www.arxiv.uz
4-Ma’ruza:XX asr boshlarida O`zbekiston san`ati.
XX asr boshlarida O`rta Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishi,
san`atda ham o`z ifodasini topdi. Buni dekorativ amaliy san`at asarlaridagi
kompozitsiyalarda, ularning syujet va motivlarida, real hayotning tasvirlanishida,
voqe`likni ustalar tomonidan real tasvirlashga intilishlarida ko`rish mumkin.
Bunday o`zgarishlar rus va o`zbek me`morchilik san`ati an`analarining bir-biriga
yaqinlashishi va qo`shilishi natijasida paydo bo`lgan yangi uslublarda ham
namoyon bo`la boshladi. Realistik dastgoh san`ati maydonga keldi. Buni birinchi
bo`lib, XIX asrning 40-yillaridan boshlab O`rta Osiyoga kela boshlagan rus badiiy
maktabining talabalari boshlab berdilar. Bu borada rus rassomlari A.Karazin,
I.Kazakov, S.P.Yudin, R.Zommer, 1886 yilgi ko`rgazmada toshkentlik To`xta-
Sodiq Xo`jayevning alebastrdan yasagan ot va kiyik haykalchalarining qo`yilishi,
1915 yil bosmadan chiqqan S.Siddiqiyning “Ko`ro`g`li” epik poemasiga ishlangan
grafik illyustratsiyalarining yuzaga kelishi davr taqozosi edi. O`zbekistonda
san`atni targ`ib etish, ko`rgazmalar uyushtirish, muzeylarni milliylashtirish kabi
ishlar amalga oshirildi. 1918-20 yillarda Toshkent, Samarqand shaharlarida badiiy
maktablar ochildi. Ularga ko`plab mahalliy yoshlar jalb etildi. Bunda rus va boshqa
milliy rassomlar faol ishtirok etdi. Shu bilan birga o`zbek xalq san`atini o`rganish
orqali rassomlar haqiqiy milliy san`at namunasini yaratishga, o`z asarlarida
davrning muhim voqealarini aks ettirishga harakat qildilar. Shunday rassomlardan
biri O.K.Tatevosyan bo`ldi. Korovinning shogirdi bilan bu rassom 1915 yil
birinchi bor O`zbekistonga keldi. Uning serjilo tabiati, boy me`morchilik
yodgorliklari yosh rassomni o`ziga mahliyo etdi. O`zbekistonda o`z ijodiy
izlanishlari uchun katta imkoniyatlar borligini his qilgan rassom o`qishni bitirgach,
butunlay O`zbekistonga ko`chib keldi va o`zining sermahsul ijodini boshladi, yosh
rassomlarga murabbiylik qildi. Uning ilk ijodidagi asarlar asosan Samarqandga
bag`ishlangan. Gavjum ko`chalar, noz-ne`matga boy bozorlar, choyxonalar
rassomning ko`pgina asarlarining mazmunini tashkil etdi. Xalq milliy san`at
www.arxiv.uz
namunalarini o`rgandi. Asarlarida O`zbekistonda bo`layotgan o`zgarishlarni,
odamlarning mehnatga bo`lgan munosabati badiiy ifodasini topa boshladi. O`sha
yillari O`zbekistonda bir qator iste`dodli rassomlar yashab ijod qilganlar. Bular
ichida Farg`onada tug`ilib o`sgan Aleksandr Volkovning asarlari juda rang-barang
va falsafiy mazmunga boy. Voronejdan kelgan va butun umr Toshkentda yashab
ijod qilgan Usto Mo`min (Nikolayev) bir qator ajoyib nafis, lirik, shoirona asarlar
yaratdi. Davr kayfiyati, kishilarning hayotga bo`lgan yuksak munosabati uning
asarlarida o`zining haqiqiy poetik ifodasini topdi. Uning shunday asarlari ichida
“Bahor”, “Bedanaboz”, “Do`stlik», «Muhabbat”, “Kuyov”, “Choyxonachi”
kabilardir.
