Mavzu: Tarmoq protokollari iyearxiyasi Reja: Ochiq tizimlar o‘zaro bog‘lanish etalon modelini o’rganish




Download 384,73 Kb.
bet2/2
Sana10.12.2023
Hajmi384,73 Kb.
#115159
1   2
Bog'liq
mustaqil ish tarmoq protokollari
Р. Р. Ибраимов “Система с двумя объектами”, The Mobilization State, Microsoft Word Document, 6-laboratoriya variant, БЖД практика, Microsoft Word Document, Ikramov, Fizika sirtqi II qism, мехатроника, амалиеттитул, Презентация-Microsoft-PowerPoint, 2-MA\'RUZA, 9-sinf Sinf soati, 1 Xorijiy investitsiyalar iqtisodiy mazmuni, Amaliy topshiriq
paketlar (packets) deb atash qabul qilingan (faqat paketli kommutatsiyaga asoslangan ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari misolida) . Tarmoq pog‘onasida paketlarni etkazib berishni tashkil qilishda «tarmoq raqami» tushunchasidan foydalaniladi. Bu xolda qabul qiluvchining manzili katta qismi -tarmoq raqami va kichik kismi – ushbu tarmoqdagi tugun raqamidan iborat bo‘ladi.
Tarmoq pog‘onasida ikki xil protokollar ishlaydi.
Birinchi turi – tarmoq protokollari – tarmoq orqali paketlarning xarakatini yo‘lga qo‘yadi.
Ikkinchisi – yo‘nalish axboroti almashuvi protokoli yoki marshrutlash protokollari (routing protocols). Ushbu protokollar yordamida marshrutizatorlar tarmoqlararo bog‘lanishlar topologiyasi to‘g‘risida axborot to‘playdilar.
Tarmoq protokoli - bu tarmoqdagi qurilmalarning o'zaro ta'sirini belgilaydigan qoidalar to'plami. Ma'lumotni yuborish va qabul qilish muvaffaqiyatli bo'lishi uchun jarayonda ishtirok etuvchi barcha qurilmalar protokol shartlarini qabul qilishlari va ularga rioya qilishlari kerak. Tarmoqda ularning yordami apparat (apparat) yoki dasturiy ta'minot (tizim kodi) yoki ikkalasiga o'rnatilgan. 
Protokollarning bir-biri bilan o'zaro ta'siri uchun OSI modeli yoki Open Systems Interconnection mavjud. Ism tom ma'noda "ochiq tizimlarning o'zaro ta'siri" deb tarjima qilinadi.
OSI modeli - bu umumiy qabul qilingan standartlardan foydalangan holda turli xil aloqa tizimlariga bir-biri bilan aloqa qilish imkonini beruvchi model. Uni ingliz tiliga, ya'ni tarmoqlar olamidagi global, universal tilga qiyoslash mumkin.

Agar ma'lumotni uzatishda nosozliklar bo'lsa, model muammoni ma'lum darajada tez va oson lokalizatsiya qilishga yordam beradi va tizim funksionalligini tiklash jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradi. 
OSI modeli mos yozuvlar standartidir, ammo u hozirda eskirgan, chunki zamonaviy protokollar OSI modelining bir nechta qatlamlarida ishlaydi. OSI modeli TCP/IP modeli bilan almashtirildi, uning asosida zamonaviy dunyodagi aksariyat qurilmalar ishlaydi.

Internetning texnik tarkibiy qismi turli rusumdagi kompyuter, aloqa kanallari, tarmoq texnik vositalari majmuidan tashkil topgan. Ularning barchasi doimiy va vaqtinchalik asosda faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Ulardan ixtiyoriy birining ishdan chiqishi tarmoqning umumiy faoliyatiga ta’sir etmaydi.


