Qarori arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘G‘risida




Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/42
Sana02.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#55613
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42
Bog'liq
370-сон 18.05.2018. Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida
Mavzu Wordda kiritish, tahrirlash va formatlash amallari. Wortd, 10.5.20 2021-04-29 14 50 06, 168, certificate-42404 (1), 222, Методика таҳлиллари, Bino va inshoatlar arxitekturasi, 3082102037, LISTENING TASK., READING TASK., 9-sinf olimp, Attestatsiya, 123, Mavzu O\'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish va o’tka
(12-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2020-yil 14-yanvardagi 24-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y.,
09/20/24/0053-son)
qolgan mablag‘lar to‘liq miqdorda vakolatli organning bank hisob raqamiga o‘tkaziladi.


(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli 
qarori 
tahririda
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
13. So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatish
uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi
548-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Boshqa asoslarga ko‘ra davlat xizmatlari ko‘rsatishni rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
14. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida
bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda uning so‘rovnomasi
ko‘rmasdan qoldiriladi. Bunda, to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
15. O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari so‘rovnoma to‘ldirilgan vaqtdan
boshlab uni bir soat mobaynida vakolatli organga yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda esa so‘rovnoma avtomatik ravishda vakolatli organga
yuboriladi.
16. Vakolatli organ so‘rovnoma kelib tushgandan so‘ng bir ish kuni mobaynida so‘rovnomada
qayd etilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini tekshiradi va Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib
murojaat qilgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat qilgan taqdirda) YIDXP
orqali elektron shaklda vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan ARTni ishlab chiqishning qiymati
ko‘rsatilgan hisob-fakturani — invoysni (keyingi o‘rinlarda invoys deb ataladi) yuboradi yoki rad
etishning aniq sabablarini va qonunchilik normalarini ko‘rsatgan holda uni yuborishni rad etadi.
Davlat xizmatlari markazi invoys kelib tushgandan boshlab bir soat mobaynida bu haqda
axborot-kommunikatsiya tizimi orqali ariza beruvchini xabardor qiladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli 
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son)
17. Ariza beruvchi invoys kelib tushgandan so‘ng o‘n kun mobaynida invoysda ko‘rsatilgan
summani to‘laydi.
Invoysda ko‘rsatilgan summa to‘langanligi axborot-kommunikatsiya tizimi orqali tasdiqlanadi.
ARTni ishlab chiqish qiymati miqdorlari ushbu Ma’muriy reglamentning 
4
va 
5-ilovalarida
belgilanadi.
Invoys O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan tasdiqlangan shaklga muvofiq
rasmiylashtiriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli 
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son)
18. Ariza beruvchi tomonidan shartnomani tasdiqlash rad etilganda yoki shartnoma
yuborilmaganida yoki ARTni ishlab chiqish qiymatining to‘lovi belgilangan muddatda amalga
oshirilmaganda shartnoma tuzilmagan deb hisoblanadi. Ushbu holatlarda ariza beruvchi umumiy
tartibda davlat xizmati olish uchun takroran murojaat qilishga haqli.
19. Shartnomani yuborishni rad etish uchun so‘rovnomada qayd etilgan ma’lumotlarning
haqqoniy emasligi, shu jumladan ushbu Reglamentning 
9-bandida 
nazarda tutilgan tegishli
qarorlar va ruxsatnomalar o‘z kuchini yo‘qotganligi yoki bekor qilinganligi asos bo‘ladi.
Shartnomani yuborishni boshqa asoslarga ko‘ra rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
20. Vakolatli organ ARTni ishlab chiqish qiymatining to‘lovi kelib tushgandan so‘ng joyiga
borgan holda, yangi qurilish uchun ajratilgan yer uchastkasini va qo‘shimcha qurilish amalga
oshirilayotgan yer uchastkasini, shuningdek rekonstruksiya qilinishi zarur bo‘lgan obyektni o‘rganib
chiqadi.
Obyektni o‘rganib chiqish obyekt yoki uning qismlari va unga biriktirilgan yer uchastkasini,
shuningdek, unga tutash hududlar hamda bino va inshootlarni vizual ko‘rikdan (zarurat bo‘lganda,
maxsus uskunalar va asboblardan foydalangan holda) o‘tkazishdan iborat bo‘ladi.
O‘rganish davomida ariza beruvchining so‘rovnomasida, yer uchastkasi joylashuvi rejasida
yoki uning chegaralarini naturaga chiqarish dalolatnomasida, yer uchastkasi (obyekt)ning
amaldagi joylashuvini hisobga oluvchi muhandislik-kommunikatsiya tarmog‘iga ulanishning texnik


shartlarida bayon etilgan ma’lumotlarni taqqoslagan holda obyekt tekshiruvdan o‘tkazilib,
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining ulanish nuqtalarigacha o‘tkaziladigan trassalari
belgilanadi.
21. Zarurat bo‘lganda, vakolatli organ elektron o‘zaro bog‘lanish yordamida muhandislik-
kommunikatsiya tarmog‘iga ulanishning texnik shartlarini olish uchun muhandislik-
kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga tegishli so‘rovni yuboradi.
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-
noyabrdagi 961-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y.,
09/19/961/4092-son)
Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlar so‘rov tushgandan
so‘ng uch ish kuni mobaynida YIDXP orqali vakolatli organga muhandislik-kommunikatsiya
tarmog‘iga ulanishning texnik shartlarini elektron shaklda yuboradilar.
22. Vakolatli organ tomonidan ARTni ishlab chiqish qiymatining to‘lovi kelib tushgandan
so‘ng Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda ART ishlab chiqiladi.
ARTni ishlab chiqish muddati ARTni ishlab chiqish qiymatining to‘lovi va muhandislik-
kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha barcha texnik shartlar kelib tushgandan so‘ng
hisoblanadi;
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli 
qaroriga
asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y.,
09/19/961/4092-son)
ART elektron shaklda rasmiylashtiriladi va vakolatli organning ERIsi bilan tasdiqlanadi.
ART mazkur ma’muriy reglamentga 
3-ilovada 
keltirilgan namunaviy shaklga muvofiq ishlab
chiqiladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli 
qaroriga
asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y.,
09/19/961/4092-son)
23. ART rasmiylashtirilgan kuni vakolatli organ Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat
qilgan taqdirda) yoki YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilgan taqdirda) ariza beruvchiga
ARTni elektron shaklda yuboradi.
Davlat xizmatlari markazi ART tushganidan so‘ng, uni bir soat mobaynida ariza beruvchining
elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali
xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilganda unga ARTni
elektron shaklda taqdim qiladi.
Davlat xizmatlari markazi texnik imkoniyat mavjud bo‘lganda, ariza beruvchining so‘roviga
ko‘ra unga ARTni qog‘oz shaklida o‘zining muhrini bosib berish yo‘li bilan taqdim etishi mumkin.

Download 0.76 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42




Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qarori arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘G‘risida

Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish