Chuqurlik quduq nasoslarining er usti jihozlari
Nasos quvurlarini osib qoyish uchun, mahsulotlarni quduqdan otma chiziqqa yо‘naltirish, quduq ustunini germetiklash, quvur orqa fazasidagi gazni olishni ta’minlash va hakozo ishlarni amalga oshirishda, quduq ustiga maxsus jihozlar о‘rnatiladi. Quduq usti jihozi shtangali chuqurlik qurilmasi, planshaybadan va uchlik salnikdan tuzilgan. 6.10-rasmda bu jihozlarning umumiy kо‘rinishi tasvirlangan.
Tizma flanetsiga (1) planshayba (2) va unga osilgan quvur (3) о‘rnatiladi. Planshaybada (2) quvur orqa fazasidagi gazni chiqarib yuborishda va quduqdagi suyuqlik sathini о‘lchash uchun teshik о‘rnatilgan. Yuqori muftaga (4) uchlik burab (5) о‘rnatilgan bо‘ladi, u orqali neft otma chiziqqa uzatiladi.
Uchlikning germetikligini ta’minlash uchun hamda salnikli shtokni (7) tushirish uchun uchlikning yuqori qismiga salnik (6) о‘rnatiladi, bunda u yuqorisidan qopqoq (8) bilan mahkamlanadi.
Neft (suyuqlik) quduqdagi suyuqlik shtangali nasos orqali uchlikning yon ostidagi otma chiziqqa va undan keyin GO’Q (guruhli о‘lchash qurilmasi) ga uzatiladi. Quduqqa manometr, harorat о‘lchagich asbobi, olgichni yoki boshqa nasoslarning quvur oralig‘i fazasi, ya’ni quvurchani burash uchun teshik markazdan ma’lum masofaga siljitiladi va quduq nasoslari undagi maxsus teshiklar orqali tushiriladi. Plunjerni yoki suqma nasoslarni er ustiga chiqarib olish uchun, birikmadan va uchlikdan uni demontaj qilinmasdan, о‘zini alohida zichlovchi quduq usti (8) jihozlari orqali chiqarib olinadi.
|
Nasosli quduqlarini er usti jihozlari
1-tizma flanetsi; 2-planshayba; 3-quvur; 4-yuqori mufta; 5-uchlik; 6-salnik; 7-salnikli shtok; 8-zichlovchi qopqoq.
|
6.11-rasmda arqonli ilgich NQAI (normal qatorli arqonli ilgich) shtangali aylantirgich bilan tasvirlangan. Shtangali aylantirgichlar smolali va parafinli Neftlarni qazib olishda qо‘llaniladi. Uchlikning rez’basini tushurish kо‘tarish jarayonlarida himoyalash uchun unga maxsus flanets burab о‘rnatiladi, ya’ni u bir vaqtning о‘zida shtangali elevatorning tayanchi sifatida xizmat qiladi. Salnik shtoki arqonli osilma yordamida, kallakning muvozanatlagichiga ilinadi. Arqonli osilma ikkita saqlab turgichdan, traversli ponadan iborat bо‘ladi, arqon va salnik shtoklar uchun mо‘ljallangan.
|