Qarori arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘G‘risida




Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/42
Sana02.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#55613
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
370-сон 18.05.2018. Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida
Mavzu Wordda kiritish, tahrirlash va formatlash amallari. Wortd, 10.5.20 2021-04-29 14 50 06, 168, certificate-42404 (1), 222, Методика таҳлиллари, Bino va inshoatlar arxitekturasi, 3082102037, LISTENING TASK., READING TASK., 9-sinf olimp, Attestatsiya, 123, Mavzu O\'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish va o’tka


Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.04.2022
Hujjat 20.04.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
ARXITEKTURA VA QURILISH SOHASIDA DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATISHNING AYRIM
MA’MURIY REGLAMENTLARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy
tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son
Farmoniga
muvofiq hamda arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini
yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari (keyingi o‘rinlarda davlat
xizmatlari deb ataladi) ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari
hisoblansin:
davlat xizmatlari ko‘rsatishda yuridik yoki jismoniy shaxslarning bevosita ishtirok etishini talab
qiladigan tartibotlar sonini hamda ularni ko‘rsatish muddatlarini tubdan qisqartirish;
yuridik va jismoniy shaxslardan boshqa davlat organlari va o‘zga tashkilotlardan olinadigan
hujjatlar va ma’lumotlar talab qilinishini bekor qilish;
davlat xizmatlari ko‘rsatishda byurokratik to‘siq va g‘ovlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida davlat
organlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro yaqin idoralararo elektron hamkorlik o‘rnatish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyati samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini
ta’minlash, ularning mas’uliyatini va ijro intizomini kuchaytirish;
O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini (keyingi o‘rinlarda YIDXP
deb ataladi) davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun yagona axborot maydonchasi sifatida belgilash.
2. Quyidagilar tasdiqlansin:
Bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish bo‘yicha davlat xizmatlari
ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 
1-ilovaga 
muvofiq;
Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat
xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 
2-ilovaga 
muvofiq;
Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning
ma’muriy reglamenti 
3-ilovaga 
muvofiq;
Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish hamda bir vaqtda obyektning zilzilaga bardoshliligi va
yong‘in xavfsizligi bo‘yicha loyihaviy yechimlarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari
ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 
4-ilovaga 
muvofiq;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-
noyabrdagi 961-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y.,
09/19/961/4092-son)
Qurilish-montaj ishlarini boshlash haqida xabarnoma yuborish bo‘yicha davlat xizmatlari
ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 
5-ilovaga
 muvofiq;
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-
noyabrdagi 961-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y.,
09/19/961/4092-son)
Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) loyiha-smeta hujjatlarini kelishish
bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 
6-ilovaga 
muvofiq;
Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish
bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 
7-ilovaga 
muvofiq.
3. Belgilansinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentlarga muvofiq
ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslar faqat Davlat
xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali murojaat qiladilar.


4. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat
kadastri davlat qo‘mitasi hamda davlat xizmatlari ko‘rsatilishida ishtirok etadigan boshqa davlat
organlari:
o‘n kun muddatda — davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur hujjatlar va boshqa hujjatlarning
namunaviy shakllari, blankalari ishlab chiqilishini hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
bilan kelishgan holda tasdiqlanishini;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda hududiy
bo‘linmalar, idoraviy mansub tashkilotlar va davlat xizmatlari ko‘rsatilishida ishtirok etadigan
boshqa tuzilmalarning YIDXPga ulanishini;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va Savdo-
sanoat palatasi bilan birgalikda 2018-yil mobaynida har chorakda kamida bir marta Davlat
xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy
reglamentlarni amalda qo‘llashning samaradorligi va amalda qo‘llanilishi natijadorligi darajasini
oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv seminarlari tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta’minlasinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda YIDXPda davlat
xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari ko‘rib
chiqilishini kuzatib borish tartibotini joriy etsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ular tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishining
belgilangan tartibi bajarilishi yuzasidan ular faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy
nazorat o‘rnatsin;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy
reglamentlarning talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor
shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazolarni qo‘llasin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 1-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT,
2014-y., 1-son, 1-modda) bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va u haqda
tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi 
nizomga
8-ilovaga 
muvofiq
o‘zgartirishlar kiritilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 
9-ilovaga 
muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini
yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Vazirliklar va idoralar o‘zlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy
muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
10. Belgilab qo‘yilsinki, davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar
hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi rahbarlari
ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi uchun shaxsan
javob beradilar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov
va Adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.

Download 0.76 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qarori arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘G‘risida

Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish