• MS WORD DASTURINI ISHGA TUSHIRISH
  • Mavzu: Wordda kiritish, tahrirlash va formatlash amallari. Wortdda hujjat tarkibiga rasm o’rnatish, hujjatni bezash. Reja: Kirish. Asosiy qism




    Download 2.67 Mb.
    bet2/5
    Sana09.09.2022
    Hajmi2.67 Mb.
    #25751
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Mavzu Wordda kiritish, tahrirlash va formatlash amallari. Wortd
    10.5.20 2021-04-29 14 50 06, 168, certificate-42404 (1), 222, Методика таҳлиллари, Bino va inshoatlar arxitekturasi, 3082102037, 370-сон 18.05.2018. Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida, LISTENING TASK., READING TASK., 9-sinf olimp, Attestatsiya, 123, Mavzu O\'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish va o’tka
    OFFICE DASTURLAR PAKETI
    Dunyoga mashhur Microsoft firmasi shaxsiy kompyuterlardan foydalanuvchilar uchun ko‘pgina dasturlar va operatsion tizimlari ishlab chiqarishni jadal rivojlantirmoqda. Jumladan, foydalanuvchilarning kompyutyerdan foydalanish imkoniyatlarini oshirish uchun OFFICE dasturlar paketini ham ishlab chiqargan.
    Ko‘pgina foydalanuvchilar Windows operatsion tizimi bilan OFFICE dasturlar to‘plamini chalkashtiradilar. To‘g‘ri bu ikkala dasturlarni ham Microsoft firmasi ishlab chiqqan va ular asosan shaxsiy IBM kompyuterlariga mo‘ljallangan. Lekin Windows operatsion tizimi bilan OFFICE dasturlar to‘plami bitta narsa emas. Windows operatsion tizimi OFFICE dasturlarisiz bemalol ishlay oladi, lekin OFFICE dasturlari Windows dasturisiz ishlamaydi. Windows dasturlarining quyidagi versiyalari mavjud:
    Windows -3X, Windows-95, Windows-98, Windows-2000, Windows-2002, va Windows XP.
    Office dastur paketini esa quyidagi versiyalari mavjud:
    Office-95, Office-96, Office-97, Office-2000 va Office-2002 va OfficeXR.
    Hozirgi kunda ko‘pgina foydalanuvchilar Office-97 yoki Office-2000 dasturlar paketidan foydalanishyapti. Bu ikkala versiyadagi dasturlar bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Faqat Office-2000 ning imkoniyati ko‘proq. Shuning uchun Office-2000 dasturlar paketi haqida fikr yuritamiz.
    Office-2000 dasturlar paketini shaxsiy kompyutyerga o‘rnatish uchun avvalom bor kompyutyerda Windows operatsion tizimi o‘rnatilgan bo‘lishi, so‘ng kompyuter operativ xotirasi kamida 8-16 Mbt bo‘lishi va qattiq diskda kamida 250 Mbtdan – 700 Mbtgacha (Office dan foydalanish imkoniyatiga qarab) bo‘sh joy bo‘lishi lozim.
    Office-2000 dasturlar paketiga quyidagi dasturlar kiradi:
    MS WORD – har xil ko‘rinishdagi oddiy va murakkab matnlarni tahrir qilishga mo‘ljallangan matn muharriri;
    MS EXCEL – har xil ko‘rinishdagi, tez almashadigan, o‘zgaradigan hisob-kitob ma’lumotlar bilan ishlashga mo‘ljallangan elektron jadvalli dastur;
    MS POWER POINT - ma’lumotlarni taqdimo (prezentatsiya), reklama qilishga mo‘ljallangan taqdimot dasturi;
    MS ACCESS – ma’lumotlar ombori (bazasi) bilan ishlashga mo‘ljallangan dastur;
    MS PUBLISHER – har xil tipdagi nashirlik ishlarini bajarishga mo‘ljallangan muharrir dastur;
    MS OUNLOOK - elektron pochtadan foydalanishga mo‘ljallangan dastur va hokazo.
    Office dasturlar paketini o‘rnatishda yuqorida ko‘rsatilgan dasturlarni tanlash orqali, ya’ni keraklisini o‘rnatish orqali kompyuter qattiq diskidagi joyni tejash mumkin.
    Masalan, sizning kompyuteringiz Internetga ulangan bo‘lmasa Ms Outlook ni o‘rnatishingiz shart emas yoki rangli, lazerli printeringiz bo‘lmasa Ms Publisher ni ham o‘rnatish shart emas va hokazo bu dasturlar keyinchalik sizga kerak bo‘lib qolganida bemalol Office tarkibini yangilab bu dasturlarni o‘rnatib olishingiz mumkin.
    Agar siz Internetga ulangan bo‘lsangiz Office dasturlar paketini Internet orqali yangilab (“update” qilib) turishingiz, Office ni kompyuteringizga o‘rnatgandan so‘ng bemalol matnlarni tahrir qilish, ma’lumotlar bazasida ishlash, hisob-kitobli jadvallarni tahrir qilish va hokazo ishlarni qilishingiz mumkin.
    MS WORD DASTURINI ISHGA TUSHIRISH
    MS WORD dasturini ishga tushirishdan oldin kompyuterimizda Windows OS yuklangan bo‘lishi lozim. Agar kompyuterni ishga tushirganimizda quyidagi tasvirda keltirilganga o‘xshash oyna paydo bo‘lsa, demak kompyutyerda Windows OS yuklangan bo‘ladi:
    Windows OS dasturi kompyuterimizda yuklangan ekanligiga ishonch hosil qilgach, endi kompyuterimizda MS WORD dasturi yuklangan ekanligiga ishonch hosil qilishimiz kerak. Buning uchun MS WORD dasturi nomi va maxsus belgisi
    Dokument Microsoft ni izlab topamiz.
    Word

    Bu belgi quyidagi joylarda bo‘lishi mumkin:


    “Ish stoli” da


    “Pusk” menyusida

    Yоki kompyutyerda o‘rnatilgan dastur (programma) lar ro‘yxatida:

    MS WORD ning shu yo‘l bilan topilgan maxsus belgisi va yozuvi ustiga bosish orqali MS WORD dasturini ishga tushiramiz. MS WORD – dasturi ishga tushganda kompyuter ekranida asosan quyidagi ko‘rinishdagi oynalar paydo bo‘ladi: 1-ko‘rinish:

    2-ko‘rinish:

    3-ko‘rinish:

    Agar MS WORD dasturini ishga tushirganimida 1-ko‘rinish paydo bo‘lsa, u holda hujjat yaratishni boshlash uchun quyidagi tasvirlarda tartibda ish tutiladi:
    “Fayl” menyusi ustiga sichqonchaning ko‘rsatkichi olib boriladi va chap tugmasi bosiladi. Natijada “Fayl” menyusiga kiruvchi buyruq va ko‘rsatmalar ro‘yxati keltirilgan maxsus oyna paydo bo‘ladi:

    Paydo bo‘lgan maxsus oynadan “Sozdat” buyrug‘i tanlanadi va sichqonchaning chap tugmasi bosiladi.

    Natijada, asosan, quyidagi 2 ko‘rinishdagi oynalar paydo bo‘ladi:


    A ko‘rinish:

    B ko‘rinish:



    Download 2.67 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 2.67 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Wordda kiritish, tahrirlash va formatlash amallari. Wortdda hujjat tarkibiga rasm o’rnatish, hujjatni bezash. Reja: Kirish. Asosiy qism

    Download 2.67 Mb.