• 1-bob. Umumiy qoidalar
  • O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV




    Download 0.76 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/42
    Sana02.05.2023
    Hajmi0.76 Mb.
    #55613
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
    Bog'liq
    370-сон 18.05.2018. Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida
    Mavzu Wordda kiritish, tahrirlash va formatlash amallari. Wortd, 10.5.20 2021-04-29 14 50 06, 168, certificate-42404 (1), 222, Методика таҳлиллари, Bino va inshoatlar arxitekturasi, 3082102037, LISTENING TASK., READING TASK., 9-sinf olimp, Attestatsiya, 123, Mavzu O\'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish va o’tka
    O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
    Toshkent sh.,
    2018-yil 18-may,
    370-son
    Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-
    maydagi 370-son 
    qaroriga
    1-ILOVA
    Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish bo‘yicha davlat xizmatlari
    ko‘rsatishning
    MA’MURIY REGLAMENTI


    1-bob. Umumiy qoidalar
    1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda ariza beruvchilar deb
    ataladi) tegishli bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish tartibini belgilaydi
    2. Ushbu Ma’muriy reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
    bino — funksional maqsadiga qarab odamlar yashashi yoki bo‘lishiga va har xil turdagi ishlab
    chiqarish jarayonlarini bajarishga mo‘ljallangan, yopiq hajmni tashkil etuvchi tayanch, to‘sma yoki
    har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi;
    inshoot — har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga, materiallar, buyumlar,
    asbob-uskunalarni saqlashga, odamlarning vaqtincha bo‘lishiga, odamlar, yuklar va boshqa
    narsalarni olib o‘tishga mo‘ljallangan, tayanch, to‘sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi
    konstruksiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi qurilish tizimi;
    bino va inshoot fasadining eskiz loyihasi — bino va inshoot fasadiga o‘zgartirishlar
    kiritilmasdan oldin uning old va yon fasadlarining rangli tasvirdagi fotosuratlari bilan birga bino va
    inshoot fasadiga kiritilgan o‘zgartirishlarning yakuniy natijasi to‘g‘risida to‘liq tasavvur beruvchi bino
    va inshoot fasadining rangli tasvirdagi arxitekturaviy chizmasi.
    3. Ushbu Reglamentning amal qilishi bino va inshootning hajmi va maydonini
    o‘zgartirmasdan turib ko‘cha (ko‘chalar)dan ko‘rinadigan old va yon fasadlar (fasad maydonining 25
    foizidan ortiq qismi)dagi arxitekturaviy elementlar (tsokoli, quyoshdan himoyalash elementlari,
    parapetlari, ustunlari, tomi, derazalari, peshayvoni, ayvonlari va shu kabilar)ning rangi,
    konfiguratsiyasi va o‘lchamlari o‘zgartirilishiga tatbiq etiladi.
    Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish, agar bino va inshoot magistral
    ko‘chalar (aholi punktlari doirasidagi), xalqaro, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llari
    bo‘ylab joylashgan hollarda talab etiladi.
    Tumanlarning ma’muriy markazi bo‘lmagan posyolkalarda, qishloq aholi punktlari (qishloq va
    ovullar)da va aholi punktlari tashqarisida joylashgan bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini
    o‘zgartirish uchun kelishish talab etilmaydi.
    4. Bino va inshootlarning loyiha eskizini kelishmasdan turib bino va inshoot tashqi ko‘rinishini
    o‘zgartirish taqiqlanadi.
    5. Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish tartibotini amalga oshirishda:
    a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh
    boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda vakolatli organlar deb ataladi) — bino va inshoot fasadining eskiz
    loyihasini (bino va inshoot fasadiga o‘zgartirishlar kiritilmasdan oldin uning old va yon fasadlarining
    rangli tasvirdagi fotosuratlari bilan birga bino va inshoot fasadiga kiritilgan o‘zgartirishlarning
    yakuniy natijalari haqida to‘liq tasavvur beruvchi bino va inshootning old va yon fasadlarining rangli
    arxitekturaviy chizmasini) kelishadilar;
    b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk
    kadastri davlat korxonasi filiallari (keyingi o‘rinlarda DK filiallari deb ataladi) bino va inshoot
    devorlarining rejasi, kesimi (mavjud bo‘lsa), fasadi va kadastr pasporti nusxalarini yuboradilar.
    6. Davlat xizmatlari markazlari, vakolatli organlar va DK filiallari o‘rtasida axborot almashinuvi
    elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat
    idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
    7. Bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish ushbu Reglamentga 
    1-
    ilovaga 
    muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.

    Download 0.76 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




    Download 0.76 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

    Download 0.76 Mb.
    Pdf ko'rish