|
Beton va temirning mexanik xossalari
|
bet | 5/5 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 74 Kb. | | #144207 |
Bog'liq Temirbeton konstruksiyalar va ularni yo‘l qurilishida qo‘llanilishiBeton va temirning mexanik xossalari.
Betonning hisobiy qarshiliklari birinchi guruh chegara holatlari /^va /?Ь[ uchun 0,997 ishonchlilik bilan beriladi. Ularning qiymatlari (8.1-jadval) tegishli m e’yoriy qarshiliklarni betonning siqilishdagi ishonchlilik koeffitsiyenti y^ = 1,30 ga yoki cho‘zilishdagi ishonchlilik koeffitsiyenti ybl ga bo'lish yo'li bilan aniqlanadi. Keyingi koeffitsiyent betonning sinfini siqilish mustahkamligi bo'yicha belgilashda уы = 1,50 ga teng qilib olinadi. Betonning hisobiy qarshiliklari qiymatlarini zarur hollarda betonning ishlash sharoitlari koeffitsiyentiga ko'paytirish zarur, bular ish sharoitlari elementning xususiyati va ish bosqichlari tayyorlanish usuli, konstruksiyani o'ziga xos xususyatlari, kesimning o'lchamlariga ko'ra 1 dan katta yoki kichik bo'lishi mumkin. Ko'p martalab takrorlanib turadigan yuklarda (nagruzkalarda) betonning hisobiy qarshiliklari va i?bt betonning ishlash sharoitlari koeffitsiyenti ybi < 1 ga ko'paytiriladi, uning qiymati kuchlanishiar sikli asimmetriya koeffitsiyenti pb = c b max ga, shuningdek, betonning turi va uning namligi holatiga qarab qabul qilinadi. Agar konstruksiya uzoq muddat ta’sir qiladigan yuklarga hisoblanadigan bo'lsa, u holda betonning mustahkamligi ortishi uchun qulay sharoitlar bo‘lmaganida (masalan, atrof-muhit havosining namligi 75% dan ortiq bo‘lganida) og‘ir betonning hisobiy qarshiliklari ishlash sharoitlari koeffitsiyenti yb2 =0,9 ga ko'paytiriladi. Uncha uzoq davom etmaydigan qisqa muddatli yuklarni hisobga olganda (krandan tushadigan, shamol, zilzila, portlashdan tushadigan yuklamalar) bu koeffitsiyent yb2= 1,1 deb qabul qilinadi. Betonning siqilish va cho'zilishdagi qarshiligiga ikki o'qli kuchlanish holati ta’sir qiladi. Agar beton namunasi bir yo'nalishda cho'zilish, o ‘zaro peфendikular yo'nalishda siqilish ta’sirida bo'lsa, и holda betonning qarshiligi kamayadi, buni ishlash sharoiti koeffitsenti yb4 ni kiritish bilan hisobga olinadi. Umuman, ybj koeffitsiyent yordamida betonning hisobiy qarshiligiga boshqa sabablaming, ya’ni elementlarni betonlash sharoitlari yb3, navbatma-navbat muzlash va erish yb6, quyosh radiatsiyasi yb7 ning ta’sirlari hisobga olinadi. Betonning ikkinchi guruh chegara holatlari uchun hisobiy qarshiliklar «гva ^bt scr k°‘p hollarda son jihatdan me’yoriy qarshiliklar Rbn va Rbln ga teng bo'ladi, chunki betonning ishonchlilik koeffitsiyentlari: siqilishdagi y^ va cho'zilishdagi ybl birga teng deb olinadi, betonning ishlash sharoitlari koeffitsiyenti ybj esa quyidagi hollardagina hisobga ohnadi: — ko'p karra takrorlanadigan yuklar ta’sirida temir-beton elementlarida darzlar hosil b o 'lish i bo'yicha hisoblashda hisobiy qarshiliklar Ль, ser = nyM dan foydalaniladi; qiya darzlar bo'yicha hisoblashda hisobiy qarshiliklar scr = /^ tnyM dan foydalaniladi; — ko'p karra takrorlanadigan yuklar ta’siridagi temir-beton elementlarda qiya darzlar hosil bo'lishi bo'yicha hisoblashda, ishlash sharoitining aytib o'tilgan har ikki koeffitsiyenti ishlatiladi, ya’ni hisoblashga kiritiladigan hisobiy qarshilik Rbtxr = УЬ,УМЛ Ь[ „ ga teng qilib olinadi. Temir-beton konstruksiyaiarining armaturasi ish steijenlaridan iborat bo'lib, ular ta’sir etadigan hamda montaj jarayonida hosil bo'ladigan kuchlarni qabul qilish uchun qo'yiladi. Tayyorlash texnologiyasi bo'yicha po'lat armatura qizdirib prokat qilingan steijen hamda sovuq holida prokat qilingan sim armaturalarga bo'linadi (8.4- rasm.) Steijen tarzidagi armaturani prokat qilingandan keyin uni mustahkamlovchi termik yoki mexanik ishlov berilishi mumkin (cho'zish, yalpoqlash va hokazo). Temir-beton konstruksiyalarning armaturasi sifatida o'zgaruvchan kesimli, qizdirib prokat qilingan steijenlar keng tarqalgan. O'zgaruvchan kesimning shakli armaturaning beton bilan tishlashuvini yaxshilaydi, bu esa cho'zilishda betonda yuz beradigan darzlar enini kamaytirish hamda armaturani ankerlash bo'yicha bir qancha konstruktiv choralami