Mavzu: Tarmoq protokollari iyearxiyasi Reja: Ochiq tizimlar o‘zaro bog‘lanish etalon modelini o’rganish




Download 384.73 Kb.
bet1/2
Sana10.12.2023
Hajmi384.73 Kb.
#115159
  1   2
Bog'liq
mustaqil ish tarmoq protokollari
Р. Р. Ибраимов “Система с двумя объектами”, The Mobilization State, Microsoft Word Document, 6-laboratoriya variant, БЖД практика, Microsoft Word Document, Ikramov, Fizika sirtqi II qism, мехатроника, амалиеттитул, Презентация-Microsoft-PowerPoint, 2-MA\'RUZA, 9-sinf Sinf soati, 1 Xorijiy investitsiyalar iqtisodiy mazmuni, Amaliy topshiriq

Mavzu: Tarmoq protokollari iyearxiyasi
Reja:

  1. Ochiq tizimlar o‘zaro bog‘lanish etalon modelini o’rganish

  2. Etalon OSI modelida standartlashtirish

  3. Tarmoq protokollari

Xaqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO – International Standart Organization) jaxonning ko‘p mamlakatlarida axborot tarmoq va kompyuter tizimlarini tashkil qilish tajribasini taxlil qilib, xisoblash tarmoqlarini tashkil qilish konsepsiyasini ishlab chiqdi va uni ochiq tizimlar arxitekturasi deb nomladi. Bu kotsepsiyaga muvofiq ochiq tizimlar o‘zaro bog‘lanish etalon modelini (Open System Interconnection OSI basic reference model) ishlab chiqildi va 1983 yilda tasdiqlandi. Mazkur model bunday tizim va tarmoqlarni ishlab chiqishni aniqlovchi va tartibga soluvchi xalqaro standartlarni kiritishga imkoniyat beradi.


Etalon modelga muvofiq axborot uzatish tarmog‘i taqsimlangan axborot xisoblash muxiti sifatida taqdim etiladi. Ushbu muxit vertikal bo‘yicha xar biri axborot xisoblash muxiti asosiy vazifalaridan birini bajaruvchi qator mantiqiy pog‘onalarga bo‘linadi. Gorizontal ravishda esa u ISO ochiq tizimi qurilishi talablari va standartlariga javob bera oladigan, ochiq tizim deb ataluvchi lokal qismga bo‘linadi.
Etalon OSI modelida standartlashtirish uch bosqichdan iborat:

  • xar bir pog‘ona mustaqil faoliyatini va rivojlananinshini ta’minlash;

  • xar bir pog‘ona bajaradigan vazifalarini aniqlash;

  • ochiq tizimlarning pog‘onalar ichidagi va pog‘onalar aro o‘zaro aloqasini tashkil etish. Xar bir bosqich bir qancha tushunchalar va ta’riflarni o‘z ichiga oladi.

Birinchi bosqich tushunchalariga quyidagilar kiradi.
Tizim – foydalanuvchilarning aloqa tarmog‘i orqali o‘zaro aloqasini ta’minlovchi texnik, dasturiy va algoritmik vositalar majmuasi;
Tizim osti – tizimning umumiy ish faoliyatida ma’lum vazifalarni bajaruvchi bir qismi;
Pog‘ona – tizim ostining tizimda o‘rnini ko‘rsatuvchi mantiqiy tushuncha.
Bu tushunchalar OSI modelinng arxitekturasini belgilab beruvchi asosiy tamoili – pog‘onalarning aloxida va mustaqilligini ta’minlaydi. Pog‘onalar asosida ish faoliyatini tashkil qilish ularni mustaqil rivojlanishi va o‘zgartirish, qurilmalarni aloxida-aloxida modullar ko‘rinishida qurish imkoniyatini beradi. Lekin, xar bir pog‘onada ma’lum funksiyalarni takrorlanishini tufayli sarf-xarajatlarni oshishiga sabab bo‘ladi.

