Jismoniy toliqish, asabiy va ruhiy omillar
Turist 1000 AQSH dollariga yo’llanma sotib olib, sarflagan puliga yarasha
dam olishni xohlaydi. Lekin, kundalik hayotda es-hushi joyida bo’lgan odamlar
kuniga besh marta dengizda cho‘milmaydi, sakramaydi va uncha ko‘p yugurmaydi,
issiqda ko‘p soatli ekskursiyalarga har kuni boravermaydi, ertalabgacha ashula
aytib, raqsga tushmaydi, har xil va o ‘rganilmagan ovqatlar iste’mol qilmaydi.
Ba’zan turizmda organizm zo‘riqadi, masalan, ko‘p ekskursiyalar, toqqa chiqish,
dengiz va uzoq muddatli avtobus ekskursiyalari. Bular jismoniy jihatdan baquvvat
odamlarga mo‘ljallangan, ya’ni qisqa muddatli zo‘riqishlarni ko‘tara oladigan
odamlarga. Qarib qolgan kishilar, yosh bolalar, sog‘lig‘i yomon bo’lgan , surunkali
kasali bor odamlar, shuningdek balanddan qo‘rqadigan va dengiz chayqalishini
ko‘tara olmaydiganlar shifokor bilan maslahatlashishi va ehtimol bu turdagi safar
va turlarga borishdan bosh tortishi kerak bo‘ladi. Ayrim turlarga turistlami qabul
qilishda turistlardan sog‘lomligi haqida ma’lumotnoma talab qilinishi kerak.
Yo‘nalishni tashkil qilishda odamlaming ma’lumot qabul qilish qobiliyatini
hisobga olish kerak, dam olish uchun ularga bo‘sh vaqt berish va mustaqil o ‘zlari
turistik resurslar bilan tanishishlarini ta ’minlash kerak. Ishni, turistlami joyga
yetkazish jadvalini va tadbirlarning ketma -ketligini har bir soniyagacha yaxshilab
rejalashtirish kerak.
Turistlaming bir me’yordagi hayot tarzini ta ’minlash uchun zarur va yetarli
vaqt oraliqlarini obdon hisobga olish kerak (masalan, uyqu, ovqatlanish, gigiyenik,
maishiy va sanitar ehtiyojlar). Ekskursiya ishining to ‘g‘riligini belgilashda turist-
larning intellektual qobiliyatini, turistlar guruhining psixofizik tayyorgarligini,
hamda ulaming an’analarini, urf-odatlarini, dinini hisobga olish ham muhim o‘rin
tutadi.
|