• Sovuq holida qotuvchi aralashma materiallar
  • Qolip materiallarini tayyorlash.
  • 144-rasm. Baraban tipidagi quritish pechining sxemasi
  • Issiq xolatida qotuvchi aralashma materiallar




    Download 90.33 Kb.
    bet2/3
    Sana25.05.2023
    Hajmi90.33 Kb.
    #64304
    1   2   3
    Bog'liq
    6-маруза

    Issiq xolatida qotuvchi aralashma materiallar. Bu materiallarga qum donlarini bog’lovchi sifatida 3—4% karbomidfuran smolalar hamda tegishli katalizatorlar qo’shiladi. Bu materiallar 250— 280°S da 1—2 minutda qotadi. Ularning cho’zilishga mustaxkamligi σ=1,5-2,5 kPa ga yetadi. Qimmatbaxo moslamalar, qizdirish qurilmalari talab etishi esa bu materialning kamchiligi xisoblanadi.
    Sovuq holida qotuvchi aralashma materiallar. Bu materiallar tarkibida 95% qum, 3% gil, 2% nefelin shlami, 1,5% natriy gidrooksid va 7% suyuq shisha bo’lib, ular maxsus shnekli mashinada aralashtirib tayyorlanadi.
    Suyuq xolatida qotuvchi aralashma materiallar. Bunday materiallar tarkibida 95—97% qum bo’lib, unga bog’lovchi sifatida ma’lum miqdorda suyuq shisha, ferroxromli shlak (ba’zan tsement) va tegishli katalizatorlar qo’shiladi.


    Qolip materiallarini tayyorlash.
    Karerlardan keltirilgan qum va gillarni baraban xilli yoki bo’lak konstruktsiyali pechlarda avvalo 200—250°S temperaturada obdon qizdirib quritiladi. 144-rasmda baraban xilli quritish pechining sxemasi keltirilgan. Sxemadan ko’rinadiki, qum yoki gil barabanga voronka orqali kiritiladi. Baraban o’qi atrofida -
    144-rasm. Baraban tipidagi quritish pechining sxemasi:
    1— voronka; 2 — quritilgan materialning chiqish joyi; 3 — o’txona; 4— baraban; 5—mo’ri.
    aylanayotganda o’txonasidan chiqayotgan issiq gazlar issiqligini hisobiga qizib, qurib boradi. Agar kesaklanib qotgan bo’laklari bo’lsa, ular maydalash mashinalarida maydalanadi. (145-rasm).
    Bu mashina tog’ora 1 ga kiritilgan kesaklangan materialar uning old g’ildiraklari 2 bilan ezilib uvalanadi. So’ngra ular elanadi. Keyin bu materilallardan belgilangan miqdorda olib ularga ma’lum miqdorda bog’lovchi, qo’shiladigan materiallar va suv quyib, qorishtirish mashinasida ma’lum vakt qorishtiriladi (146-rasm). Bu mashinalarga begunlar deyiladi. Uning zalvor g’ildiraklari 5 tagligiga tegmagan xolda, qum donlarining o’lchamiga qarab rostlanadi. Bunda g’ildiraklar vertikal o’q atrofida va materiallarga ishqalanish hisobiga gorizontal o’q atrofida aylanadi.


    Download 90.33 Kb.
    1   2   3




    Download 90.33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Issiq xolatida qotuvchi aralashma materiallar

    Download 90.33 Kb.