|
Kompyuter testlar yordamida o‘quvchilar bilimini nazorat qilish
|
bet | 5/11 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 250,5 Kb. | | #149894 |
Bog'liq Kurs ishi loyiha tayyor 31.01.2024.Kompyuter testlar yordamida o‘quvchilar bilimini nazorat qilish
Ijodiy topshiriqlarni tuzishga bo‘lgan talablar
Oddiy mashq va topshiriqlardan shunisi bilan farqlanadiki, ularni bajarish jarayonida o‘rganilgan material nafaqat mustaxkamlanadi, balki yana yangilari ham olinadi. Shuningdek, bu mashq va topshiriqlar interaktiv yondashuvga mo‘ljallangan bo‘lib, zamonaviy pedagogikada ham uning boy zahirasi to‘plangan, shulardan quyidagilarni ajratib olamiz:
1. Ijodiy topshiriq
2.Kichik guruhlar bilan ishlash.
3.Ta’limiy o‘yinlar (rolli, maqsadli va bilim beruvchi o‘yinlar).
4.Jamiyatdagi zahiralardan foydalanish (mutaxassis taklif etish, ekskursiyalar).
5.Ijtimoiy loyihalar va auditoriyadan tashqari beriladigan ta’lim metodlari (ijtimoiy loyihalar, radio va gazetalar, filьmlar, sahna asarlari, qo‘shiq va ertaklar).
6.Shug’ullanish.
7. Yangi materialni o‘rganish va mustaxkamlash (interfaol ma’ruza, ko‘rgazmali qurollar bilan ishlash, video va audio materiallar, «o‘quvchi-o‘qituvchi rolida», «har bir kishi har bir kishiga o‘rgatadi»), mozayka (ajurali arra) savollardan foydalanish, suqrotli diolog).
8. Murakkab va muzokara talab savol va muammolarni yechish («fikr maktabi», «pozitsiyani egalla», «FSMU» loyihalashtirilgan texnikalar, «bir o‘zing, ikki kishi birgalikda», «pozitsiyani o‘zgartir», «karruselь», «televizion tok shou uslubida munozara», debatlar, simpozium).
9. Muammo-echim («echimli daraxt», «aqliy xujum», «kazuslar tahlili»,
«kelishuvlar va meditatsiya») va xokozo. Ijodiy topshiriqlar deganda biz shunday topshiriqlarni tushunamizki, bunda ishtirokchilardan nafaqat oddiy axborotni qabul qilish, balki unga ijodiy yondoshish ham talab etiladi. Chunki, berilgan topshiriqlar katta yoki kichik xajmdagi o‘rganilmagan elementga qoidaga ko‘ra bir necha yondashuvni talab etadi. Xullas, hozirgi zamon ilm-fan, texnika rivojlanib borayotgan bir paytda ta’lim sohasida ham tub o‘zgarishlar sodir bo‘lishi tabiiydir. Bu ta’limda sifat va samaradorlikka erishishning bosh omilidir.
Yuqorida qayd etilgan nostandart test topshiriqlarini ta’lim-tarbiya jarayonida maqsadga muvofiq foydalanish jarayoni o`quvchilarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini haqqoniy va odilona nazorat qilish va baholash imkonini beradi. Nostandart test topshiriqlarini tayyorlashda mazmun va shakl asosiy o‘rinni egallaydi. Shu sababli, test topshiriqlari mazmunini tanlash printsiplari haqida fikr yuritish lozim.Mazkur printsip o`quvchilarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash reyting tizimining nazorat turlarida test topshiriqlarining mazmuni maqsadga muvofiq tanlanishini talab etadi. Shuni qayd etish kerakki, Reyting tizimining nazorat turlari joriy, oraliq va yakuniy nazorat topshiriqlari bir-biridan nafaqat didaktik maqsadi, balki mazmuni va mazmunning yoritilish darajasi bilan farq qilishini nazarda tutish lozim. Test topshiriqlarining mazmunini tanlashda bilimlarning turlari va ularning o‘ziga xosligini e’tiborga olish va mos ravishda shaklni tanlash lozim. Shuni qayd etish kerakki, o‘quv fani mazmuni o`quvchilar tomonidan shu kursga oid ilmiy bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida o‘ziga xos va mos proektsiyani hosil qiladi. Yakuniy nazorat uchun tuzilayotgan test topshiriqlarining mazmuni uning turi va qo‘llanishini e’tiborga olingan holda bob, bo‘lim yoki kurs mazmunini to‘liq qamrab olishini taqoza etadi. Shuningdek, yakuniy nazorat uchun tuzilayotgan test topshiriqlari o‘zida kursning nazariy masalalari, tushunchalar, qonunlar va qonuniyatlar, gipotezalar, faktik materiallar, masala va mashqlarni mujassamlashtirishi lozim.
|
|
| |