|
O‘qituvchi:- Hozir darsimiz nima?
Bolalar
|
bet | 3/5 | Sana | 04.07.2021 | Hajmi | 481,94 Kb. | | #15389 |
O‘qituvchi:- Hozir darsimiz nima?
Bolalar: Darsimiz o'qish erur, ilm —la odob berur.
Davomatni aniqlash: Kim sinfda navbatchi, Har narsadan xabarchi?
Navbatchi:-Sinfda men navbatchi Tayyor barcha o`quvchi.
(Sana, hafta kuni, faslni aniqlash ingliz tilida).
Dars shiori:
«O‘rgan-o‘rgat» shiori —
Boshlang‘ich poydevori.
«Sog‘lom tanda — sog‘ aql»
Biz doim bunga kafil!
O‘qituvchi:-Bugungi darsimizni boshlashdan avval sizning e’tiboringizga ushbu qo’shiqni havola qilmoqchiman. Vatan e’tirofo qo’shig’i(Barcha yulduzlar)
Kichik guruhlarga birlashish.
Guruh 3 guruhga «G'alaba», «Xotira», «Jasorat» birlashtirildi.
O’qituvchi: 1—shart boyicha o`z guruhingiz nomini izohlang.
«G`alaba» zafar qozonish ma'nosini anglatadi. Urush vaqtida fashizm ustidan qozonilgan g`alaba eng buyuk baxt hisoblangan.
«Xotira» —eslash, yodga olish ma'nolarini bildiradi. Prezidentimiz 9—mayni xotira va qadrlash kuni deb e'lon qilish orqali o'tganlarni xotirlash, ulug` yoshdagi insonlarni qadrlashga undaydi.
«Jasorat»— insonni biror ish yuzasidan ko`rsatgan mardligi. Qo'rqmay botirlik bilan qilgan harakatidir. Urush davrida ham, bugungi kunda ham, askarlarimiz jasorat ko'rsatmoqdalar.
|
| |