Mavzu: Yoshlar manaviyatini yuksaltirish va ularni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus




Download 181,65 Kb.
bet4/7
Sana25.05.2024
Hajmi181,65 Kb.
#253767
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi3

Bugungi kunda oilada ota ham ona ham o‘z yumushlari bilan band bo‘lib farzand tarbiyasiga yetarlicha vaqt ajratishmayapti. Bu esa farzan xaqqiga hiyonat sanaladi. Bunga misol qilib, yoshlarimizning telefon va onlayn o‘yinlarga bog‘lanib qolishayotganini aytishimiz mumkin. Farzandi bo‘sh vaqtida nima ish qilayapti, kimlarga do‘st tutunyapti, kimlarni o‘ziga idealidagi inson deb qarayotgani kattalarni qiziqtirmayapti. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek telefandan qanday foydalanish kerak, uning vazifasi nima, yoshlarimizning kampyuter savodxonligini oshirish va internet saytlaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish lozim.

Zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan shunday vaziyatda yosh avlodning dunyoqarashini o‘stirib bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishga odatlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki dono xalqimizda “Vaqting ketdi-naqding ketdi” degan naql bor. Yoshlarimizni bo‘sh vaqtlarini kitob mutola qilish, hunar o‘rganish, turli sport o‘yinlariga qiziqtirish uchun ularni kichikligidan shu narsalarga ko‘niktirib borish muhimdir. Undan tashqari yoshlarimizni ozodalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatishimiz lozim va lobuddir. Aks holda ular dangasa va tartibsiz bo‘lib ulg‘ayishadi. Shuning uchun har yili xalqimizda umumxalq hasharlari uyushtirilib bunga ko‘plab yoshlarimiz jalb qilinadi. Bu hasharlarda keksalarimiz o‘z boshchiligida kelajak avlodlarning mehnatga bo‘lgan layoqatini shakllanishida o‘z hissalarini qo‘shadilar. Ozodalik avvalo o‘z honasidan boshlanadi. Shuning uchun talaba yoshlarning qanday uylarda va qay holatda yashoyotgaliklarini kuzatib boriladi. Ozodalik bo‘lgan joyda hotirjamlik bo‘ladi.