ko'rmaslik imkonini beradi. Steijenli armaturalar quyidagi sinflarga bo'linadi: qizdirib prokat qilingan sinflar: А-I, A -II, A-III, A-IV; teimik va termik-mexanik ishlov berilgan sinflar: Ат-III, Ат-IV, Ат-V, Ат-VI; mustahkamlash maqsadida cho‘zilgan sinfdagi A -IIIb. Yuk ostida zanglash, darz ketish, chidamliligi oshirilgan sterjenli armaturalar sinfining belgilariga К harfi qo‘shiladi (masalan, Ат-IVK), payvandlanadiganiga С harfi qo‘shiladi (masalan, Ат-IVC). Agar armatura payvandlanuvchan hamda chidamliligi oshirilgan bo'lsa, CK harflari qo‘shiladi (masalan, At-VCK). A-1 sinfidagi armaturalar 6—40 mm diametrda silliq kesimli qilib tayyorlanadi. Undan oquvchanlik chegarasi nisbatan kamligi 235 M Pa va silliq kesimli bo‘lganligidan ishchi armaturasi sifatida foydalanish tavsiya etilmaydi. Diametri 10—40 mm li A-II klassidagi armatura uglerodli po'latdan, diametri 40—80 mm bo'lganlari esa kam legirlangan po'latdan tayyorlanadi. O'zgaruvchan kesimli sterjenlar raqamlari bilan farq qiladi. Sterjen raqami o‘zgaruvchan kesimli sterjen yuziga teng bo'lgan hisobiy diametriga mos keladi. O'zgaruvchan kesimli vint chizig'i bo'yicha joylashtirilgan bo'ylama qovurg'ali chiqiqlar bilan hosil qilinadi, bu chiqiqlar ma’lum oraliq qoldirib joylashtiriladi. A-II sinfidagi po'latni cho'zishda oquvchanlik chegarasining eng kam qiymati 295 M Pa miqdoriga cho'ziladi. A-III sinfidagi o'zgaruvchan kesimli, «archa» hosil qiladigan chiqiqli po'latlar 6-40 mm li diametrli qilib tayyorlanadi, cho'zishidagi eng kam oquvchanlik chegarasi 590 MPa. A-IV sinfidagi o'zgaruvchan kesimli po'lat armatura diametri 10—22 mm qilib ishlanadi, eng kam oquvchanlik chegarasi 590 MPa. A-V snifidagi po‘lat ham xuddi shunday kesimli bo‘lib, eng kam oquvchanlik chegarasi 785 MPa. Armaturaning me’yoriy qarshiligi oquvchanlik chegarasining nazorat qilinadigan eng kam qiymatlariga teng qilib qabul qilinadi. Rm ning qiymatlari GOST yoki TU ga ko‘ra qabul qilinadi, bu qiymatlar ularda 0,95—0,97 ishonchlilik bilan berilgan. Birinchi guruh chegaraviy holatlar uchun armaturaning hisobiy qarshiliklari Rs me’yoriy qarshiliklar kattaliklarini armatura bo'yicha ishonchlilik koeffitsiyenti ys ga bo'lish yo‘li bilan hosil qilingan, ishonchlilik koeffitsiyentlari A-III sinfdagi sterjenli armaturalar uchun 1,07, A-IV, A-V sinflar uchun 1,15, Ат-VI sinf uchun 1,20, o ‘ta mustahkam simlar va kanatlar uchun 1,2 deb qabul qilingan. Ikkinchi guruh chegaraviy holatlar uchun armaturaning hisobiy qarshiliklari Rs m son jihatdan me'yoriy qarshiliklarga teng qilib, ish sharoiti koeffitsiyenti esa ys= 1 qilib qabul qilingan. Ko'ndalang armatura (xomutlar va bukmalar)ning hisobiy qarshiligi Д. ko'ndalang kuch bo'yicha hisoblashda ish sharoiti koeffitsiyenti ys] = 0,8 ga ko'paytirish yo'li bilan kamaytiriladi, payvand birikmaning m o'rt hoUda yemirilishini hisobga oluvchi ys2 = 0,9 koeffitsiyentga ko'paytirish yo'li bilan hisobga olinadi. Temir-beton konstruksiyalami hisoblashda armatura ish sharoitining boshqa koeffitsiyentlari ham hisobga olinadi, ulaming har biri mustaqil ravishda kiritiladi, ya’ni hisobiy qarshiliklami aniqlashda hisobiy qarshiliklami jadval qiymatlarini ayni bir vaqtda ish sharoiti koeffitsentlarining ikkitasiga va undan ortig'iga ko'paytirish mumkin. Mustahkamligi oshirilgan po'latlardan tayyorlangan siqilgan armaturaning hisobiy qarshiligini aniqlashda betonning siqiluvchanlik chegarasi nazarda tutiladi. Agar уЬц= 2T0"3 po'latning elastiklik moduli £s= 2T05 MPa deb qabul qilinsa, u holda Rx ning eng katta qiymatini beton va armaturaning birgalikdagi deformatsiyalanish shartidan topish mumkin: RX= \ E = уШЕ = 2T0_3-2 105 = 400 MPa. Shunday qilib, siqiladigan armaturaning hisobiy qarshiligi hisobiy cho'zilish qarshiligiga teng qilib olinadi, biroq 400 MPa dan ortmasligi kerak. Yuk uzoq vaqt ta’sir etganida va hisoblashga ish sharoiti koeffitsiyenti yb2= 0,9 kiritilganida .ft^ning qiymatini 500 MPa gacha oshirish mumkin. Armatura bilan beton tishlashuvchi bo'lmaganida R x = 0 deb qabul qilinadi, chunki armatura sterjeni juda bukiluvchan bo'lganligi uchun siquvchi kuchlanishlarga qarshihk ko'rsata olmaydi.
|
| |