lim olish istagidagilar esa o‘qishni 3 yillik politexnikum yoki 1-2 yillik 
    texnik ta’lim institutlarida davom ettiradi. Universitetoldi ta’limi esa 


    o‘quvchilarni 
    oliy 
    o‘quv 
    yurtlariga 
    kirishga 
    tayyorlaydi. 
    Singapur oliy ta’limi dunyoda yetakchilardan sanaladi. Mamlakatda 5 institut, 4 
    universitet bo‘lib, ularning har birida oliy darajada ta’lim olish kafolatlangan. 
    Shuningdek, mamlakatda 2 ta xususiy universitet hamda bir qancha jahonga 
    mashhur 
    oliy 
    o‘quv 
    yurtlarining 
    filiallari 
    mavjud. 
    Davlat OTMlari va xususiy universitetlarda o‘qitish jarayoni ham Xalq ta’limi 
    vazirligi nazoratida. Mamlakatdagi eng mashhur oliy o‘quv yurtlari Singapur 
    milliy universiteti hamda Nanyan texnologiyalar universiteti bo‘lib, ularning 
    har biri yiliga 20 mingdan ortiq talabani qabul qilish imkoniyatiga ega. 
    Mamlakatda oliy ta’lim tizimi bakalavriat (3–4 yil), magistratura (1–3 yil) va 
    doktorantura (2–5 yil) bosqichidan iborat. Oliy ta’lim muassasalarida o‘qish 
    ingliz va xitoy tillarida olib boriladi. Universitetlarga abituriyentlar imtihon 
    asosida qabul qilinadi, so‘ng ularga xalqaro standartlar asosida ta’lim beriladi. 
    Talaba universitetda o‘qish bilan birga, ta’lim muassasasi qoshida tashkil 
    etilgan tadqiqot markazlarida ilmiy izlanish olib borishi va qator fanlar bo‘yicha 
    ilmiy daraja olishi mumkin. Singapur universitetlari tomonidan berilgan diplom 
    butun 
    dunyoda 
    amal 
    qiladi. 
    Oliy ta’lim uchun to‘lanadigan shartnoma puli Buyuk Britaniya, AQSh 
    yoki Avstraliya bilan solishtirganda, Singapurda bir necha barobar arzon. 
    Ammo bu yerda beriladigan ta’lim sifati hech bir Yevropa mamlakatinikidan 
    qolishmaydi. Shuning uchun ham Singapurdagi ta’lim muassasalari doim 
    xorijlik 
    yoshlar 
    bilan 
    gavjum. 
    Oliy ta’limni Singapurda davom ettirish ko‘pchilik o‘ylaganidek 
    murakkab emas. Buning uchun ingliz tilini chuqur bilish lozim. Shuningdek, 
    Singapur universitetlaridan birida o‘qish istagidagi xorijlik abituriyentlardan 
    boshlang‘ich va o‘rta ta’lim olganligi to‘g‘risida shahodatnoma yoki diplom, 
    ingliz tili bo‘yicha bilimini tasdiqlovchi IELTS yoki TOEFL sertifikati talab 
    etiladi. Sertifikat bo‘lmasa, uni olish uchun abituriyent Singapurdagi til 
    o‘rgatuvchi maktablardan birida o‘qishi mumkin. Singapur talabalarga ta’lim 
    grantlarini berishda ham ancha saxiy. Bu yerda istalgan iqtidorli talaba ta’lim 
    stipendiyasi yoki grantini olishga da’vogarlik qilishi mumkin. Grantlar davlat, 
    o‘quv muassasalari yoki ish beruvchilar tomonidan moliyalashtiriladi. Ularni 
    qo‘lga kiritgan talabalarga ajratiladigan to‘lov summasi o‘qish xarajatlarini 
    to‘liq qoplaydi. 
    Mamlakatdagi deyarli barcha oliy o‘quv yurtlari o‘z stipendiyali 
    dasturiga ega. Qo‘shimcha pullar ko‘pincha ixtisoslashgan yo‘nalish 
    talabalariga ajratiladi. Ayrim yirik korxona va korporatsiyalar o‘zlarini 
    qiziqtirgan mutaxassislarning shartnoma pulini to‘lash orqali bo‘lg‘usi 


