Qarori arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘G‘risida




Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/42
Sana02.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#55613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
370-сон 18.05.2018. Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida
Mavzu Wordda kiritish, tahrirlash va formatlash amallari. Wortd, 10.5.20 2021-04-29 14 50 06, 168, certificate-42404 (1), 222, Методика таҳлиллари, Bino va inshoatlar arxitekturasi, 3082102037, LISTENING TASK., READING TASK., 9-sinf olimp, Attestatsiya, 123, Mavzu O\'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish va o’tka
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
13. So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatish
uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi
548-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Davlat xizmatlari ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
14. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida
bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda uning so‘rovnomasi
ko‘rmasdan qoldiriladi. Bunda, to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
15. O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari so‘rovnoma to‘ldirilgan vaqtdan
boshlab bir soat mobaynida uni vakolatli organga va DK filialiga yuboradilar.


YIDXP orqali murojaat qilinganda esa so‘rovnoma avtomatik tarzda vakolatli organ va DK
filialiga yuboriladi.
16. DK filiali so‘rovnoma tushgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida YIDXP orqali
vakolatli organga bino va inshootning devorlari rejasi, kesimi (mavjud bo‘lsa), fasad va kadastr
pasporti nusxasini elektron ko‘rinishda yuboradi yoki uni yuborishni rad etadi.
17. Bino va inshootga bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi bino va
inshootning devorlari rejasi, kesimi (mavjud bo‘lsa), fasad va kadastr pasporti nusxasining
yuborilmasligi uchun asos hisoblanadi.
Bino va inshootning devorlari rejasi, kesimi (mavjud bo‘lsa), fasad va kadastr pasporti
nusxasini boshqa asoslarga ko‘ra yubormaslik qat’iyan taqiqlanadi.
18. Vakolatli organ joyiga borib, bino va inshoot maqsadidan kelib chiqqan holda, bino va
inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish imkoniyatini o‘rganib chiqadi.
Bino va inshootni o‘rganib chiqish butun bino va inshootni yoki ularning qismlari va ularga
biriktirilgan yer uchastkasini, shuningdek ularga tutash hudud va ular yaqinidagi bino va
inshootlarni vizual ko‘rikdan (zarurat bo‘lganda, maxsus uskunalar va asboblardan foydalangan
holda) o‘tkazishdan iborat bo‘ladi.
O‘rganish davomida bino va inshootlarni ko‘zdan kechirish, ariza beruvchi so‘rovnomasida,
shuningdek bino va inshootning devorlari, kesimi (mavjud bo‘lsa), fasad rejalari va kadastr pasporti
nusxalaridagi ma’lumotlarni bino va inshootlarning hozirgi holatiga, bino va inshootlar tashqi
ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishmasdan, shuningdek, vakolatli organ bilan kelishilgan bino va
inshootlar fasadining eskiz loyihasidan chetga chiqqan holda qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga
oshirish holatini aniqlash yuzasidan taqqoslash amalga oshiriladi.
19. Vakolatli organ bino va inshootning devorlari rejasi, kesimi (mavjud bo‘lsa), fasad va kadastr
pasporti nusxalari kelib tushgan kundan boshlab to‘rt ish kuni mobaynida bino va inshoot tashqi
ko‘rinishini o‘zgartirishga kelishadi yoki rad etishning aniq sabablari va qonunchilik normalarini
ko‘rsatgan holda kelishishni rad etadi.
Bino va inshoot tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish bino va inshoot fasadining eskiz
loyihasini vakolatli organning ERI bilan tasdiqlash orqali amalga oshiriladi.
20. Bino va inshoot fasadi eskiz loyihasining qonunchilik talablariga, shu jumladan
shaharsozlik normalari va qoidalariga mos kelmasligi bino va inshoot tashqi ko‘rinishini
o‘zgartirishni kelishishni rad etishga asos bo‘ladi.
Bino va inshoot tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishishni boshqa asoslarga ko‘ra rad etish
qat’iyan taqiqlanadi.
Ariza beruvchi bino va inshoot tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish rad etilgan kundan
boshlab o‘n ish kuni mobaynida davlat xizmati ko‘rsatish uchun yig‘im to‘lamagan holda bino va
inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish uchun takroran murojaat qilish huquqiga
ega.
Bino va inshoot tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishishni rad etish uchun asos bo‘lgan
sabablar ariza beruvchi tomonidan bartaraf qilingan taqdirda, takroran kelishish so‘rovnoma
takroriy kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga
oshiriladi.
Bino va inshoot fasadining eskiz loyihasini takroran ko‘rib chiqishda vakolatli organi
tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi,
avval ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar bilan bog‘liq rad etish
sabablari keltirilishi bundan mustasno.
21. Vakolatli organ bino va inshoot tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishib bergan kunning
o‘zida bino va inshootning kelishilgan loyiha eskizini elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga
(o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda)
YIDXP orqali yuboradi.
Davlat xizmatlari markazi bino va inshootning kelishilgan loyiha eskizi tushganidan so‘ng bir
soat mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va bu haqida ariza beruvchini
axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Bunda, davlat xizmatlari markazi ariza


beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, unga bino va inshootning kelishilgan loyiha eskizini
elektron ko‘rinishda taqdim qilishiga majbur.
Texnik imkoniyati mavjud bo‘lgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi arizachining so‘roviga
ko‘ra unga bino va inshootning kelishilgan loyiha eskizini qog‘oz shaklda o‘zining muhrini bosgan
holda taqdim etishi shart.

Download 0.76 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qarori arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘G‘risida

Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish