|
Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda ilm-ma’rifatning o‘rni
|
bet | 6/7 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 181,65 Kb. | | #253767 |
Bog'liq kurs ishi3 3. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda ilm-ma’rifatning o‘rni.
Qadimgi svilizatsiyalarga sabab bo’lgan omillar juda ko’p bo’lmagan. Jumladan, Qadimgi Ellinizm! Vaqtida o’rnatilgan tinchlik, boshqaruvda demokratiyaning mutloq ustunligi, ilm-marifat kishilarning o’zoro sog’lom raqobati, Afina, Spartak kabi shahar-davlatlar hukumdorlari tomonidan qattiq-tartib intizom o’rnatilgani, axloq me’yorlarining tubanlashmaganliklari qadimgi ellinizm gurkurashi uchun zamin yaratdi.
Bir davrda tasavvurimizga sig’dirish murakkab bo’lgan jaroyonlar kechdi, jumladan, tarixda birinchi marta Suqrot tomonidan insonni falsafiy anglash masalasi qoʻyildi. Platon ilm-m’arifatni tugallangan dunyoqarash — siyosiy va mantiqiylik sistema sifatida yaratdi; Aristotel esa ilm-fanni, haqiqiy mavjudlikni tanqidiy - nazariy oʻrganuvchi yo’nalish sifatida qaradi. Bu 3 mashhur yunon mutafakkirining har biri oʻsha vaqtdan buyon oʻzicha alohida va turli shakllarda 2 ming yildan buyon jahon ilm-fanini va falsafasi rivojlanishiga taʼsir koʻrsatib keladi.
Ellinizm davrida gʻarb va sharq ilm-ma’rifati, dini hamda falsafasini oʻzida birlashtirgan gnostika rivojlandi. Bobil gnostikasidan moniylik va uning yorugʻlik hamda zulmat olami haqidagi taʼlimoti paydo boʻldi. Milodning birinchi yuz yilligi falsafasi uchun Filonning Bibliyani[1] majoziy, platonchasiga talqini jiddiy taʼsir koʻrsatdi. U Aleksandriya maktabiga asos soldi, uning anʼanalarini aleksandriyalik Kliment va Origen davom ettirdi, bu esa gʻarb falsafasiga koʻproq taʼsir koʻrsatgan xristian falsafasining boshlangʻich holati edi. Yunon falsafasining turli xil koʻrinishlari islom falsafasida mavjud, uning taʼsirini hind falsafasida ham payqash mumkin.
Xullas, Elinizm davri tamadduniga, yuqoridagi kabi muhim jaroyonlarga bilish (ma’rifat[2]), sog’lom raqobat, madaniyatlar almashinuvi kabilarni ustuvor sabablar sifatida e’tibor qaratish mumkin.
Markaziy Osiyo IX-XII asr Uyg’onish davrining paydo bo’lish sabablari sifatida yuksak axloqiy qarashlar, mavjud qadriyatlar bilan birgalikda arablar va ular bilan kirib kelgan ulkan ilm-ma’rifat manbalari, tendensiyalarni ko’rsatish mumkinki, bu jarayonlarni hozirgi avlod g’urur va iftixor bilan uzoq tariximizning yuksak cho’qqisi deb qaramoqda.
Sabablari ham o’ziga xos: Islomni qabul qilgan aholining arab tili bilan muloqoti, ibodat vaqtlarida Qur’on suralarini tilovat qilishdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, mahalliy zodagonlar arab tilini xalifalik ma’murlari bilan yaqinlashish, ularning tilini, ular bilan birga kirib kelgan islom dini arkonlari, falsafasi, fiqh ilmi va arab tilidagi tarjimasi mavjud bo’lgan antik davr adabiyotlarini o’qish-o’rganish, o’rgatish orqali mamlakatda o‘z siyosiy mavqelarini tiklab uni mustahkamlashning garovi deb hisoblaydilar. Arab tiliga bo‘lgan bunday ehtiyoj va intilish tufayli ko‘p vaqt o‘tmay Movaraunnahrda xatto o‘z ona tilidan ko‘ra arab tili va yozuvi o‘zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bo‘ldi. Chegaralari borgan sari kengayib, ulkanlashib borayotgan xalifalik uchun ilm ahli suv va havodek zarur bo‘lib qoldi. Davlatni boshqarishda xalifalik ma’muriyati bilimdon siymolarga muhtoj edi. Chunki arablar orasida bu paytda davlat ishiga yaroqli bo‘lgan bilimdonlar ham oz bo‘lib, borlari ham zaif edi[3].
Bu hol o‘z navbatida arab tili va yozuvini Movarounnahrda keng yoyilishiga imkoniyat yaratib berdi. Ammo VIII asr oxiri IX asr boshlarida bo‘ysundirilgan xalqlarni mutloq itoatda saqlab turish nafaqat xalifalik markazi ma’murlariga, balki o‘lkalarga tayinlangan noib uchun ham tobora qiyinlasha boshladi.
Bu borada diqqatga sazovor tomoni shundaki, o’sha davrda hukumronlik qilgan sulolalardan biri tohiriylar nafaqat siyosiy mustaqillikka intildilar, balki xo‘jalikning ko‘pgina tarmoqlarini o‘zlari xohlaganday tartibga solishga harakat qildilar. Ular qishloq xo‘jaligini rivojlantirish maqsadida suv ta’minotini yaxshilashga katta e’tibor qarata boshladilar. Katta-katta ariqlar, kanallar qazdirdilar. Suv ta’minoti haqida fiqhshunos olimlar risolalar yozib, bu ishni aniq tartib-qoidaga binoan olib borish lozimligini isbotlab berdilar. Bu ishlar uchun Yer ilmi (Gemotriya), Astronomiya, Fizika kabi fanlarga ehtiyoj yuqoriligi, ushbu soha bilimdonlarining yetakchi mavqeini ta’minlaydi.
O’sha davr ilm-ma’rifat taraqqiyotining asl sabablarini aniqlash bugungi kun uchun nihoyatda muhim. O’sha davr taraqqiyoti nomoyondalarining ilm-ma’rifatni yuqori darajada ulug’laganliklari ular uchun nafaqat hayotiy zaruriyat, balki insonni hayotini yaxshilash uchun eng asosiy haqiqat deb anglaganliklarining ortidan deb, idrok qilish mumkin. Masalan: Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida keltirilgan shunday jumla bor: - “Bilki, olamda javhar va javhar bo’lmagan hamda javhar, uni yaratuvchi marhamatli ijodkordan boshqa hech narsa yo’qdir[4]”. Tushunish mumkinki, Farobiy ijodsiz hech narsaga erishib bo’lmasligini ta’kidlash bilan birgalikda, Ilm olish hamda dunyoni yuksak his qilishda, sezgi organlarining roli, tana va ruhni sof holatda saqlanishi(tushunishimcha, toza tan, ruhning pokligi orqali ijodkorlik yuz beradi) ilm-ma’rifatga erishish mumkin.
Farobiy: - “Insonning yaratuvchanlik qobilyatiga yuksak baho beradi. U inson biologik mavjudot emas, balki aql zakovat sohibi ekanligini, o’z mehnati bilan ijtimoiy mohiyati kasb etishi”ni uqtiradi.
Shuningdek, Farobiy: - “Insonning yaratuvchanlik qobilyatiga yuksak baho beradi. U inson biologik mavjudot emas, balki aql zakovat sohibi ekanligini, o’z mehnati bilan ijtimoiy mohiyati kasb etishi”ni uqtiradi.
Imom al-Buxoriy ilm haqida chuqurroq fikir bildirib: - “Ilmdan boshqa najot yo’q”, - deb, e’tirof etadi. Demak, Buxoriy ilm-ma’rifat har qanday sharoitda: xoh tanazulda, xoh taraqqiyotda ilm-ma’rifat barbod bo’lishdan saqlab qolish, rivojlantirish, cho’qqiga olib chiqish vazifasini o’tashini, bu bilan Buxoriy, ixtilof, urushlar, qattiq harbiylashgan tuzum bilan ma’lum natijalarga erishish mumkinligini, lekin bular uchun ham ilm, uningsiz yuksak natijaga, natijalarga erishish mumkin emasligini, ilmsiz taraqqiyotga najot yo’qligini takidlaydi.
Abu Rayhon Beruniy: - “Agar inson ilm nuri bilan o‘z yo‘lini yoritmasa, zulmat va nodonlik ko‘chasida qoladi. Kishi qalbining nuri ilm va ma’rifat bilan baquvvat bo‘ladi. Insoniyatning qadri ilm bilan hosil bo‘ladi. Ilmdan hali hech kim zarar ko‘rgan emas. Ilmni egallab olish esa bir san’atdir”, - deb, ilm olishni san’atga qiyoslaydi.
Beruniy fikrini quyidagicha asoslash mumkin: San’at bu ilohiy qobiliyat talab qiladi, ilohiy qobiliyat mashaqqatlar, zaxmatlar chekish ortidan namoyon bo’ladi. Ilm yo’li ham shunga o’xshash, ta’kidlaganlaridek – “Ilm olish – igna bilan quduq qazish bilan barobardir!”- Har qanday yoshdagi ilm-ma’rifat yo’lini tutgan, ma’lum natijalarga erishgan shaxslar tasavvurotlariga sig’dira oladilarki, ilm olish zaxmati qanchalik murakkab, qanchalik yo’qotishlar bilan erishilishi mumkin, yalqovlik, o’ziga qattiq bino qo’ygan, g’ururi osmon insonlar bu borada aytarli muvaffaqiyat bo’lmasligini ta’kidlaydi.
Abu Rayhon Beruniy: - “Ma’rifatli insonning asosini ilmli bo’lishda deb hisoblaydi va barcha illatlarning asosiy sababi ilmsizlikdir”, deya urg’u beradi . Allomaning fikricha, axloqiylik, to’g’rilik, odillik, tadbirkorlik, o’zini vazmin tutish, kamtarlik, insof, ehtiyotkorlik, shuningdek, adolatli va vijdonli bo’lishi ma’rifatli, ilmli inson qiyofasida aks etishi zarur bo’lgan eng asosiy sifatlardir.
Shuningdek, ilm o’rganish mashaqqatli yumush bo’lib, uni o’rganishda ayrim qiyinchiliklarni yengib o’tishga to’g’ri kelishi, bu yo’lda chidamli , qanoatli, bardoshli bo’lish orqaligina mukamma bilimga ega bo’lish mumkinligini uqtiradi .
Abulqosim Zamaxshariy esa ilm olish haqida keskin fikr bildiradi: - “Ilm-u ma’rifatli odam takkaburlik qiluvchi, doimo nodon kimsalarni burnini to’zon – to’proqqa to’ldirur”.
Demakki, Zamaxshariy isbotlangan yoki isbotlangan narsalarni haqiqat deguvchi, o’z fikrini har qanday yo’l bilan bo’lsa-da himoya qiluvchi, aqli raso odamlar orasida doimo izza bo’luvchi nodon kishilar uchun o’zlarining tilida(qo’pol qilib) tushunarli qilib dalillaganki, ilm-ma’rifat kishilari doim g’olib va mardonavor ekanligi va bu tufayli nodon, tuban va ilmsiz mag’rur kimsalar o’z-o’zidan bo’g’iladi, bo’g’zi tuproqqa to’ladi.
Buyuk siymolarimizdan biri Mir Alisher Navoiy ilm ma’rifatni qimmatli fikrlari ila dalilab beradi: - ”U aql, ilm insonning eng go’zal va zaruriy fazilatlaridan biri, har bir kishining eng muhim burchi ilm olish dir”. - deb hisobladi. Navoiyning fikricha, ilm-fanni egallash uchun yoshlikdan boshlab astoydil o’qish - o’rganish kerak. Va bunga bobomizning mashxur satirlarini dalillab keltirishimiz mumkun: - ”Yoshligingda yig’gil bilimni , qarigach sarf qilg’il ani“.
Navoiy o’zining “Hayrat ul- abror” asarida ilm- fanga, ilm ahliga yuksak baho beradi, kishilarning bilim olishiga, olimlarni hurmat izzat qilishga chaqiradi. Shu bilan birgalikda, shoir o’sha davrda mehnatkash va musofir talabalarning ilm olish yo’lida chekkan mashaqqatlaridan, ilm - fan egalarining muhtojlikda yashaganlaridan afsus nadomatlar chekadi.
Navoiy ilmdan amalda foydalanish zarurligini ta’kidlaydi:
Ilm, Navoiy, senga maqsud bil ,
Endiki ilm o’ldi amal aylagil
Navoiy Komillikning bosh mezoni insoniylik hisoblanadi. Insonning eng noyob fazilatlaridan biri uning komillikka intilishi, mehnat, aql, idrok, odob-axloq, odamlarga yaxshilik qilish insonning oddiy fazilati ekanligi haqida urg’u beradi.
Yusuf Xos Hojib ham-“ insonga aql berib qo’yilgan, shuning uchun ham yer yuzida har qanday mushkullikni oson yenga oladi”,degan fikirni bildiradi.
Navoiy: - “Dunyoda insonga qaraganda ulug’roq kamolot yo’q, Menga ne yor-u, ne oshiq havasdir, Agar men odam o’lsam ushbu basdir”, - deydi.
Demakki, ellinizim qadriyatlaridan farqli ravishda, o’rta sharq svilizatsiyasida islomiy sufizm, komil inson, ilm-ma’rifat borasida tahliliy to’g’ridan-to’g’ri mushohadalar borki, biz uchun, davlatimiz rahbari prezident shavkat mirziyoyev tomonidan 2020-yil o'zbekistonda "ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da ushbu mushohadalar, ilm-olishda motiv vazifani o’taydi, degan umid bildirish mumkin.
Biz bilamizki komillikning asosi – ilm! Komil inson tarbiyasi hamma davrlarda muhim ijtimoiy vazifa hisoblanib, yaxshi tarbiya ko’rgan insonga jamiyat boyligi, deb qaralgan. Inson ziynati u egallagan bilimlari bilan o’lchangan. Islom dini ta’limotida bilimli insonlar yetuk komil inson hisoblangan. Mutaffakirlarimiz qarashlarida komil inson bo’lishi uchun ko’pgina xususiyatlarini egallash lozimligi o’z aksini topganini ko’rishimiz mumkun .
Husan Voiz Koshifiyga ko’ra: - “Insonning ta’lim tarbiya orqali: qayta - qayta tarbiyalash, aqliy qobiliyatini o’stirish mumkin” - u o’zining pedagogik qarashlarida bolalarda mustaqil fikirlash qobilyatini o’stirish masalasiga alohida e’tibor beradi.
Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ma’naviyatni yuksaltirishda sharq alllomalarining tutgan bebaho o’rnini juda qadrlagan, allomalarning yozgan asarlarni oltindan qimmatligini va ularni amalga oshirgan kashfiyotlari zamonaviy ilm-fan va taraqqiyot uchun naqadar dolzarb va zarur ekanligini ochib berishining ahamiyati shunchalik muhim deb hisoblaydi. Va shu o’rinda shuni takidlab o’tish ham kerakki, yuqorida ko’rilgan kashfiyotlar, yozilgan asarlar hamma hammasi bu bizning yoki bo’lmasa jahon ravnaqi osudaligi yo’lida qilinga ishlar sirasiga kiradi. Birinchi yurt boshimiz shunday jabhalarni nazarda tutib aytgan ta’lim , madaniyat va ilm-fan bularning hammasi bizda bo’layotgan tibbiyot, san’at va arxitektura sohalarida beqiyos yuksalishlar, va boshqa jabhalarning ko’zda tutilishi bu abvalom bir nisbiy barqarorlikning ta’minlanishi bilan bevosita bog’liq bo’lgan deb hisoblaydi.
Bir so’z bilan aytganda ilm-fan , madaniyat , marifat bularning hammasi bugun va erta uchun qilinayotgan zamin desak yanglishmaymiz , negaki , Amir Temur takidlaganidek “ Hech qachon marifatli, ilmli insondan buzg’unchi , yurtni vayron qiluvchi kimsalar yetishib chiqmaydi “ degan edi.
Bu borada muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham o’zining fikrlarini bildiradi va bugungi kunda xalqning va biz yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirishda ilgari surilgan tashabbuslar, qilinayotgan islohotlar hammasi siz yoshlar va kelajagimiz uchun deya takidlaydi va buning uchun bizdan faqat oldinga harakat qilishimizni, yurt uchun, kelajak uchun intilishni maqsad qilishimizni uqtiradilar. Negaki xalqi, yoshlari ilmli, ziyoli yurt hech qachon rivojlanishdan, o’sishdan to’xtamaydi va boshqa yomon illatlarning yurtga raxna solishiga yo’l qo’ymaydi deb takidlaydilar.
Va shu bilan birgalikda, o’zining murojaatnomasida ham biz yoshlarga qarata o’z fikrlari va talablarini bildirib o’tdilar. Xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va mashaqqatli yo’l turibdi. Barchasi jipslashib tinimsiz o’qib-o’rgansak, ishimiz, ishimizni mukammal va unumli bajarsak, zamonaviy bilimlarni egallab, o’zimizni ayamasdan oldinga intilsak, albatta hayotimiz va jamiyatimiz o’zgaradi.
XULOSA
Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yigitqizlar tashkil etadi. Ularning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik maʼnaviy barkamol boʻlsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli boʻladi. Maʼlumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan. Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. Toʻrtinchi tashabbus yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishga yoʻnaltirilgan. Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash masalalarini nazarda tutadi. Ana shu ezgu gʻoya Prezidentimizning Sirdaryo viloyatiga tashrifi chogʻida boshlanib, qisqa vaqtda ulkan ishlar amalga oshirildi. Sirdaryo viloyatidagi tuman va shaharlar kutubxonalariga 300 ming nusxada badiiy adabiyotlar yetkazib berildi. Musiqa va sanʼat maktablari cholgʻu asboblari, sport obyektlari jihozlar bilan taʼminlandi. Bu ishlar Namangan viloyatida ham davom ettirilib, “Maʼrifat karvoni” tashkil etildi. Yoshlar uchun 25 ming dona kitob, 80 turdagi sport jihozlari va musiqa asboblari yetkazib berildi. Bir soʻz bilan aytganda, ushbu 5 ta tashabbus xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Yigʻilishda mazkur tajribani mamlakatimizning barcha hududida keng joriy qilish masalalari muhokama etildi. Bugungi kunda mamlakatimizdagi 800 dan ortiq madaniyat markazlari, 312 ta musiqa va sanʼat maktablariga atigi 130 ming nafar oʻgʻil-qiz qamrab olingani, ushbu muassasalarning aksariyati oʻquv qoʻllanmalari, notalar toʻplami, musiqa asboblari, mebel va jihozlar bilan yetarli darajada taʼminlanmagani koʻrsatib oʻtildi. Davlatimiz rahbari joylardagi madaniyat markazlari, musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnika bazasi va ulardan foydalanish holatini oʻrganib, ularning faoliyatini yaxshilash boʻyicha topshiriqlar berdi. Madaniyat vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligiga hokimliklar bilan birgalikda tuman (shahar) madaniyat markazlari va umumtaʼlim maktablarida yoshlarning qiziqishlaridan kelib chiqib, qoʻshimcha 1,5 mingta toʻgarak tashkil qilish vazifasi qoʻyildi. Tashabbuskor isteʼdodli yoshlar va mahalliy homiylarni jalb etgan holda, madaniyat markazlarida badiiy-havaskorlik jamoalari, yoshlar teatr-studiyalari va “Yoshlar klublari” tashkil qilish zarurligi taʼkidlandi. Atoqli sanʼatkor va isteʼdodli ijodkorlarni tumanlardagi madaniy ishlarga koʻmakchi sifatida biriktirish yaxshi natija berayotganini inobatga olinib, bu tajribani butun respublikaga yoyish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Unga muvofiq, taniqli artistlar tuman va shaharlarga ijodiy maslahatchi sifatida biriktirilib, oʻsha joylarda madaniyat va sanʼatni rivojlantirishga masʼul boʻladi, tuman va shaharlar hokimlari esa ushbu ishlarga moddiy va tashkiliy jihatdan yordam beradi. Musiqa va sanʼat sohasida oliy maʼlumotli kadrlarni koʻpaytirish masalasiga ham eʼtibor qaratildi. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim hamda Xalq taʼlimi vazirliklariga muayyan mavzular boʻyicha tarix darslarining muzeylar, tarixiy obidalar, qadamjo va teatrlarda sayyor oʻtkazilishini tashkil qilish topshirildi. Ikkinchi tashabbusga doir masalalar muhokama qilinar ekan, mamlakatimizda 12 mingdan ziyod sport inshootlari borligi, lekin yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga qamrab olish darajasi yetarli emasligi qayd etildi. Umumtaʼlim maktablarining sport anjomlari bilan jihozlanish koʻrsatkichi respublika boʻyicha 56 foizni, jumladan, Surxondaryo viloyatida 12 foizni, Xorazmda 14 foizni, Qoraqalpogʻistonda 15 foizni tashkil etadi, xolos. Yigʻilishda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish borasidagi chora-tadbirlar belgilab berildi. Tuman va shaharlar hokimlarining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlariga mutaxassislar bilan birgalikda yoshlarning sport turlariga qiziqishi hamda sport inshootlarining jihozlanish darajasini oʻrganib, shu asosda takliflar berish, Vazirlar Mahkamasiga ularni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlar manbasini aniqlash vazifasi qoʻyildi. Olis va chekka qishloqlarda yengil konstruksiyali sendvich-panellardan kichik sport zallari va sunʼiy qoplamali maydonlar qurish, tashabbuskor tadbirkorlarga sport inshootlari tashkil etish uchun yer ajratish zarurligi taʼkidlandi. Bunday tadbirkorlarga “Oʻzmilliybank” tomonidan “Yoshlar — kelajagimiz” dasturi doirasida imtiyozli kreditlar ajratiladi. Joylardagi sport maktablariga xalqaro musobaqalarda gʻolib boʻlgan taniqli sportchilarni rahbar etib tayinlash, shuningdek, sportchilarni oliy oʻquv yurtlarining maxsus sirtqi boʻlimlarida maqsadli oʻqitish yaxshi natija berishi qayd etildi. Bolalar-oʻsmirlar sport maktablari sonini koʻpaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi. Videoselektorda yoshlarni internetdagi zararli xurujlardan asrash, ularni axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishga oʻrgatish masalalariga ham alohida ahamiyat qaratildi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga ilgʻor xalqaro tajribalar asosida barcha shahar va tumanlar markazlarida Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlarini tashkil etish boʻyicha topshiriq berildi. Bu markazlarda elektron tijorat va dasturlash bepul oʻrgatiladi, axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlik bilan shugʻullanish boʻyicha innovatsion koʻnikmalar beriladi, “startap” loyihalarga yordam koʻrsatiladi. Bugungi kunda barcha maktablarda kompyuter texnikalari boʻlishiga qaramasdan, internet xizmatidan yetarli darajada foydalanilmayotgani tanqid qilindi. Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga 2021 yilgacha barcha maktablardagi kompyuter sinflarini zamonaviy texnologiyalar va yuqori tezlikdagi internet tarmogʻi bilan taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi. Tashabbuskor tadbirkorlarni jalb qilgan holda, kompyuter oʻyinlari markazlarini tashkil etish, ularda yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan test, viktorina, rivojlantirish strategiyalari va boshqa foydali dasturlar boʻlishi zarurligi taʼkidlandi. Yoshlarda bolalik chogʻidan kitobga mehr uygʻotish, mustaqil fikr va keng dunyoqarashni shakllantirish ularning hayot yoʻllarida mustahkam zamin boʻladi. Lekin koʻplab qishloq va mahallalarda buning uchun zarur sharoit mavjud emas. Ilgarigi kutubxonalar oʻrnida tashkil etilgan “Axborot-resurs markazlari” oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni bajara olmadi. Shu holatlarni hisobga olib, yangi tashabbus doirasida yoshlar sonidan kelib chiqqan holda joylarga qoʻshimcha kitoblar yetkazib berish rejalashtirilgan. Davlatimiz rahbari mutasaddi vazirlik va uyushmalarga “Kitob karvoni” loyihasi doirasida badiiy, maʼrifiy, ijtimoiy mavzularda kitoblar chop etish hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarga 1 million nusxadan kam boʻlmagan miqdorda yetkazib berish boʻyicha topshiriq berdi. Yigʻilishda mahalliy hokimliklar har bir shahar va tuman markazida bittadan namunali kitob doʻkoni tashkil etishi kerakligi taʼkidlandi. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga barcha shahar va tumanlarda koʻchma kitob pavilyonlarini joylashtirish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarda “Bibliobus”larni yoʻlga qoʻyish orqali qishloq va ovullar aholisiga kutubxona xizmati koʻrsatish vazifasi qoʻyildi. Yigʻilishda xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash masalalari ham muhokama qilindi. Shu maqsadda 2019-2020 yillarda barcha tumanlarda sendvich-panellardan 195 ta tikuv-trikotaj korxonalarini qurish belgilangan. Ularni qurish uchun aholi zich yashaydigan, mehnat resurslari koʻp joylar tanlab olingan. Bu korxonalarni tashkil etish natijasida xotin-qizlar uchun 24 mingdan ortiq doimiy ish oʻrni yaratish koʻzda tutilgan.
|
| |