-bob. Davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi




Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/42
Sana02.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#55613
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42
Bog'liq
370-сон 18.05.2018. Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida
Mavzu Wordda kiritish, tahrirlash va formatlash amallari. Wortd, 10.5.20 2021-04-29 14 50 06, 168, certificate-42404 (1), 222, Методика таҳлиллари, Bino va inshoatlar arxitekturasi, 3082102037, LISTENING TASK., READING TASK., 9-sinf olimp, Attestatsiya, 123, Mavzu O\'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish va o’tka
2-bob. Davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi
10. Ariza beruvchilar ruxsatnoma olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat
etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda
YIDXP deb ataladi) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
11. O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi
nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu
Reglamentga 
2-ilovaga 
muvofiq shakl bo‘yicha davlat xizmatidan foydalanish uchun so‘rovnomani
elektron tarzda to‘ldiradi .
Ariza beruvchilardan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni hamda boshqa hujjatlarni
talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
12. Ariza beruvchi zarur ma’lumotlarni rasmiylashtirgandan va so‘rovnomaga kiritgandan
so‘ng uni o‘z ERI bilan tasdiqlaydi.
O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan
hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo
va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli 
qarori 
tahririda
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)


13. Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida
yig‘im undiriladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-
dekabrdagi 1046-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y.,
09/19/1046/4242-son)
Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning 
birinchi
xatboshida 
ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli 
qaroriga
asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y.,
09/19/548/3362-son)
Davlat xizmatlari ko‘rsatilganda yig‘imni to‘langanligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya
tizimlari orqali amalga oshiriladi.
14. Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda:
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi
budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;
qolgan mablag‘lar to‘liq miqdorda vakolatli organning hisob raqamiga o‘tkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi
budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;
11,25 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi
qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning hisob
raqamiga;
(14-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2020-yil 14-yanvardagi 24-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y.,
09/20/24/0053-son)
qolgan mablag‘lar to‘liq miqdorda vakolatli organning hisob raqamiga o‘tkaziladi
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli 
qarori 
tahririda
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
15. So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatish
uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

Download 0.76 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42




Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi

Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish