Test va uning turlari. Test darajalari va ularni aniqlash ko‘




Download 250,5 Kb.
bet10/11
Sana01.02.2024
Hajmi250,5 Kb.
#149894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi loyiha tayyor 31.01.2024

2.3. Test va uning turlari. Test darajalari va ularni aniqlash ko‘rsatkichlari.

Test va uning turlari. Test darajalari va ularni aniqlash ko‘rsatkichlari. Pedagogik test bilimlarni o‘lchashning eng to‘g‘ri vositasidir. Pedagogik testning bosh afzalliklaridan biri – bu o‘quvchi bilimini nazorat qilish va baholashda xolislikni ta’minlash imkoniyatining yaratilganligidir.
Test (ingl. – sinov) birinchi bor 1864 yilda Buyuk Britaniyada J. Fisher tomonidan o‘quvchilarning bilim darajasini tekshirish uchun qo‘llanilgan. XX asr boshida esa test sinovlarini ishlab chiqishda psixologik va pedagogik yo‘nalishlar bir-biridan mustaqil ajrala boshladi. Pedagogik test sinovlari birinchi marta Amerikalik psixolog E. Torndayk(1874-1949) tomonidan ishlab chiqildi. CH.Grin (1926) o‘zining «Тест нового типа» (Yangi turdagi test) nomli monografiyasida ilgari yaratilgan va ishlatib ko‘rilgan testlarning afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qilib quyidagi tavsiyalarni berdi.
Test sinovlari uchun mo‘ljallangan material hajmini aniq belgilash va uning tarkibidagi eng muhim qismlarini ajratib olish;
mazkur material uchun test sinovlarining eng maqbul shaklini tajriba yo‘li bilan aniqlash;
o‘quvchilarning test sinovlari vaqtida javob berishlari o‘rtacha tezligi to‘g‘risidagi amaliy ma’lumotlarni e’tiborga olgan holda, test sinovlarining davom etish vaqtini belgilash;
test sinovlardagi fikrlarni bayon qilinish tilining to‘g‘riligini va mantiqqan muvofiqligini tekshirish;
topshiriqlarni murakkabligi ortib borish tartibida joylashtirish, to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblarning doim bir navbatda almashinishiga yo‘l quymaslik.
CH.Rassel test sinovlarining natijalarini o‘rganishni davom ettirib, test sinovlarining maqsadi to‘g‘risidagi savolga javob berishga erishdi. Rasselning fikricha, test sinovlarining maqsadi o‘quvchilarning bilimlarini baholash yoki ularning aqliy rivojlanishi darajasini aniqlash bilan cheklanmaydi va testlarni quyidagi hollarda: qaysi materialdan boshlab o‘rganish zarurligini ta’minlashda, o‘quvchilarni guruhlarga taqsimlashda, o‘qitish jarayonida sodir bo‘ladigan qiyinchiliklarni oldindan aniqlashda, shuningdek mamlakatning turli tumanlaridagi o‘quv yurtlarida ma’lum yoshdagi o‘quvchilarning yutuqlarini taqqoslashda qo‘llashi mumkin.Pedagogik testlar ta’lim-tarbiya jarayonida bilimlar darajasini aniqlaydi. Pedagogik testlar AQSH, Niderlandiya, Angliya, Turkiya, Yaponiya va boshqa ko‘pgina mamlakatlarda keng rivoj topdi. Ushbu ro‘yxatga asosan turmush darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlar kirganligi tasodif emas. Bunda quyidagi zanjirli bog‘lanish mavjud: testlarni qo‘llash ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi; ta’lim sifati esa boshqaruv sifati bilan bog‘liq oqilona boshqaruv esa aholi turmush darajasini oshirish uchun zamin yaratadi.
Pedagogik test o‘tkazishning uchta o‘zaro bog‘liq sifat mezonlari ajratiladi va shu mezonlarga ko‘ra tekshiriladi. Bular ishonchlilik, validlik va xolislik.

  • Testning xolisligi (obyektivlik)

  • O‘quv maqsadiga muvofiqlik

  • Izchillik.

  • O‘zlashtirish darajasiga ko‘ra tabaqalashtirish

  • Samaradorlik (kumulyativlik)

  • Qat’iy belgilangan vaqt.

