4. Sayohat davomida turistlarning hayotiga ta’sir etuvchi omillar
Atrof-muhit ta ’siri
Atmosfera bosimining tushishi, yog‘ingarchilik, havo namligi, havo harora-
tining yuqoriligi yoki pastligi atrof-muhit ta ’siri omillari hisoblanadi.
Tumi tashkil qilishda qulay faslni tanlash, turistik tadbirlarni amalga oshirish
uchun qulay kunlami, turistik yo‘nalish uchun trassani maqsadga muvofiq holda
tanlash, ob-havo va shart-sharoitlarini hisobga olish, yog‘ingarchilikdan bekinish
uchun joy bo‘lishi kerak. Binolarni konditsioner, avtomatik nazorat va signalizat-
siya bilan ta ’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatar va qutqarish chora-
tadbirlari haqida turistlarni vaqti-vaqti bilan ogohlantirish lozim.
Turistga berilgan ta ’rifdan ma’lumki, u boshqa bir joyga yoki mamlakatga
sayohat qiladi. Ayniqsa, eng xatarli omillar turistning boshqa iqlim mintaqasiga,
ya’ni odatdagi yashash sharoitidan farqli o‘laroq boshqa joyga borishidan yuzaga
keladi. Turistik sayohat qisqa bo’lganligi sababli, hamma vaqt ham turistning
organizmi borgan yerdagi ob-havo sharoitlariga o’rgana olmaydi.
Mahalliy vaqtning to‘g‘ri kelmasligi sababli turist yaxshi uxlay olmaydi va
o’zini yomon his qiladi, ekskursiyalarda ma’lumotlarni yaxshi esda olib qola
olmaydi va unga qizil ko‘zlar degan ta’rif ham beriladi. Ob-havosi issiq bo‘lgan
joyga borganda organizmga issiq havo ta’sir qiladi. Masalan, agar Isroilda yozda
ma’lum bir miqdorda suv ichilmasa (kuniga 5 litrgacha), unda organizm suvsiz-
lanadi va og‘ir oqibatlarga olib keladi.
Shuning uchun tu r yaxshilab ishlab chiqilishi va turistning jismoniy holatini
hisobga olishi, turistni ortiqcha zo‘riqtirmaslik va unga joy sharoitlariga mosla-
shish uchun ma’lum bir vaqt (va albatta dam) ham berish kerak.
|