Mavzu: Uzatmalar
Reja:
Kirish
Asosiy qism
1. Umumiy tushincha va ma’lumotlar.
2. Mexanik uzatmalar, tavsiflari, sinflanishi.
3. Tezlikni о‘zgartirish usullari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Ma’lumki, mashina va mexanizmlarni xarakatga keltirish uchun avvalam bor biror energiya manbai (ichki yonish dvigateli, bug‘ mashinasi, elektr dvigatel) bо‘lishi kerak. Kо‘pincha, energiya manbai sifatida foydalaniladigan mexanizmlarni ishlashi mashinaning xarakatdagi ish bajaruvchi qasmga qо‘yilgan talab-lardan farq qiladi. Masalan, avtomobilni turgan joyidan qо‘zg‘atish vaktida uning g‘ildiragidagi buravchi moment katta qiymatga ega bо‘lishi kerak. Bunga g‘ildiraklarning aylanish sonini kamaytirilishi hisobiga erishiladi. Demak, avtomobilning normal xarakatini ta’minlash uchun ma’lum aylanish soni bilan ishlab turgan dvigatel-dan foydalanilgan xolda, g‘ildirok tezligini boshqarish va lozim bо‘lgan taqdirda xarakat yо‘nalishini о‘zgartirish zaruriyati tug‘iladi. Kо‘pchilik elektrik dvigatellarning ishlash tartibi (rejimi) bir-biri-dan farq qiladi. Ularni bir-biriga moslashtirish turli uzatmalar vositasida amalga oshiriladi.
Uzatmalar deb, energiya manbai bilan mashinaning ish bajaruvchi qismi oraliqida joylashib, ularni о‘zaro bog‘lovchi hamda xarakatni talab qilingandek о‘zgartiradigan mexanizmlarga aytiladi.
Mashinasozlikda mexanik, elektrik, pnevmatik, va gidravlik uzatmalardan foydalanadi.
2. Mashina detallari kursida mexanik uzatmalar о‘rganilib, boshqalari maxsus kurslarda yoritiladi.
Uzatmalarning energiya manbai bilan ish bajaruchi qismi о‘rtasida joylashadi va buning sabablari quyidagilar:
1) energiya manbai (masalan elektr dvigatel) valining aylanish sonining ishchi valning aylanish sonidan kattaligi;
2) burovchi moment qiymatlarini uzatma vallarining aylanish soni hisobiga о‘zgartirish mumkinligi;
3) elektr dvigatel validagi aylanma harakatni ilgarilama, tebranma va boshqa harakatlarga aylantirishi.
Mexanik uzatmalar harakatni bir valdan boshqa vallarga uzatib, asosan ikki turga bо‘linadi:
1) ishqalanish hisobiga ishlaydigan uzatmalar (friksion, tasmali);
2) ilashish hisobiga ishlaydigan uzatmalar (tishli, chervyakli va zanjirli).
Mexanik uzatmalarni tashkil etuvchi asosiy detallar о‘zaro tutashib turadi (tishli, chervyakli, friksion) yoki egiluvchan bо‘g‘in (tasma, zanjir) orqali bog‘langan bо‘ladi.
Bundan tashqari, bu uzatmalar vallarining о‘zaro joylashuviga qarab, parallel, kesishgan va ayqash turlariga, uzatish sonining о‘zgarishiga qarab esa, uzatish soni о‘zgarmas, pog‘anali о‘zgaruvchan va pog‘anasiz о‘zgaruvchan turlariga bо‘linadi.
Ishqalanish hisobiga ishlovchi uzamalarning asosiy detallari (g‘ildirak, shkiv va shu kabilar) silliq sirtga, ilashish hisobiga ishlayiganlarda esa (tishli g‘ildirak, chervyak va shu kabilar) katta burovchi momentning uzatilishini ta’minlaydigan tishlarga ega bо‘ladi.
Uzatmalarda xarakatni energiya manbaidan qabul qilib oluvchi valni yetaklovchi val deb, bu valdan xarakatni qabul qilib ish bajaruvchi qismga uzatuvchi valni esa yetaklanuvchi val deb ataladi.
Agar uzatma bir necha pog‘anali bо‘lsa, har bir pog‘ananing energiya manbai tomonidagi birinchi val ikkinchi valga nisbatan yetaklovchi, ikkinchi val esa pog‘anadagi yetaklanuvchi val bо‘ladi.
Uzatmalarning asosiy tavsiflari: vallardagi R –quvvat (Vt), T -burovchi moment (Nm) va ω – burchak tezlik (cek-1) yoki n – aylanishlar soni (min-1).
Qо‘shimcha tavsiflari: η - foydali ish koeffitsiyenti, Ft - aylanma kuch (H) va U -uzatish soni.
rasm.
Uzatmalarni loyihalash uchun ularning kamida birinchi va oxirgi vallarining quvvati hamda aylanish sonlari yoki burchak tezliklari berilgan bо‘lishi kerak (4.1- rasm).
Vallardagi quvvat va burchak tezliklar ma’lum bо‘lganda ulardagi burovchi moment quyidagicha aniqlanadi.
T = P / ω yoki T = 9550 P / n
Unda uzatmaning uzatish soni quyidagicha ifodalanadi:
U = n1 / n2 = ω1 / ω2 .
Energiya oqimining yо‘nalishidan qat’iy nazar, istalgan ikki val burchak tezliklarining nisbatlari uzatish nisbati deyiladi.
U1-2 = n1 / n2 = ω 1 / ω2 yoki u2-1 = n2 / n1 = ω2 / ω1.
Uzatish nisbati umumiy tushuncha bо‘lib, birdan katta, birdan kichik yoki birga teng bо‘lishi mumkin. Uzatish soni esa, n1 > n2 bо‘lgani uchun doim birdan katta bо‘ladi.
Aylanish soni n bilan burchak tezligi ω orasida quyidagi bog‘lanish mavjud, ω = π n / 30.
Uzatmaning foydali ish koeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi:
η = P2 / P1 .
Agarda T2 momentni T1 momentga bо‘lsak,
T2 / T1 = ( P2 / ω2 ) / ( P 1 / ω1 )= η · U
kelib chiqadi, bundan esa uzatish nicbati,
U = T2 / T1 · η
bо‘ladi. Shunday qilib, uzatish sonini quyidagicha ifodalash mumkin:
U= n1 / n2 = ω1 / ω2 = T2 / ( T1 · η ).
Agar uzatma bir necha pog‘onali bо‘lsa, uning umumiy uzatish soni: U um = U1· U2 ·…· U0 = U = n1 / n2 ,
bu yerda U1, U2 va U0 –birinchi, ikkinchi va oxirgi vallarning uzatish-lar soni;
Kо‘p pog‘anali uzatmalar turli turdagi uzatmalardan (masalan, tasmali, chervyakli, tishli va boshqalar) tuzilgan bо‘lishi mumkin.
3. Tezlikni pog‘onali о‘zgartirishda, bir oraliqda (diapazonda) yagona bir qiymatga ega bо‘lgan tezlik olish mumkin. Masalan: avtomo-billarda tezlikni о‘zgartish qutichalari asosan tishli uzatmalardan iborat bо‘lgan tishli g‘ildirak bloklaridan foydalaniladi, ya’ni bir о‘zgarmas oraliqda, tezlik miqdori ravon va shovqinsiz uzatiladi;
|