  • Til ravonligi, aniqligi, bir ma’noliligi.

  • Murakkablik me’yori (yaroqliligi).

  • To‘g‘ri javobda qo‘shimcha belgilarning mavjud bo‘lmasligi

Testning ishonchliligi–diagnostik o‘lchovlarning aniqligini, shuningdek, test natijalarining begona tasodifiy omillar ta’siriga nisbatan barqarorligini aks ettiruvchi mezon. Pedagogik testning ishonchliligi uni tayyorgarlik darajasi bir- biriga yaqin bo‘lgan tinglovchilarning turli guruhlarida qo‘llashda taxminan bir xil natijalar olishga imkon berishidir.
Testning validligi – test shakli va mazmunining uni tuzuvchilar fikri bo‘yicha test baholashi yoki aniqlashi zarur bo‘lgan o‘lchovga muvofiq kelishi, natijalarning belgilangan vazifalarga muvofiqligi.
Testning xolisligi (obyektivlik), ya’ni diagnostik ma’lumotlarni olish va talqin etishning o‘qituvchiga bog‘liq emasligi.
Pedagogik testlarning xolisligi ishonchlilik, validlik g‘oyalarini, bundan tashqari pedagogik, axloqiy xususiyatga ega bir qator jihatlarni qamrab oladigan muhim birlashtiruvchi mezondir.
Pedagogik test xolisligini oshirishning pedagogik jihati standart test dasturlari, tekshiruvning texnik vositalari, avvalo pedagogik testni o‘tkazishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanilishida ko‘rinadi. Test tuzuvchi har bir o‘qituvchi test topshiriqlarini tuzishda didaktik talablarga amal qilishi lozim. Ular quyidagilar:
1.O‘quv maqsadiga muvofiqlik Test topshiriqlari mazmunini o‘quv maqsadiga qaratilishi lozim. Har bir test savoli ma’lum bir o‘quv maqsadining ro‘yobga chiqishini ta’minlashi zarur.
2.Materialning ahamiyatliligi. Testda topshiriqlar soni cheklanganligini hisobga olib, testni tuzishda o‘quv materialining eng muhim, asosiy qismlarini kiritish lozim.
3.Ilmiy aniqlik. Testga mushohada, bilim orqali asoslash mumkin bo‘lgan haqqoniy ma’lumotlar kiritiladi. Test topshiriqlari tabiati asosan, avvaldan ma’lum, aniq javob berishni taqozo etib, munozarali qarashlarni savollariga kiritish tavsiya etilmaydi.
4. Izchillik. Testdagi topshiriqlar ma’lum bir fanga taalluqli, umumiy bilim mohiyatiga ko‘ra o‘zaro bog‘liq, izchil bo‘lishi lozim.
5. To‘kislik va uyg‘unlik. Testdagi topshiriqlarning umumiy soni mavzu va qismlarga nisbatan muvofiq taqsimlanishi ahamiyatli. Bunda o‘rganilayotgan fanning barcha jihatlarini to‘la qamrab olish nazarda tutiladi.
6. O‘zlashtirish darajasiga ko‘ra tabaqalashtirish. O‘quv materialining ma’lum bir tarkibiy qismiga o‘zlashtirish darajasi turlicha (bilish, esda qolgan narsani tasvirlash (reproduksiya), unumli va ijodiy fikrlash) bo‘lgan talabalarga moslab test topshiriqlarini tuzish lozim.
7. Samaradorlik (kumulyativlik). Samaradorlik test topshiriqlarida borgan sari murakkablashib borishini nazarda tutadi. Bu qat’iy talab emas. Chunki, axborotlashgan ta’lim tizimi sharoitida zamonaviy kompyuter test tizimida o‘quvchiga navbatdagi test topshirig‘i, avvalgisini qanday yechganiga qarab beriladi. Ya’ni avvalgi savolga noto‘g‘ri javobdan so‘ng, unga nisbatan murakkab bo‘lmagan test topshiriqlari berilishi mumkin.
