|
I.BOB M.PORTER USLUBIYATI VA RAQOBAT USTUNLIGI. 1.1. Raqobatning besh kuch nazariyasi
|
bet | 2/24 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 65,56 Kb. | | #266029 |
Bog'liq Maykl porter uslubiyatiga ko’ra o’zbekistonning raqobat ustunlig (1)I.BOB M.PORTER USLUBIYATI VA RAQOBAT USTUNLIGI. 1.1. Raqobatning besh kuch nazariyasi. 1991-yilda amerikalik iqtisodchi Maykl Porter o’zining “Mamlakatlarning raqobat ustunliklari” deb nomlangan tadqiqotini nashr qildi.Ushbu tadqiqotda xalqaro savdo muammolariga umuman yangicha yondashuv ishlab chiqilgan.Bu yondashuvning shartlaridan biri: “Xalqaro bozorda mamlakatlar emas,firmalar raqobatlashadi.Bu jarayonda mamlakatning o’rnini aniqlab olish uchun firma raqobat ustunligini qanday yaratishi va uni qanday ushlab turishini tushunish talab etiladi” mazmunli tezisdir.Tashqi bozordagi muvaffaqiyat to’g’ri tanlangan raqobat strategiyasiga bog’liq bo’ladi. Raqobat ustunligi strategiyasi M. Porterning fikricha,raqobatning asosiy birligi - bu tarmoqdir,ya’ni tovar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi va o’zaro raqobat qiluvchi raqobatchilar guruhi hisoblanadi.Tarmoqda firma uchun raqobat strategiyasini tanlashda ikki muhim omil ta’sir etadi: Tarmoqdagi raqobatga beshta omil ta’sir qiladi: - yangi raqobatchilarning paydo bo’lishi; -o’rinbosar tovar va xizmatlarning paydo bo’lishi; -yetkazib beruvchilarning savdolashish qobiliyati; - xaridorlarning savdolashish qobiliyati; -mavjud bo’lgan raqobatchilarning o’zaro raqobati. Bu besh omil tarmoqning daromadliligini belgilaydi.Chunki,u bahoga,harajatga, kapital quyilmalarga va boshqalarga ta’sir qiladi. 2.Firmaning tarmoqda tutgan o’rni. Firmaning tarmoqdagi o’rni,avvalo,raqobat ustunligi bilan aniqlanadi.Agar firma barqaror raqobat ustunligiga ega bo’lsa,u o’z raqiblarini ortda qoldiradi:-Firmaning raqobatchilariga nisbatan kam xarajatlar bilan tovarlarni ishlab chiqara olish va sota olish qobiliyati haqida dalolat beradi. Tovarlar differentsiyatsiyasi,ya’ni firmaning iste’molchi ehtiyojini qondira olish qobiliyati. Firmaning tarmoqda tutgan o’rniga ta’sir qiluvchi boshqa bir muhim omil – bu firmaning o’z tarmog’i doirasida mo’ljalga oluvchi raqobat muhiti yoki firma maqsadining kengligi hisoblanadi.Firma o’zi uchun necha turdagi tovarlarni chiqarishini,qanday sotish kanallaridan foydalanishini,qanday xaridorlarga xizmat ko’rsatishini,dunyoning qaysi joylarida o’z mahsulotini sotishini va qaysi milliy tarmoqlarda raqobatlashishini hal qilib olishi kerak.
|
| |