Kayfiyat ham a’lo darajada turadi. Ozodalikka rioya qilish didimizda ham farz sanaladi. Ozodalik bo‘lgan joyda yangi-yangi g‘oyalar, fikrlar vujudga keladi. Yoshlarimiz oilasidan uzoqda yashab mustaqil hayotga o‘rganar ekan ularni bu yo‘lda kimlarni o‘ziga hamroh qilishi juda muhim omildir. Ularning do‘sti kim? Nima bilan shug‘ullanyapdi? Bo‘sh vaqtini nimalarga sarflaydi? Zararli illatlari yo‘qmi? Ozodalikka rioya qiladimi? Va shu kabi jihatlariga e’tibor qaratish lozim. Chunki ota-bobolarimizdan qolgan bir naql “Menga do‘stingni qandayligini ayt, men seni qandayliigingni aytib beraman” bizni farzandlarimizni kimlar bilan do‘st tutinayotgani haqida o‘ylashga majbur qiladi. Yoshlarimizning har bir o‘tkazayotgan vaqtlariga kattalar befarq bo‘lmasalar, ular o‘z to‘g‘ri yo‘llaridan adashmaydilar. Unutmaylik, qaysi jamiyatda yoshlar kattalarning e’tiborida bo‘lib, yoshligini ilmu-hunar o‘rganishga sarflasa bu jamiyat yuksaladi, aksincha, biron jamiyatda befarqlik va loqaydlik avj olsa o‘sha jamiyat tanazzulga yuz tutadi. Bu borada 20-asr boshlarida yurtimizdan yetishib chiqqan Jadidchilik harakati nomoyondalaridan biri Muhmudxo‘ja Behbudiy ”Dunnyoda turmoq uchun dunyoviy ilmlarni o‘rganmoq lozim” degan edi. Agar biz yoshlarning bo‘sh vaqtlarini foydali ilmlarni o‘rganishlariga yo‘naltira olsak o‘ylaymanki diyorimizdan yana Ibn Sinolar, Xorazmiylar, Beruniylar, Navoiylay ko‘plab yetishib chiqadi. Bu sohada hozirda o‘qiyman, hunar o‘rganaman degan har bir yoshga O‘zbekistonimizda yatarlicha shart-sharoitlar yaratib qo‘yilgan. Shu o‘rinda bir savol tug‘ilishi tabiiy albatta. Nima uchun shunday erkinlik va tinchlik xukm surgan jamiyatda yuksalish uchun nima qarshilik ko‘rsatyapti? Buning birgina javobi o‘tayotgan vaqtimizning qadriga yetmasligimizdir. Bir tasavvur qiling, millatimizdan yetishib chiqqan buyuk ajdodlarimizda hozir bizda bo‘lgan sharoitlar bo‘lganmi? Har birimizning ongimizga shu savolni eshitishimiz bilanoq beixtiyor yo‘q degan javob keladi. Chunki ular bizningdek yorug‘ va shinam uylarda emas tor va sovuq kulbalarda kechasi oy shulasida bo‘lsa ham o‘qib izlanishgan. Kunduzlari o‘z kasbukorlari bilan mashg‘ul bo‘lishgan. Xo‘sh, bizni nima to‘sib turibdi ilm olishdan. Yoshlarimiz yengil hayotga o‘rganib qolishgan. Bunga misol qilib kitob o‘qimasliklarini aytishimiz mumkin. Shunda o‘quvchida bir savol tug‘iladi. Kitobxonlikni yengil hayotga nima aloqasi bor? Kitobxonlik musobaqasi yaxshi jaroyonku degan fikrlar uyg‘onadi. Bu fikrlar to‘g‘ri albatta. Faqatgina bir tomoni borki meni doim o‘ylantiradi. Nega yoshlarimiz o‘zi istab kitob mutolaa qilishmaydi? Agar davlat mukofot bermasa kitob o‘qimasligimiz kerakmi? Prezidentimizning kitobxonlik musobaqalarini tashkillashtirishlaridan ham asosiy maqsadlari yoshlarimizni kitobga bo‘lgan muhabbatini uyg‘otishdir. Yoshlarimiz bo‘sh vaqtlarini kitib bilan oshnolikda o‘tkazsalar, ishonchimiz komilki albatta yurtimiz yanada rivoj topib yurtboshimiz nazarda tutgan maqsadimizga yetishamiz Inshaalloh. Bizning shunday Allohning nazari tushgan diyorimizda yana buyuk ulamolar yetishib chiqishi uchun biz yoshlar tinimsiz o‘qib izlanishimiz vaqtimizni behuda ishlarga sarflamay, o‘zimizga va yurtimizga foyda keltiruvchi amallarga sarflashimiz kerak. Bu yurtni bunday holga kelishiga kimlar jonini bermadi. Shunday ekan, biz bu go‘zal diyorimizni nomini dunyoga tarannum etishimiz lozim. Shu o‘rinda yan bir misol, dunyoni qaysi davlatida biznikidek 12 yillik majburiy va bepul ta’lim olish yo‘lga qo‘yilgan. Bu ham respublikamizda yosh avlodni ilm olishiga bo‘lgan e’tibor naqadar yuqori ekanini bilamiz. Bo‘sh vaqtlarimizni mazmunli o‘tkazish uchun yurtimizda barcha imkoniyatlar bor. Talaba yoshlar darsdan bo‘sh vaqtlarini o‘z yotoqxonalaridan chiqmay turib ham mazmunli o‘tkazishlari mumkin. Masalan, kitob o‘qishlari, shashka va shaxmat o‘qlni charxlovchi o‘yinlarni o‘ynashlari, onlayn til kurslarini tomosha qilishlari va shu kabi o‘zi qiziqqan boshqa foydali mashg‘ulotlar bilan band bo‘lishlari foydadan holi bo‘lmaydi. Prezidentimiz ham bu borada talaba yoshlarimizning bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishlari uchun ularni o‘qishdan keyingi paytlarda o‘z sohalri bo‘yicha ishlashga imkoniyat berdilar. Tashabbuskor tadbirkorlarni jalb qilgan holda, kompyuter oʻyinlari markazlarini tashkil etish, ularda bolalar va yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan test, viktorina, rivojlantirish strategiyalari va boshqa foydali dasturlar boʻlishi zarurligini o‘z yi’g‘ilishlarida alohida taʼkidlab o‘tdilar. Yoshlarda bolalik chogʻidan kitobga mehr uygʻotish, mustaqil fikr va keng dunyoqarashni shakllantirish ularning hayot yoʻllarida mustahkam zamin boʻladi.





Download 181,65 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 181,65 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Yoshlar manaviyatini yuksaltirish va ularni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus

Download 181,65 Kb.