8. Qat’iy belgilangan vaqt. Bu shartning mohiyati shundan iboratki, o‘ylash uchun 2 daqiqadan ortiq vaqt talab etiladigan test savollari bo‘lmasligi lozim. Birqancha xorijiy test topshiriqlarini tahlil etilganda, matematika bo‘yicha 65 sekund, til va adabiyot bo‘yicha 32 sekund, ijtimoiy va tabiiy fanlar bo‘yicha 41 sekund, dalillar va iboralar uchun 20-25 sekund, chizmalar uchun 90 sekund, shakllarni aniqlash uchun 90-120 sekund vaqt ajratilishi ma’lum bo‘lgan.
9.Ixchamlik. Test topshiriqlarining matni cho‘zilib ketmasligi, qalashtirib tashlanmasligi lozim. Murakkab ko‘lami o‘quv savolini o‘zlashtirishni aniqlash zarur bo‘lgan hollarda, uni bir qancha ichcham test topshiriqlariga bo‘lib tuzilgani ma’qul.
10.Til ravonligi, aniqligi, bir ma’noliligi. Test topshiriqlarida ko‘p ma’nolilik va noaniqlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. AQShda test topshiriqlarini tuzuvchilar guruxiga muayyan bir o‘quv fani bo‘yicha tajribali pedagog va ruxshunosdan tashqari adabiy muharrir ham kiritilishi an’anaga aylangan.
11.Murakkablik me’yori (yaroqliligi). Test topshiriqlari pedagogik jihatdan samarali bo‘lishi uchun, ular tushnarsiz axborot berib qolmasligi, javobi ochiqdanochiq ayon bo‘lmasligi lozim. Natijasi yarimga teng (R(0,5) bo‘lgan test topshiriqlari nisbatan samarali hisoblanadi. Bunday natija o‘quv materialini yaxshi o‘zlashtirgan yoki chuqur tayyorgarlik ko‘rmagan o‘quvchini aniqlashni osonlashtiradi. Test topshiriqlari o‘quv dasturini to‘liq o‘rgangan o‘quvchilarning 50 foizi bajara olishi mumkin bo‘lgan darajada tayyorlanadi, ma’lum bir yo‘nalishdagi testlar uchun 50 foizlik natija yaxshi ko‘rsatkichdir, maqsadga muvofiqi 85 foiz ko‘rsatkich hisoblanadi.
12.To‘g‘ri javobda qo‘shimcha belgilarning mavjud bo‘lmasligi. Test tuzishda tajribasiz kishi tushunarli bo‘lsin, degan maqsadda to‘g‘ri javobni boshqa javoblarga nisbatan kengroq va batafsilroq bayon qiladi. O‘quvchilar bu farqni tez anglab oladilar va javobni ana shu belgiga qarab aniqlashadi. Bunga aslo yo‘l qo‘ymaslik lozim.
13.Variantivlik. O‘quv materialidagi ma’lum bir mavzuni o‘zlashtirishni nazorat qilish uchun mantiqiy fikr bayoni, sintaktik tuzilishi, morfologik belgilari yoki murakkablik darajasiga ko‘ra turlicha bo‘lgan, lekin bitta o‘quv materialiga tegishli test savollari tuzish mumkin. Bu bir o‘quv maqsadiga erishish yo‘lida topshiriqlar turkumini yaratish imkonini beradi (variant testlar). Shu bois kompyuter test tizimi topshiriqlarning variativlik xususiyatiga asoslangan. Bunda kompyuter navbatdagi topshiriqni avvalgi savolga berilgan javobga ko‘ra tanlaydi.
14. Shaklan va mazmunan bog‘liqlik. Bu talab falsafadan, uning qoidalarini san’at asarlarini o‘rganishga qiyoslashdan olingan. Gegel fikricha, haqiqiy san’at asari shaklan va mazmunan yaxlit asardir. Binobarin, test topshiriqlari ham shaklan va mazmunan uyg‘un bo‘lishi lozim. Test topshiriqlarini yuqoridagi didaktik talablar asosida tuzish, o‘qituvchilarning test tuzish nazariyasi bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lishlarini talab qiladi.
Hozirgi kunda test topshiriqlarining bir qator turlaridan ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilarning nazariy bilimlarini baholashda foydalanilmoqda. Test tuzishda quyidagilarga e’tibor berish kerak bo‘ladi.