    xodimlarini tayyorlaydi. Buning uchun talaba va korxona o‘rtasida kelishuv 
    imzolanadi. Unga ko‘ra, talaba o‘qishni tamomlagach, o‘sha tashkilotda bir 
    necha yil ishlab berish majburiyatini zimmasiga oladi. Zero, Singapurdagi eng 
    nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan birini tamomlagan talaba yetuk kadr sifatida har 
    qanday tashkilotni qiziqtirishi tabiiy. 
    Singapurning Kinder World International Group kompaniyasi Toshkent 
    shahrida xalqaro maktab qurishni rejalashtirmoqda, Pegasus Education Group 
    Pte. Ltd. kompaniyasi esa Singapore Education Metropolis ta’lim shaharchasini 
    yaratish niyatida. 
    Singapur ta’lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) 
    muhim rol o‘ynaydi. Bu talabalar o‘rtasida innovatsion g‘oyalarni 
    rivojlantirishga va ular o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirishga yordam beradi. 
    Singapur maktablarini kompyuter bilan jihozlash darajasi o‘rtacha 5 ta talabaga 
    bitta kompyuterdan iborat. Shu bilan birga maktablarning 95% internet 
    tarmog‘iga ulangan. Bu o‘qituvchilar va talabalar orasida tajribalar almashish 
    imkoniyatini beradi. 
    Singapurda boshlang‘ich maktab majburiy va pullik hisoblanib, ta’lim 
    xarajati oyiga 9,4 AQSH dollar va yiliga bir marta to‘lanadigan 79,4 AQSH 
    dollarni tashkil qiladi. O‘rta ta’lim uchun ota-onalar har oyda 14,4 dollar va har 
    yil uchun bir marta 115,5 dollar to‘laydi. Universitetgacha bo‘lgan davr ta’limi 
    uchun harajat oyiga 19,5 dollarni va yiliga bir marta to‘lanadigan 158,8 dollarni 
    tashkil etadi.
    Shu o‘rinda umumta’lim maktablarini moliyalashtirish masalasiga ham 
    to‘xtalib o‘tsak. Singapurda davlat tomonidan ajratiladigan barcha mablag‘lar, 
    shuningdek, o‘quv to‘lovlari maktab fondiga tushadi. Klaster rahbarlari 
    muntazam ravishda ommaviy axborot vositalari orqali kelib tushgan 
    mablag‘larni va barcha harajatlarni nashr etadilar.
    Maktablarda o‘quvchilarning ota-onalari bilan faol hamkorlik yo‘lga 
    qo‘yilgan. "Ota-ona va maktab hamkorligi" deb nomlangan maxsus dastur 
    doirasida quyidagi ishlar amalga oshiriladi: 
    a) o‘quvchilar uchun qulay sharoit yaratishda ota-onalarga yordam;
    b) maktab va ota-onalar o‘rtasida samarali ma’lumot almashish; 
    v) turli xil tadbirlarni hamkorlikda tashkil etish, masalan, maktab nashrlari, ota-
    onalar ishtirokidagi konferensiyalar (“maktab-o‘quvchi-ota-ona” zanjiri); 


     g) muntazam ravishda ota-onalarga o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirganligi 
    to‘g‘risidagi axborotni, hisobotlarni taqdim etish. Bu esa o‘z navbatida 
    o‘quvchini nazorat qilish imkonini beradi va uning o‘qishini yaxshilash uchun 
    ta’sir o‘tkazadi ("qayta aloqa" tizimi);
    d) maktab qarorlarini qabul qilish jarayonida ota-onalarni jalb qilish. 
    Singapur ta’lim tizimining asosiy afzalligi - o‘qituvchilar tarkibini tanlashdir. 
    Mamlakatda o‘qituvchilar malakasini oshirish sohasida Milliy ta’lim instituti 
    (MTI) faoliyat yuritmoqda. Ushbu institutda o‘qituvchilarni uchta yo‘nalish 
    bo‘yicha qayta tayyorlash kurslari mavjud:

    Download 406.51 Kb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




    Download 406.51 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    mavzu: Tarix fani bo‘yicha ma’ruza, seminar, amaliyot, trening, ochiq mashg‘ulotlarni tayyorlash, kuzatish va tahlil qilish

    Download 406.51 Kb.
    Pdf ko'rish