|
Mavzu: Tebratma dastgoh tuzilishi va ishlash prinspi reja tebratma-dastgohlar uchun quduq usti jihozlari
|
bet | 2/6 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 432,7 Kb. | | #123946 |
Nasoslarning shtangalari
Nasoslarning shtangalari, shtangali nasosning plunjerini, nasos qurilmasining uzatmasi bilan biriktirish uchun qо‘llanadi va plunjerga ilgarilanma-qaytma harakat uzatadi. Shtanga aylanma kesimli pо‘lat sterjenlar kо‘rinishida bо‘ladi.
Nasos shtangasi
Shtangalar 16, 19, 22, 25 mm-li diametrlarda, uzunligi 7,5m.dan 10m.gacha. Shtanganing uchiga qalinlashtirilgan kallak о‘tkazilgan, ya’ni rez’basi mavjud va shtangali kalitga mos kvadrat kesimlidir.
Zavodda uzunligi 1,0; 1,5; 2,0; 2.5 va 3,0 m. Bо‘lgan kalta shtangalar ishlab chiqariladi. Bunday turdagi shtangalar shtanga birikmasi uzunligiga nasosni osib qoyish chuqurligiga bog‘liq holda rostlashda qо‘llaniladi.
Bunda nasosni tushurish tugallangandan keyin, nasos silindridagi plunjerning va quduqda er osti ta’mirlashdagi shtangani holati boshqariladi.
Shtangalar 40x30 XMA markali pо‘latdan tayyorlanadi, yuqori chastotali tok bilan sirt yuzasi mustahkamlanadi va pitratli oqim bilan ishlanadi.
Shtanga doimiy о‘zgaruvchan belgili-yuklanmada, murakkab sharoitda ishlaydi: tarkibida oltingugurtli emiruvchi suyuqliklar bо‘lgan suyuqlik ustuni ta’sirida sinaladi, shtanga tizmaning boylama tebranishini oralig‘ida ishlaydi. Shtangalar о‘rtacha 5,5-6 yil va 1 yilda 5 mln. Sikl ish bajaradi. Shtanga rezbalarini tashish va saqlashda mumkin bо‘lgan shikastlanishdan himoyalash uchun, shtangalarning uchiga zavod sharoitida oldindan himoyalovchi qopqoq buraladi, muftaning ochiq uchiga esa oldindan himoyalovchi tiqin buraladi.
Nasoslarning shtangalari gidravlik jо‘mrak va tirkama bilan jihozlangan shtanga tashuvchi maxsus mashinalarda tashiladi.
Shtangalarni saqlashda va tashishda 1m. Uzunlikdagi oralig‘idagi boylama egilish kattaligining qiymati 3 mm.dan katta bо‘lmasligi kerak.
Shtangalar paketlarda 500 kg.gacha, ba’zida 1500 kg.gacha saqlanadi.
Shtangalar sifatida 1 ½” NKQni qо‘llash mumkin, bu qimmat va maqbul emas.
|
| |