- testning barcha chalg‘ituvchi javoblari haqiqatga yaqin bo‘lishi;



  • javoblardagi jumlalar uzunligi deyarli bir xil bo‘lishi;

  • javoblar gramatik jihatdan to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi;

  • javobdagi jumlalar tili talabaning tushunishiga mos bo‘lishi;

  • tuzilgan test talabaning bilim darajasini baholay olishi;

  • javoblarning hech biri ma’nodosh (sinonim) bo‘lmasligi;

  • to‘g‘ri javob faqat bitta bo‘lishi kerak.

  • javobning asosi imkon qadar keng mazmunli bo‘lishi;

  • asosda muvofiq kelmaydigan jumlalardan foydalanmaslik;

  • javoblarda mantiqsiz so‘zlarning ishlatilmasligi;

  • to‘g‘ri javoblarni ketma-ket bir o‘rindagi javoblarga qo‘ymaslik;

  • savol real bo‘lishi zamonga mos kelishi, aniq mazmunga ega bo‘lishi;

  • bir savolni yechimi boshqasiga «kalit» bo‘lib xizmat qilmasligi;

  • ko‘p tanlovli testlarda to‘g‘ri javoblarni ketma-ket bermaslik va h.k.




Yopiq turdagi testlar.
2-Misol. Internetdan foydalanish uchun modem kerakmi
1-ro‘yxat 2-ro‘yxat
A) asosiy matn B) gipermatn C) oddiy matn Javob: B) gipermatn Esse testlari

Testlarning turlari. Test topshirig‘ining turlari 4.1-rasmda keltirilgan bo‘lib testning quyidagi turlarini tuzish mumkin.
Ochiq turdagi testlar. Berilgan savolga talaba erkin javob bera oladigan bo‘lsa, test topshirig‘i ochiq shaklga ega bo‘ladi.
Misol. 1.Nima uchun pedagogik va axborot texnologiyalarini integratsiyalash kerak?__________________________________________________________
4. 1-rasm Informatikadan testlarning turlari
Yopiq turdagi testlar. Test topshiriqlari sifatida berilgan savol, topshiriqqa turli variantlardagi javoblarni nazarda tutuvchi test.
Muqobil (mantiqiy) test. Bunday testlarda javoblarning bir-biriga qarama-qarshi ikki varianti («ha» – «yo‘q», «to‘g‘ri» – «noto‘g‘ri» va h.k.) mavjudligi nazarda tutiladi.
2-Misol. Internetdan foydalanish uchun modem kerakmi?
a) Ha b) Yo‘q To‘g‘ri javob: a)
Moslashtirish testlari. Ularning mohiyati bir ko‘p sonli elementlarining boshqa ko‘p sonli elementlarga muvofiqligini aniqlash zaruratiga asoslangan. Bu ikki ro‘yxat bir-biriga moslashtiriladi.
1-ro‘yxat 2-ro‘yxat
1. “Matn muharriri dasturi”-... A) MS Access;
2. “Elektron jadval dasturi”-... B) MS Word
3. “Prezentatsiya yaratuvchi dastur” -... S) MS Power-Point
4. “Ma’lumotlar bazasi” -... D) MS Excel

Ta’riflash testlari. Bunday testlarda odatda ta’rif keltirilib unda nima ta’riflanayotganligini talaba tomonidan topish talab etiladi.


Misol. 1.Ovoz, matn, rasm va boshqa qo‘shimcha elementlardan tashkil topgan tuzilishga ega matn-bu.......
A) asosiy matn B) gipermatn C) oddiy matn Javob: B) gipermatn
Esse testlari (esse-erkin fikrlab yozilgan, uncha katta bo‘lmagan nasriy bayon). Bu tipdagi testlarda savol matn yoki tasvir qo‘rinishida bo‘lib, talaba o‘zining individual qarashlarini mustaqil, ijodiy yondashib unda bayon etadi. O‘qituvchi uni o‘qib, baholaydi, izoh yozadi.
Misol. 1.Siz kelajakda o‘z ish o‘rningizni qanday tasavvur etasiz?

Bir tanlovli test. Bir tanlovli test topshirig‘i berilgan savolga keltirilgan javoblardan faqat bitta javobni tanlash imkoniyati bo‘lgan topshiriq hisoblanadi. Talaba shu bitta to‘g‘ri javobni tanlashi kerak. To‘g‘ri javob kalit deb, noto‘g‘ri javoblar esa chalg‘ituvchi javoblar deb yuritiladi.
Misol. 1. Telefon tarmog’i orqali boshqa kompyuterlar bilan ma’lumot almashish imkonini beruvchi qurilma nima deb nomlanadi?
a)skaner c)modem
b) protsessor d) multimedia Javob: c) modem
Ko‘p tanlovli test topshiriqlarida javoblar varianti bir nechta to‘g‘ri javoblarni topishdan iborat bo‘ladi.
Misol. 1.Kompyuter Office dasturi tarkibiga kiruvchi dasturlar qaysi?
MS Access 2) Windows OS 3) MS Excel 4) MS Power-Point

Javoblar: a) 1, 2 ,3 b) 2, 3,4 c) 1, 2, 4 d) 1, 3, 4 Javob:d)


Test darajasi. Test qiyinligi darajasi testdagi vazifaning o‘rnini belgilaydigan eng muhim belgi. Testning qiyinlik darajasi har avval o‘rganilgan o‘quv materiali va talabalarning intellektual qobiliyatlari bilan taqqoslashni o‘z ichiga oladi Testning qiyinlik darajasi subyektiv va statistik bo‘lishi mumkin.
Testning subyektiv qiyinligi test yechuvchining individual psixologik holati bilan bog'liq. Test sinovlari uchun ushbu ko‘rsatkichga katta e'tibor bermaydi. Psixologik to‘siqning kattaligi quyidagi omillar bilan belgilanadi:
test yechish sharoitlari (masalan, echim uchun ajratilgan vaqt, qulaylik);
hal qilish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va ko‘nikmalarni shakllanganlik darajasi;
test yechish tajribasining mavjudligi va boshqalar.
Testning statistik qiyinligi. Ko‘pgina hollarda, bilimlarni sinash uchun testlarni echishda faqat to‘g'riligini hisobga olish va hal qilish usuliga, qiyinchiliklarning tabiati va mavzuning energiya xarajatlariga ahamiyat berilmaydi. Ba’zan testlar shunday tuziladiki, o‘quvchi bir testni echishda bir nechta vazifalarni bajarishiga to‘g’ri keladi. Testning statistik qiyinligini aniqlashda echilgan va echilmagan masalalarning ulushi aniqlanadi
L.N.Landa o‘quv testing qiyinligini o‘quvchilar yechim topish uchun bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalarni bilmasliklari bilan izohlaydi.

