• Bioinformatika faning rivojlanish tarixi
  • 1970-yilda Niderland nazariyotchi biologi Polina Hogeveg va Ben Hesper biotik tizimdag informatsion jarayonlarni tadqiq etish davomida “bioinformatika” degan terminni qo’llagan.
  • Bioinformatika fanining istiqbollari
  • 1. Ko’pgina organizmlar (tur sonining ahamiyati yo’q) DNK sidagi o’zgarishlarni o’rgangan holda ularni evolutsiya jarayonini o’rganishda
  • 3. Ularning kompyuter modelini ishlab chiqishda; bu uzoq vaqt davomida ushbu biologik tizimdagi o’zgarishlar va o’ziga xoslik jarayonini o’rganish imkonini beradi
  • Biokimyo, Genomika.
  • Bioinformatika qo’llaniladigan eng mashhur dasturlar
  • Clustal
  • MEGA
  • Mavzu: zamonaviy biologiya rivojlanishidagi bioinformatikaning roli reja




    Download 67.35 Kb.
    Sana11.04.2023
    Hajmi67.35 Kb.
    #50282
    Bog'liq
    Siroj
    e9f5007ef2458d73963c9dbf707c273d65f5324f, FALSAFA1, ozon va kislarod aralashmasi, Кўзатувчилар 3 та, Математик тасавв шакллантир укув кулланма, Математик тасаввурларни шакллантириш, Вект. алг., tabiiy fanlar 3 uzb 2022-, ebook while, OTOM, O`zbek tili leksikasining boyish manbalarj

    Urganch Davlat Universiteti tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi 191-guruh talabasi Abdullayev Sirojbekning Bioinfarmatika fanidan taqdimoti

    MAVZU: ZAMONAVIY BIOLOGIYA RIVOJLANISHIDAGI BIOINFORMATIKANING ROLI

    Reja

    • Zamonaviy Biologiya.
    • Bioinformatika faning rivojlanish tarixi.
    • Bioinformatika fanining istiqbollari.
    • Bionformatika fanining boshqa fanlar bilan integratsiyasi.
    • Zamonaviy biologik tadqiqotlarda bioinformatikaning axamiyati.

    Bioinformatika faning rivojlanish tarixi

    Bioinformatika hozirgi kunda rivojlangan davlatlar ilmiy jamoatchiligi orasida tez-tez quloqqa chalinib turadigan atamalardan biriga aylanib bo’ldi. Vaholanki bir necha o’n yillar avval biologiya va informatikani bir-biridan alohida fan sifatida tushunar edik. Lekin buni qarangki biologiya va informatika fanlarining ham o’zaro kesishgan nuqtasi bor ekan. Ana shu nuqtada bioinformatika fani yuzaga kelgan.

    Bioinformatika bu biologik ko’rsatkichlarni ifodalashda foydalaniladigan usullar va dasturlarni ishlab chiquvchi fan. Tadqiqotchi tomonidan biologiyaning biror sohasida tajribalar olib borgan sayin ushbu yo’nalishga oid biologik ma’lumotlar ko’lami ortib boraveradi. Bu esa ushbu ma’lumotlarni qo’lda analiz qilish imkonini qiyinlashtiradi. Xuddi mana shu yerda biolog axborot texnologiyalariga ehtiyoj seza boshlaydi. Biologik ko’rsatkichlarni kompyuter unga yuklangan dastur asosida hisoblaydi, guruhlarga ajratadi, analiz qiladi, qayta ishlaydi. Bu ishning aniq va qisqa vaqtda amalga oshirilishini ta’minlaydi.

    1970-yilda Niderland nazariyotchi biologi Polina Hogeveg va Ben Hesper biotik tizimdag informatsion jarayonlarni tadqiq etish davomida “bioinformatika” degan terminni qo’llagan.

    Dastlab 1950-yillarda Frederik Senjer insulin oqsilining ketma-ketligini aniqlagan vaqtdayoq molekulyar biologiya fanida kompyuterlarning ahamiyati orta boshlagani boisi bir necha xil organizmlardagi insulin oqsilining ketma-ketligi tartibini o’zaro qo’lda solishtirib chiqish amaliy jihatdan imkonsiz bo’lgan.

    Ilk tadqiqotchilardan biri Margaret Oukli Deyxoff birinchilardan bo’lib oqsil ketma-ketligi haqidagi ma’lumotlarni to’plab, uni kitob holida chop etdi va ilk marotaba molekulyar evolutsiya sohasida o’zaro bir qatorga jamlangan oqsil yoki nukleotidlar ketma-ketligini qo’llash metodikasini ishlab chiqdi. NCBI direktori Devid Lipman uni “bioinformatikaning otasi va onasi” deb atalagan edi.

