|
Normal qatorli arqon ilgichli shtangali aylantirgichli turidagi arqonli osilma
|
bet | 4/6 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 432,7 Kb. | | #123946 |
Normal qatorli arqon ilgichli shtangali aylantirgichli turidagi arqonli osilma.
1-yuqoridagi travers; 2-sharikli podshipnik; 3-vtulka; 4-plashka; 5-qisuvchi gayka; 6-salnikli shtok; 7-chervyakli val; 8-kronshteyn; 9-pо‘lat arqon; 10-xrapovik halqasi; 11-richag; 12-vintlar; 13-tish; 14-teshiklar; 15-qoyi traveres; 16-tayanch vtulkalar; 17-qisuvchi gayka.
|
Salnikli shtok (6) ponali qamrovchi (9)qisqich yordamida yuqori traversga (1) osiladi, pо‘lat (9) arqonining uchiga rolik orqali oshirilgan va qisuvchi plashkalarda muvozanatlagich dastgohini boshchasiga mahkamlangan pastki travers (15), nasos plunjeri tagidagi yuk shtanga va suyuqlik ustuni bilan hosil qilinadi, yuqori travers bu yukni qabul qiladi, tayanch vtulka (16) orqali yukni pastki traversga uzatadi.
Vintlar (12) yordamchi ahamiyatga ega bо‘ladi, traverslar oralig‘idagi masofani ba’zi holatlarda kattalashtirish uchun xizmat qiladi, ya’ni unga maxsus dinomagraf asbobi о‘rnatiladi. Dinomagraf-asbobi tebratma- dastgohni ishida yuklarni о‘lchashda qо‘llaniladi. Ponali qisgich ichki konussimon yо‘nilmali va chervyakli shesternali vtulkadan (3), konussimon tashqi sirtli plashkadan (4) va qisuvchi gaykadan (5) tuzilgan. Tashqi traversga arqonni о‘rnatish vtulka (16) va plashkali pona yordamida amalga oshiriladi, qaysiki u qisuvchi gayka (17) yordamida mahkamlab chiqiladi. Arqonning uchiga qurg‘oshin qoyib mahkamlanadi. Arqonli osmadagi traversning (1) chuqurligiga о‘rnatiladigan sharikli podshipnikka (2) shesternaning pastki sirti borib tayanadi. Chervyakli val (17) shesterna tishiga kiradi, unga ikkita kronshteyn (8) yordamida sirpanuvchi podshipniklar traversga о‘rnatilgan. Valikni uchiga richag kiydirilgan (11), betlarini oralig‘iga xrapovik halqasi о‘rnatilgan.
Richagning uchiga troslar uchun teshiklar (14) yо‘nilgan. Salnikli shtokni yurishining oxirida, pastdan richag tebratma dastgoh va tishga mahkamlangan tross (15) yordamida kо‘tariladi, xropovik halqasi tishiga tirkaladi, chervyakli uzatma vositasi shtanga tizmasini 450-600ga aylantiradi.
Salnik shtoki yuqoriga yurishida chervyakli uzatmaning о‘zini-о‘zi tormozlashi hisobiga xropovik halqasi qо‘zg‘almas bо‘ladi, richag og‘irlik kuchi ta’sirida chegaralangan sathgacha tushib boradi. Shu paytda kuchukcha xrapovik halqasi bitta yoki ikkita tishini о‘tkazadi va yana oldingi holatni egallaydi. Neftni qazib olishda tarkibida smola parafinli yotqiziqlar mavjud bо‘lmasa, osilmaga shtangali aylantirgich qо‘yilmaydi.
|
| |