|
- rasm Botma markazdan qochma elektr nasosini о‘rnatish
|
bet | 6/6 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 432,7 Kb. | | #123946 |
6.12- rasm Botma markazdan qochma elektr nasosini о‘rnatish:
1-botma elektrdvigatel; 2-gidravlik himoya (rotector); 3-filtr-tur; 4-botma elektrnasos; 5-nasos-kompressor quvurlari; 6-himoyalangan kabel; 7-quduq usti armaturalari; 8-rolik; 9-avtotransformator; 10-avtomatik boshqaruv stansiyasi; 11-kabel uchun ustun.
|
Botma markazdan qochma elektrnasosning qurilmasi botma elektrnasosdan (4) iborat bо‘lib, u quduqqa nasos-kompressor quvurlari (5) orqali tushiriladi, botma elektrdvigatel (1) maxsus aylana (6) va tekis himoyalangan kabel, kabel elektrdvigateldan elektrenergiyani oladi, avtomatik boshqaruv stansiyasi (10), protektor (2), avtotransformatordan (9) tashkil topgan.
Elektrdvigatel yig‘ilgan holatda pastki oraliqqa joylashtiriladi, uning ustidan gidravlik himoya (protektor), protektor ustiga nasos о‘rnatiladi. Bu tugunlar bir-biri bilan flanetslar yordamida biriktiriladi. Elektrdvigatel protektor va nasosning vallari bir-biri bilan shlitsa mufta yordamida biriktiriladi. Botma elektr markazdan qochma agregatning elektrdvigateli nasosning tagiga joylashtiriladi.
Shuning uchun nasosga yon tomondan suyuqlik kirib keladi, suyuqlik halqali fazasi bilan ishlatish tizmasi va elektrdvigatel oralig‘idan, filtr-tur (3) orqali kirib keladi. Botma elektrdvigatelni elektr toki bilan ta’minlash uchun unga maxsus bronirlangan uchta simli aylanali kabelda elektr toki uzatiladi hamda kabel quduqqa nasos kompressor quvurlari orqali tushuriladi va unga metalli bog‘lovchilar yordamida mahkamlanadi.
Nasos uchastkasidan yuqoriga va elektrdvigatelni ishga tushurguncha tekis kabel qо‘llaniladi, nasosga va protektorga ham metalli belbog‘lar yordamida mahkamlanadi. Tekis kabel botma agregatning diametrini maksimal kichraytirish uchun qо‘llaniladi.
Quduq usti jihozlari quduq usti armaturasidan (7) rolikdan (8), kabel (11) uchun baraban tirgaki, avtomatik boshqaruv stansiyasidan (10) va avtotransformatordan (9) tashkil topgan. Avtomatik boshqaruv stansiyasi yordamida botma nasos agregati, qul yordamida yoki avtomatik holda qо‘shiladi va uni ishi nazorat qilinadi. Avtotransformator kabeldagi (6) kuchlanish pasayib ketganda, uning о‘rnini tо‘ldirish uchun mо‘ljallangan bо‘ladi, tokni birinchi botma elektrdvigatelga keltiriladi.
Avtotransformator atmosfera yog‘ingarchiliklaridan himoya qilinishi uchun alohida xonaga о‘rnatiladi. Quduq usti armaturasi (7) quduq mahsulotlarini otma tizimga yо‘naltiradi, quduqqa kabel kirgizilganligi uchun quvur orqasi halqasining germetikligini ta’minlaydi, quvur orqasida tо‘planib qolgan gazni otma tizimga yо‘naltiradi. Rolikni tushirish va kо‘tarish jarayonlarida, kabelni egilishdan va shikastlanishdan himoya qiladi. Baraban-kabellarni tashishda xizmat qiladi hamda nasos qurilmasini quduqdan kо‘tarib olishda kabellarni engil tarqatish va о‘rab olishda xizmat qiladi.
Quduqlarning usti jihozlarining tarkibi elektr markazdan qochma nasoslar bilan ishlatilganda, otma tizimga о‘rnatilgan uchlik (troynik) va zulfinlardan tuziladi. Nasos-kompressor quvurlar maxsus planshayba yordamida mustahkamlash tizmasining flanetsiga osib qoyiladi.
MQBEN qoyidagi shaklda ishlaydi. Elektr toki konning elektrpodstansiyasini avtoransformatori (9) orqali boshqaruv stansiyasiga (10) beradi, undan keyin kabel (6) orqali botma elektrdvigatelga (1) uzatadi. Natijada elektrdvigatelda aylanish harakati paydo bо‘ladi va u birgalikda nasosning valini aylantiradi va MQENni ham harakatga keltiradi. Agregat ishlayotganda suyuqlik markazdan qochma nasosni filtr-tо‘ri (3) orqali suriladi va nasos-kompressor quvur orqali quduqning ustiga haydaladi.
Nasos agregati ishlatishdan tо‘xtab qolganda nasos-kompressor quvuqlaridagi suyuqlarni oqib ketmasligi uchun, NKQga botma nasosning usti qismiga teskari klapan о‘rnatiladi. Nasosning ustiga tо‘kuvchi klapan о‘rnatiladi, u orqali suyuqlik nasos-kompressor quvurlardan kо‘tarilish vaqtida quduqqa tо‘kiladi.
|
| |