Qarori arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘G‘risida




Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/42
Sana02.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#55613
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42
Bog'liq
370-сон 18.05.2018. Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida
Mavzu Wordda kiritish, tahrirlash va formatlash amallari. Wortd, 10.5.20 2021-04-29 14 50 06, 168, certificate-42404 (1), 222, Методика таҳлиллари, Bino va inshoatlar arxitekturasi, 3082102037, LISTENING TASK., READING TASK., 9-sinf olimp, Attestatsiya, 123, Mavzu O\'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish va o’tka
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi
548-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni boshqa asoslarga ko‘ra rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
16. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida
bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda uning so‘rovnomasi
ko‘rmasdan qoldiriladi. Bunda, to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
17. O‘zi kelib murojaat qilganda, Davlat xizmatlari markazlari, so‘rovnoma to‘ldirilgandan
boshlab bir soat mobaynida uni vakolatli organga va DK filialiga yuboradilar.
YIDXP orqali murojaat qilinganda, so‘rovnoma vakolatli organga va DK filialiga avtomatik
tarzda yuboriladi.
18. So‘rovnoma kelib tushgandan so‘ng DK filiali bir ish kuni mobaynida YIDXP orqali vakolatli
organga bino va inshootning devorlari rejasi, kesimi (mavjud bo‘lsa), fasad va kadastr pasporti
nusxasining elektron ko‘rinishini yuboradi yoki ularning yuborilishini rad etadi.
19. Bino va inshootga bo‘lgan egalik huquqining davlat ro‘yxatidan o‘tmaganligi, bino va
inshootning devorlari rejasi, kesimi (mavjud bo‘lsa), fasad va kadastr pasporti nusxasi yuborishni rad
etish uchun asos bo‘ladi.
Bino va inshootning devorlari rejasi, kesimi (mavjud bo‘lsa), fasad va kadastr pasporti
nusxasini yuborishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.


20. Vakolatli organ joyiga borib, obyekt vazifasidan kelib chiqqan holda, obyektni qayta
ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish imkoniyatlarini o‘rganib chiqadi.
Bino va inshootni o‘rganib chiqish butun bino va inshootni yoki ularning qismlari va ularga
biriktirilgan yer uchastkasini, shuningdek, ularga tutash hudud hamda bino va inshootlarni vizual
ko‘rikdan (zarurat bo‘lganda, maxsus uskunalar va asboblardan foydalangan holda) o‘tkazishdan
iborat bo‘ladi.
O‘rganish davomida, bino va inshoot o‘zboshimchalik bilan qurilganini (loyiha-smeta
hujjatlarini kelishmasdan va tegishli tartibda ekspertizadan o‘tkazmasdan turib qurilganini,
obyektning loyiha-smeta hujjatlaridan chetga chiqqan holda hamda shaharsozlik normalari va
qoidalarini buzgan holda qurish va rekonstruksiya qilingani) aniqlash maqsadida, bino va inshootni
tekshiruvdan o‘tkazish hamda ariza beruvchi so‘rovnomasida, shuningdek bino va inshootning
devorlari rejasi, kesimi (mavjud bo‘lsa), fasad va kadastr pasporti nusxasida berilgan ma’lumotlarni
bino va inshootning haqiqiy holati bilan taqqoslash amalga oshiriladi.
Ariza beruvchi tomonidan vakolatli organga obyektni o‘rganish uchun imkoniyat yaratiladi.
21. Vakolatli organ bino va inshootning devorlari rejasi, kesimi (mavjud bo‘lsa), fasad va kadastr
pasporti nusxalari kelib tushgandan so‘ng to‘rt ish kuni mobaynida ushbu Reglamentning 
3-
ilovasiga
 muvofiq shakl bo‘yicha QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan ruxsatnoma beradi yoki rad
etishning aniq sabablarini va qonunchilik normalarini ko‘rsatgan holda ruxsatnoma berishni rad
etadi.
Ruxsatnoma elektron ko‘rinishda rasmiylashtiriladi va vakolatli organning ERIsi bilan
tasdiqlanadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli 
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son)
22. Amalga oshirilayotgan qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish qonun hujjatlari
talablariga, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq emasligi ruxsatnoma
berishni rad etish uchun asos bo‘ladi.
Shuningdek, xonaning turar joy zonasida joylashgani — ushbu Reglamentning 
23-bandida
nazarda tutilgan hollarda qayta ixtisoslashtirish uchun ruxsatnoma berishni rad etish uchun asos
bo‘ladi.
Quyidagi holatlar ham noturar joy bo‘lmagan xonalarni turar joy toifasiga qayta
ixtisoslashtirish uchun ruxsatnoma berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:
xonaning bino yerto‘lasi yoki yarim yerto‘lasi qismida joylashganligi;
xonani to‘g‘ridan to‘g‘ri boshidan oxirigacha yoki burchagidan shamollatishni tashkil etish
imkoniyatining mavjudligi, shuningdek, qo‘shni turar joy yoki noturar joylardan to‘liq
izolatsiyalanmaganligi;
qayta ixtisoslashtirilayotgan xonalar shiftining (maksimum, minimum) balandligi shaharsozlik
hamda sanitariya-gigiyena normalari va qoidalari talablariga muvofiq emasligi;
zarur sanitariya-texnik va gigiyena sharoitlari yaratish uchun xonalarni moslashtirish
imkoniyatining mavjud emasligi;
markazlashgan kanalizatsiya mavjud bo‘lmagan hollarda xonaga biriktiriladigan yer
uchastkasining maydoni turar joy xonasidan, shuningdek, biriktiriladigan yer uchastkasiga tutash
bo‘lgan boshqa mulkdorlarga tegishli turar joylardan oqova suvlar va najas uchun mo‘ljallangan
axlat to‘kiladigan o‘ralardan sanitariya masofalariga rioya qilishga imkon beruvchi normalarga
javob bermasligi;
xona muhandislik va transport kommunikatsiyalarining, irrigatsiya inshootlarining, daryo va
suv havzalarining, ishlab chiqarish korxonalarining, qabristonlarning qo‘riqlanadigan zonalarida,
qishloq xo‘jaligi ekinlariga ishlov berish uchun zaharli ximikatlarni qo‘llash zonalarida joylashganligi;
nizoni hal etish tugagungacha — xona sudda ko‘rib chiqish predmeti bo‘lmasligi kerak;
xonaning savdo, maishiy hamda ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan va shu kabi boshqa
maqsadlarga mo‘ljallangan xona sifatida (uyning qurilishida loyiha-smeta hujjatlarida nazarda
tutilgan hollarda) ko‘p kvartirali turar joylarda joylashganligi;


