|
Markazdan qochma elektr nasoslarning ishlash xususiyatlari
|
bet | 5/6 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 432,7 Kb. | | #123946 |
Markazdan qochma elektr nasoslarning ishlash xususiyatlari
Shtangali chuqurlik nasoslari yordamida quduqlarni ishlatish MHDlarida keng qо‘llaniladi, hozirgi vaqtgacha neftni qazib olishda eng yaxshi usullaridan biridir. Shu bilan birgalikda mahsulotlarning suvlanganligi, konlarni 2-chi bosqichida ishlatish hamda 3-chi va 4-chi bosqichlarida neft qazib olish kо‘rsatkichlarining pasayishiga yо‘l qoymaslik uchun suyuqlikning kо‘proq qazib olish talab qilinadi, chuqurlik shtangali nasoslar bilan amalda 40-50m³/kun miqdordan kо‘p mahsulot qazib olishni imkoniyati yuq.
Bundan tashqari shtangali chuqurlik qurilmalarining о‘rtacha ta’mirlash davri 260-280 kunni tashkil etadi. Shtangali chuqurlik nasoslarining qо‘llanishi bilan bir qatorda davlatlarning kо‘pgina konlarida markazdan qochma botma elektr nasoslarni tadqiqot qilish ishlari olib borilgan.
1970 yillarda MQBENlar yordamida 5000 tadan quduqlarda ishlatilgan.
Bu davrda asosan botma markazdan qochma elektr nasoslarning uzatish kо‘rsatkichlari 40, 80, 120, 160 va 200m³/kun bо‘lgan turlari amaliyotga kо‘proq tadbiq etilgan. Bunda chuqurlik – nasosli quduqlarning о‘rtacha debiti 10-15t/kun –ga teng.
Markazdan qochma botma elektr nasoslar, chuqurlik shtangali nasoslarga nisbatan katta yutuqlarga egadir:
1. Er usti jihozlarining soddaligi;
2. Quduqdan suyuqlikni 100m³/kun qiymatgacha qazib olish imkoniyati;
3. Quduqlarning chuqurligi 3000m.dan katta bо‘lganda ham foydalanish imkoniyatining mavjudligi;
4. MQBEN ta’mirlash davrini (500 kundan to 2-3yilgacha) yuqoriligi;
5. Nasos jihozlarining quduqdan kо‘tarmasdan tadqiqotni olib borishni imkoniyatining mavjudligi;
6. Nasos–kompressor quvurlarni ishlatish davrlaridagi parafin yotqiziqlarining uncha qiyin bо‘lmagan ususlarda bartaraf qilish;
7. Ishlab chiqarish madaniyatini oshirish;
Yuqoridagi kо‘rsatmalardan kо‘rinib turibdiki, sо‘nggi yillarda kon amaliyotida MQBEN suvlangan, yuqori debitli, qiya va chuqur quduqlarni ishlatishda keng qо‘llanilmoqda (6.12-rasm).
|
| |