Tekshiriluvchi
virtual
borliq
–
chegaralangan
miqdorda
foydalanuvchiga
taqdim qilinadigan senariy, tasvir, tovushni tanlash
imkonining borligi.
Interfaol virtual borliq- trekking vazifasini
bajara oladigan maxsus
qurilma yordamida yaratilgan dunyo qonunlari asosida virtual muhitni
foydalanuvchi o’zi boshqara olishidir.
Virtual borliqdagi trekking-virtual muhitdagi real obyektning
joylashishi koordinatalarini (x,y,z)
va uni fazoda joylashishi
burchaklarini (a,b,c) berishga mo’ljallangan.
3.Virtual borliq vositalari va kompanentalari
Virtual borliqqa kirishning eng oddiy yo‘li bu kompyuter ekrani hisoblanadi
va bu borliqda sichqoncha, klaviatura, djoystik yordamida ishlash mumkin.
Bulardan tashqari virtual borliqni yaxshiroq his etish
uchun boshqa qurilmalarni
ham ishlatish mumkin. Ular:
Turli oynali ko‘zoynak
- bu qurilma tasvirni ul o‘lchamda (hajmli)
ko‘rishga yordam beradi(1-rasm).
Bir muncha murakkabroq ishlaydigan ko‘zoynak ham mavjud bo‘lib, uning
ishlash prinsipi quyidagicha: ekran orqali ko‘zoynakning bitta ko‘ziga tasvir
yuboriladi, ikkinchisi esa qorong‘u bo‘lib turadi. So‘ngra tasvir keyingi ko‘zga
o‘tadi, shu tarzda tasvir ketma-ket ko‘rsatiladi va ko‘zoynak
ekranida uch
o‘lchamli tasvir illyuziyasi hosil bo‘ladi.
1-rasm
Virtual borliq shlemi
(Head Mounted Display) – o‘ylab
topilgan virtual
borliqni to‘liq his etish uchun mo‘ljallangan qurilma. Tasvir hajmini ko‘rsatish
uchun shlem ichida ikkita uncha katta bo‘lmagan ekran joylashgan bo‘lib, tasvir
ham ikkiga bo‘linadi va ikkala ko‘z uchun alohida tasvir yaratiladi. Ushbu shlem
360 gradus sohadagi barcha tasvirlarni vizual
ko‘rish
imkonini beradi, hattoki bosh burilgan vaqtda mos ravishda tasvir
joylashuvi ham o‘zgaradi.(2-rasm)
2-rasm