Mavzu: zaharlanishlarda birinchi yordam




Download 4,19 Mb.
bet3/3
Sana21.05.2024
Hajmi4,19 Mb.
#249417
1   2   3
Bog'liq
Zaharlanishlarda birinchi yordam

Maishiy gazdan zaharlanishni davolash. Bemorga gazdan zaharlanish boʻyicha birinchi tibbiy yordam koʻrsatilib, uni saqlab qolishga muvaffaq boʻlgach, shifoxona sharoitida professional tibbiy yordam koʻrsatiladi. Davolash bemorga bir necha soat davomida kislorodni intensiv etkazib berishdan iborat. Terapiya zaharlanishning og'irligiga bog'liq bo'ladi, ba'zi hollarda qon quyish talab etiladi.

Ovqatdan zaharlanish — odatda hazm qilish buzilishi bilan kechadigan o’tkir kasallik. Buning sababi ko’pincha organizmga oziq-ovqat bilan birgalikda turli mikroorganizmlar kirishi bo’ladi. Ovqatdan zaharlanish shunindek zaharli qo’ziqorinlar va o’simliklarni tanovul qilishda ham kuzatiladi.

OVQATDAN ZAHARLANISHDA BIRINCHI YORDAM Oziq-ovqatdan zaharlanishining dastlabki belgilarida bemor oshqozonini bo’shatish uchun uni yuvish kerak. Yuvish uchun qog’oz filtr yoki to’rt qatlamli dokadan o’tkazilgan kaliy permanganatning (margansovka) kuchsiz (och pushti) eritmasi ishlatilishi mumkin. Bundan tashqari, iste’mol sodasi eritmasi (1 litr qaynatilgan suv uchun 1 choy qoshiq) yoki osh tuzi (5 litr suv uchun «tog’chasiz» holda 2 osh qoshiq) ham to’g’ri keladi.

Turli sharoitlarda kimyoviy zaharlanish mumkin. Odatda, yuvish, tozalash, idishlarni yuvish uchun uy kimyoviy moddalari, shuningdek ishlab chiqarishda ishlatiladigan o'g'itlar, dori-darmonlar, bo'yoqlar va kimyoviy birikmalar zaharli hisoblanadi. Shuning uchun kimyoviy zaharlanishda birinchi yordam ko'rsatish qoidalari haqida bilish muhimdir.

Kimyoviy bug'lar Kimyoviy zaharlanish uchun birinchi yordam ta'sir qilish turiga bog'liq. Zaharli komponentlarning inhalatsiyasi natijasida yuqori nafas yo'llari ta'sirlanadi. Bu o'zini quyidagi shaklda namoyon qiladi: • nafas qisilishi; • yo'tal; • o'tkir nafas etishmovchiligi; • yuqori nafas yo'llarining kimyoviy kuyishlari; • sezilarli rangparlik yoki mavimsi teri rangi; • ko'zning shilliq qavatining lakrimatsiyasi yoki quruqligi;

Foydalangan Adabiyotlar: 1.F.Sh.Mavlyanov.Sh.X.Mavlyanov.U.X.Hayitov "Tibbiyot kasbiga kirish.Xirurgik bemor bolalar parvarishi" 2.M.F Ziyaeva. «Terapiya»,«Ilm ziyo» nashriyoti,Toshkemt,2010-y. 3.A.J Hamrayev «Xirurgiya» . «O’qituvchi» ,-Toshkent, 2008-y. 4.M Bekmuradova «Jarrohlik va reanimatsiya asoslarida hamshiralik ishi.» Toshkent 2003-y.


Download 4,19 Mb.
1   2   3




Download 4,19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: zaharlanishlarda birinchi yordam

Download 4,19 Mb.