    Bioinformatika fanining istiqbollari

    Normal hujayraning turli kasalliklar vaqtida qanday o’zgarishini tadqiq etish uchun avvalo u haqidagi barcha biologik ko’rsatkichlar o’zaro umumlashtirilgan va bir butun sistemaga aylantirilishi lozim edi. Mana shundagina olimlar hujayraning holatiga yaxlit bir nazar sola olish imkoniga ega edilar. Xuddi mana shu nuqtada bioinformatika olimlarga juda qo’l kela boshladi. Uning metodlari yordamida hujayradagi barcha ko’rsatkichlarni umumlashtirish, tahlil qilish va biror yo’nalishga talqin etish imkoni mavjud edi. Hujayradagi ushbu ko’rsatkichlarga nukletidlar va aminokislotalar ketma-ketligi, oqsil domenlari va oqsil tuzilishi kiradi. Ma’lumotni tahlil qilish va talqin qilishning dolzarb jarayoni hisoblash biologiyasi deb ataladi.

    Ayni vaqtda bioinformatika biologiyaning juda ko’p sohalarida qo’llaniladi. Shulardan biri evolutsion biologiyadir. Evolutsion biologiya turlarning kelib chiqishi hamda uzoq vaqt mobaynida qanday shakllanishini tadqiq etadi. Bioinformatika quyidagi yo’nalishlarda evolutsion biologlarga yordam beradi.

    1. Ko’pgina organizmlar (tur sonining ahamiyati yo’q) DNK sidagi o’zgarishlarni o’rgangan holda ularni evolutsiya jarayonini o’rganishda

    2. Butun boshli genomlarni solishtirishda (BLAST yordamida); bu esa evolutsion jarayonlarni yaxlit holatda o’rganish imkonini beradi

    3. Ularning kompyuter modelini ishlab chiqishda; bu uzoq vaqt davomida ushbu biologik tizimdagi o’zgarishlar va o’ziga xoslik jarayonini o’rganish imkonini beradi

    Bionformatika fanining boshqa fanlar bilan integratsiyasi

    Molekular genetika,

    Biotexnologiya,

    Biokimyo,

    Genomika.

    Molekular genetika-molekulyar biologiyaning asosiy yoʻnalishlaridan biri, irsiy axborot strukturasi va funksiyasini, uning yuzaga chiqishi mexanizmlarini oʻrganadigan fan. Molekulyar genetikaning rivojlanishi 1928 yilda F. Griffit tomonidan bakteriyalarda transformatsiya hodisasini kashf etilishidan boshlanadi.

    Biotexnologiya-(bio-hayot, techne — mahorat, sanʼat, logos — soʻz, taʼlimot) –qishloq xo’jaligi , sanoat va tibbiyotning turli sohalarida tirik organizm va biologik jarayonlardan foydalanadigan sanoat usullari majmui. Biolgiya va texnika imkoniyatlarini birlashtiradigan ilmiy yoʻnalish. Biokimyo- biologik kimyo — tirik organizmlarning kimyoviy tarkibi va ularda sodir boʻladigan kimyoviy jarayonlar haqidagi fan. Biokimyo rivojlana borib, 3 asosiy tarmoqqa boʻlinib ketdi. Statistik biokimyo Dinamik biokimyo Dissimilatsion biokimyo

    Bioinformatika qo’llaniladigan eng mashhur dasturlar

    ACT- genom tahlilida qo’llaniladi.

    Arlequin- populyatsion-genetik ma’lumotlarni tahlil etishda.

    BLAST – nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi xalqaro bazasidan eng yaqin bo’lgan qarindosh tur ketma-ketlikni aniqlashda qo’llaniladi.

    Clustal – ko’pgina nukleotid va aminokislotalar ketma-ketligini o’zaro o’xshashlarini aniqlab bir qatorga yig’ishda qo’llaniladi.

    DnaSP – DNK ketma-ketligidagi polimorfizm holatini tahlil qilish uchun qo’llaniladi.

    FigTree – filogenetik daraxtni tahrir qilishda foydalaniladi

    MEGA – molekulyar-evolutsion genetik tahlillarda foydalaniladi

    ETIBORINGGIZ UCHUN RAXMAT


    Download 67.35 Kb.




    Download 67.35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: zamonaviy biologiya rivojlanishidagi bioinformatikaning roli reja

    Download 67.35 Kb.