• Adabiyotlar
  • Pog‘anasiz tezlikni о‘zgartirish




    Download 86 Kb.
    bet2/2
    Sana06.08.2024
    Hajmi86 Kb.
    #269188
    1   2
    Bog'liq
    Uzatmalar

    Pog‘anasiz tezlikni о‘zgartirish, variatorlar yoki tasmali uzatmalar yordamida ham amalga oshirish mumkin. Bunga misol ikki g‘ildirakdan tuzilgan friksion uzatma- oddiy variator bо‘lib, unda birinchi g‘ildirakning sirti ikkinchisining yon yog‘iga tegib xarakatla-nadi (4.2 – rasm). Utaklanuvchi valning xarakatini о‘zgartirish uchun yetaklovchi birinchi g‘ildirak о‘z о‘qi bо‘ylab siljitiladi. Agar yetakla-nuvchi valning xarakat yо‘nalishini о‘zgartirish kerak bо‘lsa, birinchi g‘ildirak о‘q bо‘ylab surilib,

    rasm.
    yetaklanuvchi val о‘qidan chap tomonga о‘tkaziladi. Demak, birinchi g‘ildi-rak о‘z о‘qi bо‘ylab ikkinchi g‘ildirak chetidan о‘rta tamonga siljir ekan, yetaklanuvchi valning tezligi orta boradi. Shunday qilib, kerakli uzatish soni olinadi:
    umax= n1 /n2 min = d2 max /d1 , umin= n1 /n2 max = d2 min / d1 ,
    Uzatish sonining eng katta qiymatini eng kichik qiymatiga nisbati boshqarish darajasi D deb aytiladi. Boshqarish darajasi variator-larning asosiy tavsiflaridan biri hisoblanadi. Demak boshqarish darajasi quyidagicha bо‘ladi:
    D = umax / umin = n2 max 1 / n2 min = d2 max / d1 min
    Nazariy jihatdan olganda 1 ning qiymati (d2 min → 0 bо‘lgani uchun) cheksiz bо‘lishi mumkin. Rasmda kо‘rsatilgan variatorning foyda-li ish koeffitsiyenti kichik bо‘lsada, tuzilishi oddiy bо‘lgani uchun ulardan kam quvvat mexanizm va asboblarda keng kо‘lamda foydalani-ladi.