xonaning mavsumiy va vaqtinchalik yashash uchun mo‘ljallanganligi;
aholi punktlarida noturar joydan turar joyga qayta ixtisoslashtiriladigan xonalarning aholi
punktining bosh rejasida yoki qishloqlar (ovullar) fuqarolar yig‘ini hududini me’moriy
rejalashtirishni tashkil etish loyihasida (mavjud bo‘lsa) ko‘rsatilgan turar joy binolarini joylashtirish
uchun mo‘ljallanmagan zonalarda joylashganligi;
xonaning ishlab chiqarish korxonalarining himoya zonasi va boshqa inson salomatligi va
hayoti uchun xavfli sanitariya normalari va gigiyenik normativlarga, yong‘in xavfsizligi talablariga
javob bermaydigan obyektlarda joylashganligi, shuningdek, xonaning bozorlar va savdo
markazlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlari binolarida joylashganligi (aholi punktining bosh
rejasi yoki qishloq (ovul) fuqarolar yig‘ini hududining arxitektura-rejalashtirishni tashkil etish loyihasi
mavjud bo‘lmagan hollarda baho beriladi).
Ruxsatnoma berishni boshqa asoslarga ko‘ra rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
Ariza beruvchi ruxsatnoma berish rad etilgan kundan boshlab o‘n ish kuni mobaynida davlat
xizmati ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamasdan ruxsatnomani olish uchun qayta murojaat qilish
huquqiga ega.
Ruxsatnoma berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar ariza beruvchi tomonidan
bartaraf etilgan taqdirda, ruxsatnoma takroriy so‘rovnoma tushganidan so‘ng ikki ish kunidan
oshmagan muddatda beriladi.
23. Quyidagi faoliyat turlari uchun turar-joy zonalarida joylashgan obyektlarni qayta
ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma berish taqiqlanadi:

Download 0.76 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42




Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qarori arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘G‘risida

Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish