|
Mavzu: Yoshlar manaviyatini yuksaltirish va ularni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus
|
bet | 1/7 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 181,65 Kb. | | #253767 |
Bog'liq kurs ishi3
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
KURS ISHI
Mavzu: Yoshlar manaviyatini yuksaltirish va ularni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus.
“Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishi
209-guruh
Bajardi: Askarova Chulponoy
Tekshirdi:
TOSHKENT-2024
REJA: KIRISH
ASOSIY QISM
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish.
Besh tashabbus va uning yuksak ma’naviy madaniyatni ta’minlashdagi o‘rni.
Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda ilm-ma’rifatning o‘rni.
XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Bugungi kunda ta’lim – tarbiya jarayonida shunday islohatlar amalga oshirilmoqdaki uni ko‘z bilan ko‘rib qalb bilan his etish kerak. O‘sib, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodga keng imkoniyatlar eshigi ochilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad shundan iboratki, bugungi kunning yoshlari ertangi kun davlatimizni ravnaqiga xizmat qiladigan uning buyukligini yanada yuqoriga ko‘taradigan, ota-bobolarimiz tomonidan bizlarga qoldirgan ulkan boy ma’naviy merosini boyitib, sayqal berib, takomillashtirib kelgusi avlodlarga yetkazib beradigan shaxs qilib tarbiyalash kerak.
Bugungi kunda davlatimiz tomonidan yaratilayotgan shart-sharoitlar, o‘sib ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk, shaxs qilib voyaga yetkazishda eng muhim omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham biz milliy – ma’naviy qadriyatlarnimizni odobnoma darslari orqali o‘quvchilar ongiga singdirishimiz o‘ziga xos muhim ahamiyat kasb etadi degan fikrlarni olg‘a surib, undan keng foydalanishimiz lozimligini ta’kidlaymiz.
Mamlakatimizda axborot kommunikatsiya texnologiyalari jadallik bilan rivojlanayotgan globallashuv, dunyo bozorida raqobat tobora kuchayib borayotgan bir davrda, demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga erishishda eng muhim qadriyat va hal qiluvchi kuch bo‘lgan bilimli va intelektual rivojlangan avlodni tarbiyalash muhim omiliardan biri bo‘lib bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentyabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori, 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish, kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-sonli [1,4,7] Farmonlarida belgilangan qator vazifalar o‘quvchilarning anashu islohotlarning muvaffaqiyati, mamlakatimizning dunyodagi rivojlangan, zamonaviy davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallashi, avvalo, ilm-fan va ta’lim-tarbiya sohasining rivoji bilan, bu borada bizning dunyo miqyosida raqobatbardosh bo‘la olishimiz bilan uzviy bog‘liq” (O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev). [2,3,6,]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun, 19 mart kuni yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 dan 30 yoshgacha boʻlgan yigit-qizlar tashkil etadi. Ularning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik maʼnaviy barkamol boʻlsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli boʻladi.
Maʼlumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.
Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan.
Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
Toʻrtinchi tashabbus yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishga yoʻnaltirilgan.
Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash masalalarini nazarda tutadi.
Ana shu ezgu gʻoya Prezidentimizning Sirdaryo viloyatiga tashrifi chogʻida boshlanib, qisqa vaqtda ulkan ishlar amalga oshirildi. Mazkur hududdagi tuman va shaharlar kutubxonalariga 300 ming nusxada badiiy adabiyotlar yetkazib berildi. Musiqa va sanʼat maktablari cholgʻu asboblari, sport obyektlari jihozlar bilan taʼminlandi.
Bu ishlar Namangan viloyatida ham davom ettirilib, “Maʼrifat karvoni” tashkil etildi. Yoshlar uchun 25 ming dona kitob, 80 turdagi sport jihozlari va musiqa asboblari yetkazib berildi.
Bir soʻz bilan aytganda, ushbu 5 tashabbus xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
Yigʻilishda bu tajribani Oʻzbekistonning barcha hududlarida keng joriy qilish masalalari muhokama qilindi.
Bugungi kunda mamlakatimizdagi 800 dan ortiq madaniyat markazlari, 312 ta musiqa va sanʼat maktablariga atigi 130 ming nafar oʻgʻil-qiz qamrab olingani, mazkur muassasalarning aksariyati oʻquv qoʻllanmalari, notalar toʻplami, musiqa asboblari, mebel va jihozlar bilan yetarli darajada taʼminlanmagani koʻrsatib oʻtildi.
Davlatimiz rahbari joylardagi madaniyat markazlari, musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnik bazasi va ulardan foydalanish holatini oʻrganib, ularning faoliyatini yaxshilash boʻyicha topshiriqlar berdi.
Madaniyat vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligiga hokimliklar bilan birgalikda tuman (shahar) madaniyat markazlari va umumtaʼlim maktablarida yoshlarning qiziqishlaridan kelib chiqib, qoʻshimcha 1,5 mingta toʻgarak tashkil etish vazifasi qoʻyildi. Tashabbuskor isteʼdodli yoshlar va mahalliy homiylarni jalb etgan holda, madaniyat markazlarida badiiy-havaskorlik jamoalari, yoshlar teatr-studiyalari va “Yoshlar klublari” tashkil qilish zarurligi taʼkidlandi.
Atoqli sanʼatkor va isteʼdodli ijodkorlarni tumanlardagi madaniy ishlarga koʻmakchi sifatida biriktirish yaxshi natija berayotganini inobatga olib, bu tajribani butun mamlakatga yoyish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Unga muvofiq, taniqli artistlar tuman va shaharlarga ijodiy maslahatchi sifatida biriktirilib, oʻsha joylarda madaniyat va sanʼatni rivojlantirishga masʼul boʻladi, tuman va shaharlar hokimlari esa ushbu ishlarga moddiy va tashkiliy jihatdan yordam beradi.
Musiqa va sanʼat sohasida oliy maʼlumotli kadrlarni koʻpaytirish masalasiga ham eʼtibor qaratildi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim hamda Xalq taʼlimi vazirliklariga muayyan mavzular boʻyicha tarix darslarini muzeylar, tarixiy obidalar, qadamjo va teatrlarda sayyor oʻtkazilishini tashkil qilish topshirildi.
Mavzuning o‘rganganlik darajasi: Yoshlar manaviyatini yuksaltirish va ularni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusi O.Abduquddusov, N. Amatov, Yu.K.Vasiliev, K.D.Davlatov, L.T.Mag‘zumov, U.N.Nishonaliev, A.R.Xujaboev, N.Sh.Shodiev, E.T.Choriev va boshka olimlarning Tarbiyaga kоmplеks yondashish bilan aqliy mеhnat, ahlоqiy, nafоsat va jismоniy tarbiyalar o’rtasidagi uzviylik mustahkamlandi, o’quvchilar hayot haqida kеngrоq tasavvurga ega bo’la bоshladilar. Kоmplеks princhipi tarbiyaning, o’quvchilar faоliyatining mazmunli bo’lishini, ta’lim vazifalarini ham kоmplеks ravishta amalga оshirishni ta’minladi. Bu tamоyil maktab, оila, jamоatchilik o’rtasidagi alоqani mustahkamlash, bu alоqaning pеdagоgik sifat kasb etishida, yoshlarning anglash, mustaqil fikrlash faоliyati va aхlоq-оdоbli bo’lib o’sishida ijоbiy ahamiyatga ega bo’ldi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Yoshlar manaviyatini yuksaltirish va ularni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus
|