    Uzatmalar, mexanik uzatmalar haqida umumiy ma’lumotlar


    Mexanik uzatma – dvigatel harakat parametrlarini mashina ijro etuvchi a’zolariga o‘zgartirib uzatadigan mexanizm (9.1-rasm). Dvigatel va ijro etuvchi mexanizm orasiga oraliq zveno sifatida uzatmaning kiritilishi turli vazifalarni hal etish bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, avtomobil va boshqa transport vositalarida tezlik qiymati va harakat yo‘nalishini o‘zgartirish, yuqoriga ko‘tarilishda va joyidan qo‘zg‘alishda yetakchi g‘ildiraklardagi aylantiruvchi momentni bir necha bor oshirish kerak bo‘ladi.
    Avtomobil dvigatelining parametrlari bilan buni amalga oshirish mumkin emas, chunki dvigatel burovchi moment va burchak tezligi o‘zgarishining tor oralig‘ida barqaror ishlaydi. Bu oraliqdan chetga chiqilganda dvigatel to‘xtaydi (o‘chib qoladi). Elektrodvigatelni ham avtomobil dvigateliga o‘xshab boshqariladi.
    Ba’zi hollarda uzatmalar aylanma harakatni ilgarilanma, vintsimon va boshqa turlarga o‘zgartirib beradi.
    9.1-rasm. a - dvigatel, mexanik uzatma; b - mashinaning ijro
    etuvchi a’zosining joylashishi.
    Mashinasozlikda mexanik, elektrik, gidravlik va pnevmatik uzatmalar ishlatiladi. Bulardan eng ko‘p tarqalgani mexanik uzatmalar. Ular boshqa uzatmalar bilan aralash holda ham qo‘llaniladi. «Mashina detallari» fanida faqat mexanik uzatmalar o‘rganiladi, ular ikki asosiy turga bo‘linadi: harakatni ishqalanish
    .
    Uzatmaning asosiy xarakteristikalari: kirish va chiqishdagi quvvat P1 va P2, kVt; tezyurarlik, kirish va chiqishdagi aylanishlar takroriyligi n1, n2 .., min-1 yoki burchak tezliklari ω1 va ω2 bilan belgilanadi. Bu xarakteristkalar xohlagan uzatmani loyihalovchi hisobini bajarish uchun zarur bo‘ladi.
    Asosiylardan tashqari hosil bo‘lgan xarakteristkalar ham ishlatiladi, ular foydali ish koeffitsiyenti va uzatish nisbati.
    Foydali ish koeffitsiyenti (f.i.k.),
    yoki ,
    bu yerda, Pr - uzatmada yo‘qotilgan quvvat.
    Uzatish nisbati quvvat oqimi bo‘ylab aniqlanadi.
    .
    Hosil bo‘lgan xarakteristikalar ko‘pincha asosiylari o‘rniga ishlatiladi. Masalan, uzatmani P1, n, i, η yordamida hisoblash mumkin.
    Agar i >1, n1> n2 bo‘lsa, uzatma pasaytiruvchi yoki reduktor deyiladi. Agar i<1, n12 bo‘lsa, ko‘taruvchi yoki multiplikator deyiladi.
    Bulardan eng ko‘p tarqalgani pasaytiruvchi uzatmalar bo‘ladi, chunki ijro etuvchi mexanizmning aylanishlar takroriyligi ko‘p hollarda dvigatel aylanishlar takroriyligidan kam bo‘ladi.
    Uzatmalarning uzatish nisbati o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan (boshqariladigan) bo‘ladi. Ularning ikkisi ham ko‘p tarqalgan. Uzatish nisbatini boshqarish pog‘onali yoki pog‘onasiz bo‘ladi. Pog‘onali boshqarish tishli g‘ildirakli tezliklar qutisida, pog‘onali shkivli tasmali uzatmalarda va sh.k.lar amalga oshiriladi. Pog‘onasiz boshqarish friksion va zanjirli variatorlarda amalga shiriladi. Tishli g‘ildirakli pog‘onali boshqariladigan mexanik uzatmalar yuqori ishlash qobiliyatiga ega bo‘ladi va shuning uchun transport mashinasozligida, stanoksozlikda ko‘p tarqalgan. Pog‘onasiz boshqariladigan mexanik uzatmalarning yuklanish qobiliyati past bo‘ladi, shuning uchun ular kam tarqalgan. Ularni asosan kichik quvvatlarda (10–15 kVt gacha) qo‘llaniladi.

    Xulosa



    Xulosa shuki, ishqalanishda bо‘lgan bir juft g‘ildirakdan kichigi shesternya, kattasi esa g‘ildirak deb ataladi. Bordiyu ilashishdagi ikkala g‘ildirak bir hil bо‘lsa, u holda yetakchisi shesternya, yetaklanuvchisi g‘ildirak deyiladi.
    Ulardan texnikaning turli sohalarida foydalaniladi. Aniq asbobsozlikda diametri 1 mm dan kichik bо‘lgan tishli g‘ildiraklar ishlatilgan bir vaqtda, og‘ir sanoatda diametri bir necha 10m ga yetadiganlarini uchratish mumkin. Vallar о‘qlarining bir - biriga nisbatan joylashuviga qarab, tishli uzatmalar quyidagi turlarga bо‘linadi: vallarni о‘qlari о‘zaro parallel bо‘lib, sirtqi yoki ichki tomonidan ishlangan silindrik g‘ildirakli uzatmalar; vallarning о‘qlari о‘zaro kesishuvga konussimon g‘ildirakli uzatmalar; valning о‘qlari ayqash bо‘lgan vintaviy silindrik va gipoid deb ataluvchi konussimon g‘ildirakli hamda chervyakli uzatmalar.
    Adabiyotlar:

          1. Sulaymonov I. I. Mashina detallari. Toshkent nashriyoti, 1988.

    2. Tojiboyev R.N., Jо‘rayev A.J. Mashina detallari. Toshkent, «О‘qituvchi», 2002
    3. Pyatayev A.V., Muhammadjonov B.K. Mashina detallari. О‘quv qо‘llanma., Toshkent, 2004.
    4. Ivanov M.N. Detali mashin. Moskva, «Visshaya shkola», 1991.
    Download 86 Kb.
    1   2




    Download 86 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pog‘anasiz tezlikni о‘zgartirish

    Download 86 Kb.