Internetning dasturiy ta’minoti tarmoqqa ulangan kompyuter va tarmoq vositalarini yagona standart asosida muloqot qilish, ma’lumotlarni ixtiyoriy aloqa kanali yordamida uzatish darajasida qayta ishlash, axborotlarni qidirib topish va saqlash xamda tarmoqda axborot xavfsizligini ta’minlash kabi muxim vazifalarni amalga oshiruvchi dasturlar majmuidan iborat.
Internetning axborotli qismi internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan turli elektron xujjat, grafik, rasm, audioyozuv, videotasvir va x.k.lar ko‘rinishidagi axborotlar majmuidan tashkil topgan. Ular butun tarmoq bo‘ylab taqsimlanishi mumkin. Masalan, siz kompyuteringizda o‘qiyotgan elektron darslikning matni bir manbadan, undagi rasmlar va tovush ikkinchi manbadan, videotasvir va izoxlar uchinchi manbadan yig‘ilishi mumkin. SHunday qilib, tarmoqdagi elektron xujjatni o‘zaro moslashuvchan «giperbog‘lanishlar» orqali bir necha manbalar majmuasi ko‘rinishida tashkil etish mumkin. Natijada millionlab o‘zaro bog‘langan elektron xujjatlar majmuasidan tashkil topgan axborot muxiti xosil buladi.
Internet tarmog‘ining moxiyatini tushunish uchun uning mantiqiy tuzilishini tushunish kerak. Ushbu mantiq bilan tanishib chiqamiz.
Internet xizmatidan foydalanuvchilar uchun xammaga bir xil bulgan kompyuterda ma’lumotlarni uzatish tartibini belgilovchi yagona qoidalar majmui belgilangan. Ikki kompyuter orasida ma’lumotlarni uzatish tartibi va formatini belgilovchi qoidalar majmui bayonnoma (protokol) deb ataladi. Masalan, http, ftp va boshqalar bayonnomaga misol bo‘la oladi. Tarmoqda ishlash uchun berilgan bayonnomaga mos xolda ma’lumotlarni uzatish imkonini beradigan maxsus dastur ta’minotiga ega bo‘lishi kerak. Bunday dasturlar bayonnomalarni amalga oshirish deyiladi. Ular operatsion tizimda joylashtirilgan bo‘lishi yoki aloxida amaliy dasturlar paketi sifatida yaratilishi mumkin. Xozirgi zamon operatsion tizimlarining barchasi Internetda ishlashni ta’minlovchi asosiy bayonnomalarga ega.
Internetda axborotni paketli uzatish prinsipidan foydalaniladi.
Telefon tarmog‘idan foydalanilganda stansiyalar orasidagi kanal ikki abonent tomonidan to‘la band etilib, boshqa abonentlar shu paytda bu kanaldan imkoniga ega bo‘lmaydilar. Internet tarmog‘ida bitta kanal orqali bir necha abonent xabarlari uzatiladi (6.3 qismiga murojaat qiling).
Taqqoslashning qulayrog‘i sifatida oddiy aloqa xizmatini olish mumkin. Bunda ixtiyoriy sondagi ma’lumotlar ixtiyoriy yo‘nalishda uzatiladi. Gazeta va jurnallar to‘plami bo‘laklab uzatiladi. Internetda xam shunday xususiyatdan foydalaniladi.
Ma’lumotlarning qismlarga bo‘linishi paketlar deb ataladi. Paketda, xususan, ma’lumotlar bilan birga uni berilgan manzilga to‘g‘ri etkazish imkonini beruvchi boshqaruv axboroti (masalan, qabul qiluvchining manzili) xam beriladi.
Axborotni uzatish jarayonida, xuddi oddiy aloqa kabi ba’zi xabarlar belgilangan manzilga etib bormasligi (yo‘qolishi), ba’zi birlari esa oddiy aloqada ro‘y bermaydigan xolda, ya’ni bir necha nusxada etkazilishi mumkin.
Internet tarmog‘ining samarali ishlashi uchun mavjud axborotni qanday kilib paketlar xolatida uzatish va etkazilgan axborotni qayta tiklash xamda bo‘laklangan paketlarni foydalanuvchiga qanday etkazish kerakligi muammosini xal kilish lozim bo‘ladi.
Bu muammolarni xal qilish uchun TCP (Transmission Confrol Protocol —uzatishni boshqarish protokoli) va IP (Internet Protocol — Internet protokol) bayonnomalari yaratildi. Bu bayonnomalar Internet tuzilmasini aniqlovchi asosiy bayonnomalar bo‘lib xizmat kiladi [3,4].
Odatda, ular qiya chiziq (/) bilan ajratilib, TCP/IP ko‘rinishida yoziladi. Ammo ularni yozish paytida bu bayonnomalar kompyuter tarmoqda ma’lumotlarni uzatishning turli xil yo‘nanalishlarini bildiruvchi ikkita turlicha bayonnoma ekanligini unutmaslik kerak.
Xulosa
Men bulardan shunday xulosaga keldimki Etalon OSI modelida standart
lashtirish uch bosqichdan iboratligi va bu bosqichlar xalqaro standartga kirishga imkoniyatini berishini. Bu uch bosqichlar quydagilardan iborat
1) har bir pog‘ona mustaqil faoliyatini va rivojlananinshini ta’minlash;
2) har bir pog‘ona bajaradigan vazifalarini aniqlash;
3) ochiq tizimlarning pog‘onalar ichidagi va pog‘onalar aro o‘zaro aloqasini tashkil etish. Har bir bosqich bir qancha tushunchalar va ta’riflarni o‘z ichiga oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Теория информации: учеб. / В.А. Фурсов. - Самара: Изд-во Самар, гос. аэрокосм, ун-та, 2011. - 128 с.: ил.

  2. Березкин Е.Ф. Основы теории информации и кодирования: Учебное пособие. – М.: НИЯУ МИФИ, 2010. – 312 с.

  3. Крушный В.В. Основы теории информации и кодирования. Снежинск-СГФТА-2005.

  4. Ғаниев С.К., Каримов М.М., Мамбетов Н.М. Ҳисоблаш системаларининг информацион асослари. Олий ўқув юрти талабалари учун дарслик. – Тошкент, ТДТУ, 2002.

  5. Савельев А.Я. Основы информатики. Учебник для вузов. М: Издательство МГТУ им. Н.Э. Баумана. 2001.

  6. Димитриев В.И. Прикладная теория информации. Учеб. для студ. вузов. М.: высш.шк. 1989

Download 384,73 Kb.
1   2




Download 384,73 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Tarmoq protokollari iyearxiyasi Reja: Ochiq tizimlar o‘zaro bog‘lanish etalon modelini o’rganish

Download 384,73 Kb.