Kompyuterli testlar va ulardan foydalanish

Blum taksonomiyasiga oid testlar. B.Blum o‘quv maqsadlar taksonomiyasiga asos solgan. “Taksonomiya (yunoncha taxis - joylashuv, tartib va nomos - qonun) tushunchasi ob'ektlarning o‘zaro tabiiy aloqasi asosida qurilgan va iyerarxik (ko‘p bosqichli) qonuniyat bo‘yicha joylashtirish, tizimlashtirishni ifodalaydi”.
B.Blum taksonomiyasidan foydalanib pedagog faqatgina ta’lim maqsadini ajratib va aniqlashtirib qolmasdan, balki ularni tartibga keltiradi. B.Blumning maqsadlar taksonomiyasi “bilish”, “tushunish”, “qo‘llash”, “tahlil”, “sintez” va “baholash” kabilardan tashkil topadi (4.1- rasm).
4.2- rasm. B.Blumning maqsadlar taksonomiyasi va undagi fe’llar
Informatika darslarida o‘quvchilarning bilishini aniqlash uchun “bilish”ga oid, mavzu mazmunini tushunib olganligini aniqlash uchun “tushunish”ga oid, o‘rganilganlarni qo‘llay bilishini aniqlash uchun “qo‘llash”ga, jarayonni tahlil qilishini aniqlashi uchun “tahlil”ga, o‘rganilganlarni birlashtirib xulosa chiqarishini aniqlash uchun “sintez”ga va o‘z bilimlarinib hamda axboriy jarayonlarni baholay bilishi uchun “baholash”ga oid testlarni tuzish va o‘quvchilarni biror mavzu yoki fanni bilishi, “tushunishi”, “qo‘llashi”, “tahlil qila olishi, sintezlashi va baholay olishlarini aniqlash bo‘ladi.
Kompyuterli testlar va ulardan foydalanish. O‘qitish ko‘p qirrali jarayon bo‘lib bilimlarni nazorat qilish uning bir qirrasi hisoblanadi. Jamiyatda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining shiddat bilan kirib kelishi mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimida axborot texnologiyalarini qo‘llashni taqozo etmoqda. Zamonaviy ta’lim tizimida masofali o‘qitish, WWWga yo‘naltirib o‘qitish (WBE-Web Besed Education, WBT-Web Based Training), WWW- testlash (ba’zan Internet testlash) kabilardan faqat o‘quvchini baholash uchungina emas, balki o‘zini-o‘zi nazorat qilish, o‘zini-o‘zi baholash va o‘zini-o‘zi testlashlarda ham foydalaniladi.Elektron testlar-server va kompyuterlarda saqlangan, dasturlar bilan ishlov berilgan va ta’lim oluvchilarni nazorat va baholash uchun kompyuter yoki telekommunikatsion texnikasi yordamida taqdim etiladigan testlar. Testlar berilishi o‘rganilgan matnni talabaning qanchalik darajada o‘zlashtirganligi, o‘zini-o‘zi baholash imkonini beradi.
Kompyuterli testlar о‘quv materialini о‘quvchilar tomonidan qanday darajada о‘zlashtirishini kompyuter dasturlari orqali nazorat qilish uchun mо‘ljallangan bo‘lib, hozirgi kunda bunday test dasturlaridan: EasyQuizzy, Adestest, MyTest, iSpring va hokazolardan foydalanilmoqda. Ba’zan pedagogik dasturiy vositalar tarkibida ham maxsus testlashtiruvchi dasturlar mavjud bо‘ladi. Masalan, Moodle, TurboSayt va h.k.


Xulosa
Hozirgi kunda mutaxassislar, guruxlar, yirik ishlab chiqarish korxonalari yoki muassasalarining faoliyati ko‘p jihatdan ularning qay darajada zaruriy ma’lumot va axborotlar bilan to‘la taominlanganligiga, xamda ushbu ma’lumotlardan qay darajada samarali foydalana olayotganliklariga boliq bo‘lib qolmoqda. Avvalo bir еchimga kеlishdan, qaror qilishdan oldin ushbu masalaga (soxaga) aloqador bo‘lgan juda ko‘plab ma’lumotlarni to‘plash, ularni qayta ishlash va tahlil qilish zarur bo‘ladi. Bazan bunday ma’lumotlar to‘plami shu qadar ko‘payib kеtadiki, ularni qayta ishlash va tahlil qilishni maxsus tеxnik tizimlar yordamisiz amalga oshirib bo‘lmay qoladi. Bundan tashqari, kundalik xayotda qabul qilish va qayta ishlash zarur bo‘lgan axborotlar xajmi ni'oyatda ortib borayotganligi sababli, ba’zan ularni qabul qilishga xam ulgurilmayapti. Axborot va ma’lumotlar xajmining bu qadar ko‘payib kеtishi, oqimining esa tеzlashib borishini asosiy sabablaridan biri informatsion tеxnika va tеxnologiyalarning rivojlanishi zamonaviy eng yangi tеxnologiyalarini qo‘llash muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Muxtasar qilib aytganda, web texnologiya yordamida asosida tayyorlangan ta’limiy resurslar o‘qituvchilar va talabalar uchun juda mos keladi va chunki u qiziqarli va qiziqarli tarzda o‘rganish imkonini beradi. Web texnologiyalar dunyoning ko‘p joylarida kundalik ta’lim va ta’limning bir qismini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi.


Download 250,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 250,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Test va uning turlari. Test darajalari va ularni aniqlash ko‘

Download 250,5 Kb.