Test tuzishdagi eng xarakterli xatolarning tahlili




Download 250,5 Kb.
bet8/11
Sana01.02.2024
Hajmi250,5 Kb.
#149894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi loyiha tayyor 31.01.2024

Test tuzishdagi eng xarakterli xatolarning tahlili
O‘zbekiston Respublikasidagi 10 ta oliy o‘quv yurtida (1995y.) tuzilgan dastlabki 369 ta test topshiriqlari professor Farberman B. L. rahbarligidagi bir guruh olimlar tomonidan ekspertiza qilindi. Bu test tuzuvchilarning eng xarakterli quyidagi xatolarini tahlil qilish, umumlashtirish va darajalarga bo‘lib chiqishga imkon beradi.
1. Yopiq test topshiriqlariga taklif qilinayotgan javoblar miqdorining kamligi (4-5 ta javob bo‘lishi tavsiya etiladi). Ularning soni kamroq bo‘lganda, to‘g’ri javobni tasodifiy tanlash ehtimoli ancha oshadi.
2. Testda oddiy dalillar, voqealarning sanalari, atamalar, ism-shariflar, ya’ni faqat eslab qolishni talab etadigan topshiriqlarning ko‘pligi. Bunday topshiriqlarni tuzish oson, biroq bu holda test faqat xotira bilan bog’liq bilimlarnigina nazorat qiladi, xolos. Tanqidiy baho berish, mustaqil fikrlash turli xil dalillarni umumlashtirish yoki o‘rganilgan tamoyillarni yangi sharoitlarda qo‘llanishga doir test topshiriqlarini tuzish qiyin, lekin ana shunday topshiriqlargina talaba bilimini to‘laqon baholaydi. O‘tkazilgan tekshiruvlar shuni ko‘rsatadiki, o‘rganilgan materialning o‘zi ko‘pincha ma’lum vaqt o‘tgach, unutiladi, o‘zlashtirilgan asosiy tamoyillar va ularni yangi sharoitlarda qo‘llash esa, umuman, unutilmaydi yoki o‘qish tugallangandan keyin xotirada uzoq vaqt saqlanib qolar ekan.
3. Test topshiriqlarining shu fan bo‘yicha darslikka o‘ta bog’liq bo‘lib qolganligi. Test topshiriqlari talabaning o‘zlashtirib olishi shart bo‘lgan bilimlar, ko‘nikmalar va malakalarga muvofiq kelishi lozim. Test topshiriqlarini o‘quv fanining bo‘limlari yoki mavzulari o‘rtasida mutanosib ravishda taqsimlab, bu masalalarni test rejasini ishlab chiqish bosqichida hal qilish zarur. Test rejasini tuzayotganda qo‘shimcha adabiyotlardan mustaqil o‘rganish uchun tuziladigan test topshiriqlarini ham e’tiborga olish zarur.
4. Testda shu o‘quv fani asosiy qoidalarini umumlashtiradigan majmuali
xarakterdagi topshiriqlarning yo‘qligi.
5. Taklif qilinadigan javoblarning kattaligi (beso‘naqayligi). Test topshiriqlarida
javoblarning ko‘p satrli bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, ularni anglab olish qiyin bo‘ladi va talaba beshinchi javobni o‘qib bo‘lguncha, birinchi javob mazmunini unutib qo‘yadi. Murakkab topshiriqni bir necha oddiylariga bo‘lib test tuzilishi zarur. Ko‘p sonli qoida va mulohazalarni bilishni hamma vaqt talab qilaverish to‘g’ri emas, ba’zan tayanch so‘zlarni ajratishning o‘zi talabaning katta hajmdagi o‘quv materialini bilishi haqida ma’lumot berishi mumkin.
6. Test topshirig’i shartlarini (savollarini) ta’riflashdagi ko‘p so‘zlilik. Test topshiriqlaridagi oddiy va lo‘nda qilib bayon qilingan fikr sinovdan o‘tuvchining fikrlash va tafakkur jarayonini engillashtiradi. Bu holda u talab qilingan fikrni va o‘zaro mantiqiy bog’lanishlarni tezroq topish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
7. Shunday test topshiriqlari ham uchraydiki, ularga to‘g’ri javob topish uchun unga bir qarashning o‘zi kifoya qiladi. Masalan: biror topshiriq, testning boshqa qismida joylashgan topshiriqning javobi bo‘lib qolgan. Aytaylik, bir topshiriqda Yerning tortish kuchi qonunini ta’riflagan olimning familiyasini aytib berish talab qilinadi, ayni vaqtda boshqa topshiriq quyidagicha ifodalangan: «Nyutonning Yerni tortish kuchi formulasi…».
8. Ta’riflashdan ikki xil ma’no chiqishi yoki uning aniqmasligi, topshiriqni noto‘g’ri tushunishga olib kelishi mumkin. Bu, o‘z fikrini savol yoki test topshirig’ini tasdiqlovchi javob tariqasida aniq ifodalab beradigan bitta gap tuzish malakasining yetarli emasligidan kelib chiqadi. Yozilgan matnni boshqa kishiga o‘qitib ko‘rish test ravonligini aniqlashning eng yaxshi yo‘lidir. Topshiriq tuzuvchi talabalar fikriga berilib, ko‘pincha u o‘z ta’riflarining boshqacha mazmunini anglay olmaydi. SHuning uchun ham, test tuzuvchilar o‘z tasavvurida test topshirig’ini bajarish jarayonidagi talaba tafakkuri modelini tasavvur etish qobiliyatiga ega bo‘lishi muhimdir. Test topshirig’ining sifatiga bevosita ta’sir etmaydigan, lekin test tuzishda hisobga olinishi zarur bo‘lgan quyidagi jihatlarni ham e’tiborga olish lozim.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, testlarning murakkablik darajasini faqat 10-25 foiz hollardagina to‘g’ri aniqlash mumkin ekan. SHu sababli testni talabalar guruhlarida tekshirish yo‘li bilan tajriba (empirik) usulida sinash lozim. Buning uchun tuzilgan test topshiriqlari birinchi marta ularning sifatini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Uning natijasi jadval yoki grafik ko‘rinishda tasvirlanib, talabalarning ko‘proq yoki ozroq qismi javob bergan test topshiriqlari aniqlanadi. Zarur bo‘lgan hollarda ular takomillashtiriladi.

Download 250,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 250,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Test tuzishdagi eng xarakterli xatolarning tahlili

Download 250,5 Kb.