-bob. Davlat xizmati ko‘rsatish tartibi




Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/42
Sana02.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#55613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
370-сон 18.05.2018. Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida
Mavzu Wordda kiritish, tahrirlash va formatlash amallari. Wortd, 10.5.20 2021-04-29 14 50 06, 168, certificate-42404 (1), 222, Методика таҳлиллари, Bino va inshoatlar arxitekturasi, 3082102037, LISTENING TASK., READING TASK., 9-sinf olimp, Attestatsiya, 123, Mavzu O\'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish va o’tka
2-bob. Davlat xizmati ko‘rsatish tartibi
8. Ariza beruvchilar bino va inshoot tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish uchun Davlat
xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv
davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) davlat xizmatidan elektron tarzda
foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
9. O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan,
YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 
2-
ilovaga 
muvofiq shakl bo‘yicha davlat xizmatidan foydalanish uchun so‘rovnomani elektron tarzda
to‘ldiradi.


So‘rovnomaga bino va inshoot fasadining elektron ko‘rinishdagi eskiz loyihasi ilova qilinadi.
Ariza beruvchilardan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni hamda boshqa hujjatlarni
talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
10. Ariza beruvchi zarur ma’lumotlarni rasmiylashtirgandan va so‘rovnomaga kiritgandan
so‘ng uni o‘z ERI bilan tasdiqlaydi.
O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan
hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo
va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli 
qarori 
tahririda
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
11. Davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida yig‘im
undiriladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-
dekabrdagi 1046-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y.,
09/19/1046/4242-son)
Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning 
birinchi
xatboshisida 
ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli 
qaroriga
asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y.,
09/19/548/3362-son)
Davlat xizmati ko‘rsatish uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya
tizimlari orqali amalga oshiriladi.
12. Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda:
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi
budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;
qolgan mablag‘lar to‘liq miqdorda vakolatli organning bank hisob raqamiga o‘tkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi
budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;
11,25 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi
qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning hisob
raqamiga;
(12-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2020-yil 14-yanvardagi 24-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y.,
09/20/24/0053-son)
qolgan mablag‘lar to‘liq miqdorda vakolatli organning bank hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli 
qarori 
tahririda

Download 0.76 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Davlat xizmati ko‘rsatish tartibi

Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish