Biologik omillar
Yuqumli kasalliklar va ovqatdan zaharlanish — juda xavfli hisoblanadi.
Tropik iqlim mintaqasida joylashgan mamlakatlarda tarqalgan yuqumli kasallik-
larga qarshi boshqa iqlim mintaqasidan kelgan turistlaming bu yerda tarqalgan
xavfli yuqumli kasalliklarga qarshi immuniteti yetarli bo’lmaydi. Sariq kasal, bez-
gak, tifva boshqa kasalliklarni yuqtirib olish xavfi vujudga keladi. Buning oldini
olish uchun har xil profilaktik tadbirlar o‘tkaziladi, turistlarni emlash va maxsus
shifokor ruxsatnomasini olishi zarur bo’ladi. Bunday ruxsatnomasiz mamlakatga
kiritilmaydi (ba’zi hollarda ularga aviachipta ham sotilmaydi). Bunday talablar
ko‘proq Afrika, Janubiy Amerika va Janubiy Osiyo mamlakatlariga borilganda
juda muhim hisoblanadi. Shuni ta ’kidlab o ‘tish Iozimki, yuqumli hududlar xarita-
sida, sariq kasalligini yuqtirib olish xavfi bor davlatlar jumlasiga Gretsiya kiritil-
gan, xolera kasalligi bor hududlarga Povolje va Odessa hududi kiritilgan. Turist-
larga umumiy ovqatlanish muassasalaridan tashqaridagi oziq-ovqat, mahalliy
savdo shoxobchalaridan sotib olingan, ishlov berilmagan, xom mahsulotlarni va
ayniqsa ko‘chada sotiladigan oziq-ovqat mahsulotlarini yeyish tavsiya etilmaydi.
Ovqatdan zaharlanish oqibati — odatda juda ham og‘ir bo‘ladi.
Hasharotlaming, xatarli hayvonlaming chaqishi — xavfni yuzaga keltiradi. Bu
xavf aholi yashash joyidan tashqariga — changalzorlar, o‘rmonlarga uyushtirilgan
ekskursiyalarga borilganda yanada yomon oqibatlarga olib keladi. Ob-havosi issiq
mamlakatlarda suv havzalarida cho‘milish mumkin emas, plyajda xatarli
infeksiyani yuqtirib olish mumkin.
Shaxsiy xavfsizlik va xavfsizlik buyumlari
Turistlarga o‘g‘rilarning tajovuz qilish hollari tez-tez uchrab turadi. Ular firibgar-
larning, ko‘cha va cho‘ntak o ‘g‘rilarining diqqat markazida bo’lishadi. Shuning-
dek, turistlar terroristlar uchun qulay hujum qilish obyektlari hisoblanadilar.
Rio-de-Janeyro (Braziliya)da politsiya vakillari turistlarga ularning vazifalari
ro‘yxatini taqdim etadi. Bu ro‘yxatda: turistlarga yolg‘iz sayr etish, qo‘riqlanayot-
gan plyaj va hududlardan ikki kvartal uzoqqa ketish, taqinchoqlar taqish (uzuklar,
ziraklar, zanjirlar), ko‘p pul olib yurish, pulni mehmonxona xonasida qoldirish,
sumkalarni yerga qo‘yish, fotoapparat va videokameralarni stolga qo‘yish tavsiya
etilmaydi.
1998-yili rus turistlaridan eng zamonaviy shovqinli plyajda o‘g‘rilar 400
AQSH dollarini olib qo‘yishgan. Boshqa bir holatni oladigan bo‘lsak, mehmon-
xonaga kirayotgan turistning qo'lidan videokamerasini bir o‘g‘ri olib qo‘yadi, turist
qarshilik ko‘rsatganida, uni pistolotda otib qo‘yadi va ko‘zdan g‘oyib bo’ladi.
Ispaniyada turistlar mavsumi kelganda, o‘g‘rilar turistlami talashadi. Turistlar
O’rta Yer dengizi atrofida joylashgan kurortlaiga borishganda, ular kredit karta
yoki yo‘l chiptalaridan foydalanishmaydi, balki o‘zlari bilan katta miqdorda naqd
pul olib borishadi. Shuning uchun ham bu yerda mehmonxonalami tunash keng
yoyilgan. Rossiyada ham bunday ishlar bo’lib turadi. Hatto shaharlarning
markazlarida ham turistlar to‘la xavfsizlikda bo‘lmaydi.
Butunjahon yo‘l ko‘rsatgichi (WORD TRAVEL GUIDE 96-97 COLUMBUS
PRESS LONDON nashriyoti)da quyidagicha yozilgan: Moskva va Sankt-
Peterburgning markaziy ko‘chalarida yosh o‘smirlar guruhi turistlaming pulini va
fotoapparitini olib qo‘yishadi, poyezdlarda yukni o‘rindiq tagiga yashirish tavsiya
etiladi, aks holda ular yuklarini o‘g‘irlatib qo‘yishlari mumkin. 1998-yil Sankt-
Peterburg — Tallin yo‘nalishidagi poyezdda kechqurun yopilgan kupeda yuqori
sifatli fmcha diplomat o‘g‘irlanadi. Chexiya rus turistlarining talanishi haqida
ommaviy axborot vositasidan foydalanadi. Terroristlar o‘z!arining harakatlari
uchun turistlar guruhini, alohida turistlami va transport vositalari (samolyot,
avtobus)ni tanlashadi. Rossiyada 1996-yili koreys turistlaridan iborat avtobus
Moskva Kreml devori yonida terroristlar tomonidan qo’lga olinadi va butun dunyo
9 soat davomida garovga olinganlarni qutqarish uchun qilingan mardlarcha hara-
katlar haqida reportajlami televizorda kuzatishgan. Yaxshiyamki, hamma garovga
olinganlar qutqariladi. Har bir turistga qo‘riqchi yollab bo’lmaydi, lekin xavf
haqida ogohlantirish, jamoat joylarida o ‘zini tutish qoidalari, transport vositalarida
pasport, pullar va qimmatli narsalarni saqlash qoidalari, xatar yuz bergan hollarda
qilinadigan sug‘urta xizmatlarining mavjudligi ko‘pgina ko‘ngilbuzarliklarning
oldini oladi.
|