Mavzu: Yoshlar manaviyatini yuksaltirish va ularni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus




Download 181,65 Kb.
bet3/7
Sana25.05.2024
Hajmi181,65 Kb.
#253767
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi3

Dinimizda ham ilm o‘rganish farz ekanligi ko‘p hadis va oyatlarda keltirilgan. Xalqimizda shunday naql bor yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabidir. Misol uchun bir niholni yerga ekib unga vaqtida parvarish berib begana o‘tlardan tozalanmasa u nihol nozik va qiyshiq bo‘lib rivojlanadi va kutilgan natijani bermaydi. Huddi shunday yoshlarni ham bo‘sh vaqtini qanday ishlarga sarflayotganini o‘rganib ularni to‘g‘ri yo‘lga solmasak kelajagimizni buyuk qila olmaymiz. Bu yo‘lda millatimmizning yorqin namoyondalrini o‘zimizga o‘rnak bilib harakat qimo‘g‘imiz darkor. Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga doir belgilab bergan besh tashabbuslari ham mamlakatimiz rivojiga kata ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yil 19 mart kuni yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu yig‘ilishda ularning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi uchun zamonaviy sharoit va imkoniyatlar yaratilishi ta’kidlandi. Shu bilan birga, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish dolzarb masala ekanligi prezidentimiz tomonlaridan mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga vazifa qilib yuklandi. Yoshlar qanchalik maʼnaviy barkamol boʻlsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shuncha kuchli boʻladi. Maʼlumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Besh tashabbus o‘z ichiga sport, musiqa, kitobxonlik, xotin-qizlarga keng imkoniyatlar yaratish kabilarni o‘z ichiga oladi. Bu ishlar Namangan viloyatida ham davom ettirilib, "Maʼrifat karvoni" tashkil etildi. Yoshlar uchun 25 ming dona kitob, 80 turdagi sport jihozlari va musiqa asboblari yetkazib berildi. Ota-onalar o‘z farzandlarini oilasidan uzoq vaqtida qanday ishlar bilan bantligini o‘rganib borishlari shart. Chunki yosh avlodni o‘z holicha qarovsiz tashlab bo‘lmaydi. Bundan tashqari oila boshliqlari o‘z farzandlarini qiziqishlarini to‘g‘ri baholab o‘z yo‘llarini tanlashlarida ko‘maklashishlari kerak.


Download 181,65 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 181,65 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Yoshlar manaviyatini yuksaltirish va ularni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus

Download 181,65 Kb.