8.1-rasm. Ochiq tizimlarning o‘zaro bog‘lanishi


Standartlashning ikkinchi bosqichi quyidagilarni tushunchalarni o‘z ichiga oladi:
Jarayon – ushbu tizim ostiga tegishli va uning aktiv elementlari tomonidan bajaraladigan mantiqiy amallar majmuasi;
Xizmat – yuqoridagi pog‘ona vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan tugallangan mantiqiy amallar natijasi.
Bu tushunchalar xar bir pog‘onaning ichki ish faoliyatini, ularning vazifasi va OSI bajaradigan umumiy ish natijasidagi o‘rnini belgilaydi.
Standartlashning uchinchi bosqichi quyidagilarni tushunchalarni o‘z ichiga oladi:
Protokol (bayonnoma) deb turli xolatlarda bir nomdagi turli ochiq tizimlar pog‘onalari o‘zaro aloqasini ta’minlashning ruxsat etilgan buyruq va javoblar to‘plamiga aytiladi;
Interfeys bu bitta ochiq tizimdagi turli tizim osti qurilmalarining mexanik, elektrik, funksional va mantiqiy o‘zaro aloqasining qurilma va mantiqiy jarayonlar to‘plamidir.
“Ochiq tizimlar o‘zaro bog‘lanishi” (OSI - Open System Interconnection) atamasi tizimlar orasidagi ma’lumot uzatish jarayonlariga tegishlidir, ya’ni xamkorlikda foydalaniladigan standartlarni ishlatishlari tufayli bir – birlari uchun tizimlar ochiqdir.
Bir qator funksiyalarni bajarib, u yoki bu pog‘ona tarkibiga kiruvchi ochiq tizimning bir qismi ob’ekt deb ataladi. N-pog‘onaning o‘zaro bog‘lanish qoidalari yig‘indisi N-protokoli deb ataladi. qo‘shni pog‘onalar ob’ektlari o‘rtasidagi aloqa interfeys orqali aniqlanadi (masalan N-va (N-1)- pog‘ona ob’ektlari o‘rtasidagi aloqa (N-1) - interfeysi bilan aniqlanadi). Bir pog‘onada bajarilgan amallar keyingi (yuqoridagi yoki quyidagi) pog‘onada amallarni bajarish uchun “ozuqa” sifatida ishlatiladi.
Ochiq tizimlar pog‘onalarida ma’lumotlarni qayta ishlash, saqlash muxitiga ruxsat jarayonlarini tashkil etish, interfeyslar, shuningdek kommunikatsiyalar muxitining transport satxi vazifalarini amalga oshiruvchi operatsion muqitning komponentlari aks ettirilgan.
Ochiq tizimlar g‘oyasining axamiyati shundaki, komponentlar guruxining vazifalari bo‘yicha yaqinlik chegarasida ushbu vazifali tizimlarning butun sinfi yoki tizimlar majmuasi uchun interfeyslarni va axborot almashuv jarayonlarning umumlashtirishga uslubiy yondashish imkoniyatini beradi.
Ochiq tizimlarining tavsiflari va vositalarini aniqlaydigan konseptual asosi sifatida OSI etalon modeli ishlatiladi. U ochiq tizimlarning turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan tavsiya etilgan tizimlarning bir tarmoqda ishlashini ta’minlovchi o‘zaro bog‘lanishini aniqlaydi va kuyidagilarni muvofiqlashtiradi

  • qo‘llanish jarayonlarning o‘zaro bog‘lanishini;

  • ma’lumotlarni taqdim etish shakllarini;

  • ma’lumotlar saqlanilishi bir xilligini;

  • tarmoq resurslarini boshqarish;

  • ma’lumotlar xavfsizligi va axborot ximoyasini;

dasturlar va texnik vositalarning tashxisini.
Model xalqaro standartlar tashkiloti (ISO) tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, butun dunyoda axborot tarmoqlari konsepsiyasining va ular turlarining asosi sifatida foydalaniladi. OSI modelida o‘zaro bog‘lanish vositalari 7 ta pog‘onadan iborat
-qo‘llanish;
- taqdim etish;
- seans;
- transport;
- tarmoq;
- kanal;
- fizik.
Fizikaviy pog‘ona (Physical Layer) fizikaviy kanallar (koaksial kabel, mis kabel, optik-tolali kabel yoki radiomuxit) orqali bitlar ketma-ketligi bilan ish olib boradi. Ushbu pog‘onaga ma’lumotlar uzatish fizikaviy muxitlarining, misol uchun, o‘tkazish polosasi, xalaqitdan ximoya, so‘nish kabi tavsiflari aloqador. Fizikaviy pog‘onaning vazifalarini tarmoqqa ulangan barcha qurilmalar amalga oshiradi va fizikaviy muxit orqali bog‘lanish tashkil etilishini ta’minlaydi.

Tarmoq pog‘onasi (Network Layer) bir necha tarmoqlarni birlashtiruvchi yagona transport tizimini tashkil etish uchun xizmat qilib, ushbu tarmoqlarning oxirgi tugunlari o‘rtasida ma’lumot uzatishning turli xil tamoyillarini qo‘llashi va ixtiyoriy aloqa strukturasiga ega bo‘lishi mumkin. Tarmoq miqyosida ma’lumotlarning uzatilishi kanal pog‘onasi bilan amalga oshiriladi. Tarmoqlararo ma’lumotlarni etkazib berish, ma’lumotlarni uzatish marshrutlarini tanlash kabi masalalarni echadi. Tarmoqlar marshrutizator deb nomlanuvchi maxsus qurilmalar bilan o‘zaro bog‘lanadi. Tarmoq pog‘onasi, shuningdek turli texnologiyalar uyg‘unligi, yirik tarmoqlarda adresatsiya masalalarini xam xal qiladi. U ma’lumotlarni adresatsiyalash va mantiqiy manzil xamda nomlarni fizik manzillarga aylantirishga javob beradi. Ushbu pog‘onada paketlar kommutatsiyasi va ortiqcha yuklama kabi tarmoq yuklamasi bilan bog‘lik bo‘lgan masala va muammolar xam xal qilinadi.


Tarmoq Tarpog‘onasining ma’lumotlarini
Download 384.73 Kb.
  1   2




Download 384.73 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Tarmoq protokollari iyearxiyasi Reja: Ochiq tizimlar o‘zaro bog‘lanish etalon modelini o’rganish

Download 384.73 Kb.