|
Test turlari va test topshiriqlari shakllari
|
bet | 6/11 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 250,5 Kb. | | #149894 |
Bog'liq Kurs ishi loyiha tayyor 31.01.2024Test turlari va test topshiriqlari shakllari
Agar testlarni turkumlashda ularning qo‘llash maqsadi va vazifalariga asoslanadigan bo‘lsak, psixologik testlardan boshqa barcha testlarni quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:
intellektual rivojlanish darajasini aniqlovchi testlar;
pedagogik testlar;
muayyan kasbga yaroqlilikni aniqlovchi testlar.
Fanning mazmunidan kelib chiqqan holda biz faqat pedagogik test haqida to‘xtalamiz. Adabiyotlarda bunday test topshiriqlarining quyidagi shakllari bayon etiladi:
birdan-bir to‘g’ri javobi bo‘lgan yopiq topshiriqlar;
bir necha to‘g’ri javoblari nazarda tutilgan yopiq topshiriqlar;
bitta so‘z (yoki so‘zlar) tushirib qoldirilgan gapdan tashkil topgan ochiq topshiriqlar;
to‘g’ri ketma-ketlikni aniqlash uchun topshiriqlar;
o‘zaro bog’liqlikni (muvofiqlikni) aniqlovchi topshiriqlar;
ayrim fanlar bo‘yicha bilimlarning chuqurligini aniqlash bo‘yicha topshiriqlari;
sonni to‘ldirishga mo‘ljallangan topshiriqlar, bunda sonlar seriyasini topish usulini aniqlash va uni muayyan tartibda belgilash talab qilinadi;
-qarama-qarshi munosabatlarni aniqlash testlari;
masalalar yechishga qaratilgan (matematik, fizik va b.) topshiriqlar;
-chizmalar va sxemalarni tushunishga qaratilgan topshiriqlar;
-shakllar nisbatini aniqlashga qaratilgan topshiriqlar;
-olingan axborotni o‘zlashtirish darajasini aniqlash topshiriqlari;
-sinonimlar va antonimlarni farqlashga oid topshiriqlar;
-analogiya (aynan o‘xshashlik)ga oid topshiriqlar;
-o‘qilgan matnni tushunishga oid topshiriqlar;
-ko‘rsatmalarni bajarishga oid topshiriqlar;
-bilimdonlikni aniqlashga doir topshiriqlar;
-tafakkurni aniqlovchi testlar;
-orfografik testlar;
-til masalalariga doir topshiriqlar va boshqalar.
|
| |