O`zbekistonda samarali mehnat qilgan rus rassomlaridan biri Pavel
Petrovich Benkov edi. U o`zbek san`atining rivojlanishiga, milliy kadrlar yetishib
chiqishiga katta hissa qo`shdi. U Buxoro, Xiva, Samarqand haqida juda ko`p
polotnolar ishlagan. Bular asosan yarim manzara va yarim maishiy janrda bo`lib,
ularda rassom kundalik xalq turmushini qadimgi nodir me`morchilik fonida ustalik
bilan tasvirlaydi. Ajoyib ayollar obrazini ham yaratadi. “Dugonalar”, “Dutorchi
qiz” deb nomlangan asarlar do`stlik mavzusida yaratgan yirik asarlaridir. 20-30-
yillardan boshlab milliy rassomlar ko`rina boshlandi. Ular o`zlarining dastlabki
asarlari bilan respublika badiiy ko`rgazmalarida ishtirok etib, badiiy hayotni
yanada jonlantirdilar. Bu yillarga kelib san`at mavzusi kengaydi. Do`stlik, tinchlik,
mehnat go`zalligini kuylovchi asarlar yaratildi. Iste`dodli yosh rassom Bahrom
O`amdamiyning “Ish tugadi” deb nomlangan kartinasi shu davrda kishilar ongida
sodir bo`lgan o`zgarishlar o`z ifodasini topdi. Shu bilan birga Lutfulla
Abdullayevning “Yosh shoir uyidagi uchrashuv” deb nomlangan asar yoshlar
orasida san`at va ma`rifatga intiluvchi yoshlarning fazilatlarini ochib berishga
bag`ishlangan. Bu yosh rassomlar O`zbekiston san`atining taraqqiyotiga salmoqli
hissa qo`shdilar.
Ikkinchi jahon urushi yillari o`zbek rassomlari uchun katta sinov bo`ldi. Ular
g`oyaviy jihatdan chiniqdilar. Ular front g`alabasi uchun rag`batlantira oladigan
asarlar yaratishga harakat qildilar. Urush yillarida O`zbekistonga evakuatsiya
www.arxiv.uz
qilingan Moskva, Leningrad, Kiyev, Xarkov badiiy institutlari, ular bilan birga
kelgan yetuk san`atkorlar - D.Moor, V.Favorskiy va boshqalar respublika badiiy
hayotini jonlantirishga ko`maklashdilar. Urush tugagach, tinchlik yillari o`zbek
san`ati ham o`z rivojlanishida yangi bosqichga qadam qo`ydi. Inson go`zalligi,
tabiat ulug`vorligi rassomlarimiz polotnosida o`z ifodasini topa boshladi. Bu
urushdan keyingi yillarda yaratilgan A.Abdullayevning A.O`idoyatov portreti,
T.Oybek, L.Abdullayevning “Qahramonni kutib olish”, O`.Tansiqboyevning
“Qayroqqum GESida tong”, R.Ahmedovning “Onalik o`ylari”, R.Timurovning
“Samarqand”, Y.Yelizarovning “O`zbekiston san`atkorlar guruhi portreti”,
N.Karaxonning “Oltin kuz”, V.Fadeyevning “Soqchi ayol”, M.Saidovning
“Xirmonda”, Ch.Ahmarovning devoriy rasmlari va boshqalar o`zbek san`ati
tarixida o`zlarining munosib o`rnini egallaydi. Respublikamiz rassomlari bu
davrdan boshlab, barcha ko`rgazmalarda faol ishtirok etib, san`atimiz
ta`sirchanligini ortib borayotganini namoyish ettilar. Bizning rassomlar ko`plab
ko`rgazmalarda qatnashdilar. 60-70 yildan boshlab, o`zbek san`ati yangi
pog`onaga qadam qo`ydi. Bu davrda faqat keksa rassomlar ijodidagina emas, balki
yoshlar ijodida ham yangi ifoda vositalarini izlash, asarlarini talqin etishda uning
emotsional tomoniga e`tibor berish kuchayganligi yaqqol ko`zga tashlandi. Buni
B.Boboyev
va
R.Choriyevlarning
kartinalarida,
T.Muhammedovning
karikaturalarida,
F.Grishchenkoning,
X.Xusniddinho`jayevning
haykallarida
ko`rish mumkin. O`zbek san`ati zafarli yo`lni bosib o`tdi.
|