Qarori arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘G‘risida




Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/42
Sana02.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#55613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42
Bog'liq
370-сон 18.05.2018. Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida
Mavzu Wordda kiritish, tahrirlash va formatlash amallari. Wortd, 10.5.20 2021-04-29 14 50 06, 168, certificate-42404 (1), 222, Методика таҳлиллари, Bino va inshoatlar arxitekturasi, 3082102037, LISTENING TASK., READING TASK., 9-sinf olimp, Attestatsiya, 123, Mavzu O\'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish va o’tka
kapital bino va inshoot — obyekt barpo etilishi uchun yer uchastkasiga egalik qilish huquqi
mavjud bo‘lgan, zarur ruxsat beruvchi hujjatlari olingan hamda muqim muhandislik
kommunikatsiyalari o‘tkazilgan (zarur bo‘lganda), shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etgan
holda maxsus moslashtirilgan (chuqurlashtirilgan va boshqa holatdagi) poydevorlarga o‘rnatilgan
qurilish tizimi;
yengil turdagi qurilmalar — yengil konstruksiyalardan barpo etilgan, chuqurlashtirilgan
poydevorlarga va yer osti inshootlariga (0,5 metrdan ko‘p) ega bo‘lmagan, buzib olib (bartaraf etib)
ko‘chirishga imkoniyati mavjud obyekt;
vaqtinchalik qurilmalar — obyektlar quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va
ta’mirlanadigan, dala ishlari (geodeziya, qishloq ho‘jaligi, o‘rmonchilik, baliq ko‘paytirish va
boshqalar) bajariladigan mavsumiy savdo, umumiy ovqatlantirish, o‘qitish va boshqa jarayonlar
davrida maxsus barpo etiladigan yoki moslashtiriladigan hamda ulardan foydalanish zarurati
bo‘lmaganda bartaraf etish (buzish) imkoniyati mavjud bo‘lgan kapital hisoblanmagan ishlab
chiqarish, ombor sifatida ishlatiladigan, yordamchi turar joy va jamoat kapital xisoblanmagan bino
va inshootlar;
mavsumiy kafe — umumiy ovqatlanish tashkilotiga tutash yoki statsionar ovqatlanish
tashkilotidan 5 metrdan oshmaydigan masofada joylashgan, ovqatlanish bo‘yicha qo‘shimcha
xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan, tasdiqlangan talablarga muvofiq jihozlangan, shu jumladan,
yengil turdagi qurilmalardan tashkil topgan, qurilishga ruxsat olish talab qilinmaydigan bino yoki
inshoot.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-sonli 
qaroriga
asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2021-y.,
09/21/485/0747-son)
3. Quyidagi hollarda rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi:
binolarning mustahkamligi va zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi yuk ko‘tarib turuvchi
qismlarining o‘zgarishiga olib kelmaydigan qayta rejalashtirishda;
poydevor maydonini o‘zgartirmasdan yengil turdagi qurilmalar va vaqtincha qurilmalarni
rekonstruksiya qilishda;
o‘z yer maydonida ko‘chalardan, chorrahalardan, shahar (posyolka) maydonlaridan, parklar,
skver, stadion, aeroport, vokzal, teatr, avtostansiyalardan ko‘rinib turmaydigan qismlarida, binolar va
inshootlar oralig‘i yong‘inga qarshi normalar talablariga javob berishini, shuningdek, maxsus
avtotransport vositalari o‘tishini ta’minlagan holda, yengil turdagi va vaqtinchalik qurilmalar
qurishda.
O‘zbekiston Respublikasini davlat sirlari bilan bog‘liq, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan
obyektlar va qishloq joylardagi namunaviy loyihalar bo‘yicha quriladigan yakka tartibdagi uy-
joylarga;


yakka tartibda uy-joylar qurishda (rekonstruksiya) va ko‘p qavatli uylardagi kvartiralarni
rekonstruksiya qilishda.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli 
qaroriga
asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y.,
09/19/961/4092-son)
4. Obyektni qayta ixtisoslashtirish deganda obyektning maqsadli yo‘nalishining
rekonstruksiya bilan va rekonstruksiyasiz o‘zgarishi, ya’ni xonalar (binolar)ni uning loyiha-smeta va
kadastr hujjatlarida nazarda tutilmagan faoliyat uchun moslashtirish tushuniladi.
5. Obyektni rekonstruksiya qilish deganda quyidagilar tushuniladi:
binolar va inshootlarning mustahkamligi, zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi yuk ko‘taruvchi
qismlarining o‘zgarishiga olib keladigan hajmi va maydonini o‘zgartirish;
binolar va inshootlarning mustahkamligi, zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi yuk ko‘taruvchi
qismlarini o‘zgartirmasdan hajmi va maydonini o‘zgartirish;
bino va inshootlarning dastlabki hajmini saqlab qolgan holda ularning asosiy qismlariga
o‘zgartirish kiritish;
o‘z yer uchastkasida bir-biriga tutashib ketuvchi va alohida qo‘shimcha bino va inshootlar
qurish;
umumiy ovqatlanish obyekti binosidan 5 metrdan oshmaydigan masofada mavsumiy kafeni
joylashtirish.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-sonli 
qaroriga
asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2021-y.,
09/21/485/0747-son)
6. Obyektni ruxsatnomasiz qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish taqiqlanadi.
7. Ruxsatnoma berish tartibotini amalga oshirishda:
a) Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi va tumanlar (shaharlar) qurilish bo‘limlari
(keyingi o‘rinlarda vakolatli organlar deb ataladi) ruxsatnoma beradilar;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri davlat yer tuzish va ko‘chmas
mulk kadastri korxonasi filiali (keyingi o‘rinlarda DK filiallari deb ataladi) bino va inshootning
devorlari, kesimi (agar mavjud bo‘lsa), fasad rejasi va kadastr pasporti nusxasini yuboradi.
8. Davlat xizmatlari markazlari vakolatli organlar va DK filiallari o‘rtasidagi axborot almashinuvi
elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat
idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
9. Ruxsatnoma berish ushbu Reglamentning 
1-ilovasidagi 
sxemaga muvofiq amalga
oshiriladi.

Download 0.76 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42




Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qarori arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘G‘risida

Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish