• Korxonaning kuchli tomonlari (Strengths of enterprise)
  • Korxonaning kuchsiz tomonlari (Weakness of enterprise)
  • Bozor imkoniyatlari (Market opportunities)
  • Bozor imkoniyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin
  • SWOT analiz va uning korxonalar faoliyatidagi roli




    Download 65,56 Kb.
    bet4/24
    Sana27.06.2024
    Hajmi65,56 Kb.
    #266029
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
    Bog'liq
    Maykl porter uslubiyatiga ko’ra o’zbekistonning raqobat ustunlig (1)

    SWOT analiz va uning korxonalar faoliyatidagi roli.

    SWOT analiz - bu korxonalarning kuchli (Strengths) va kuchsiz (Weakness) tomonlarini aniqlaydigan,shuningdek bozor imkoniyatlari (Opportunities) va xatarlari (Threats) ni o’rganadigan yoki boshqacha qilib aytganda,korxonaning ichki (Strengths or Weakness) va tashqi (Opportunities or Threats) omillarini hisobga olgan holda mahsulot turlarini raqobatga bardoshligini baholaydigan tahlil usulidir.Ushbu usul ayrim manbalarda matritsa usul deb ham nomlanadi,chunki tahlil chizmasi ko’rinishi 2x2 ko’rinishdagi matritsani eslatadi.

    Korxonaning kuchli tomonlari (Strengths of enterprise) - bu korxonaning bozordagi boshqa raqobatdosh korxonalarga nisbatan ustun tomonlari yoki kelajakda korxona uchun qo’shimcha imkoniyatlar yaratish omillarini hisobga oluvchi jadval ko’rsatkichidir.

    Korxonaning kuchli tomonlariga quyidagi omillarni kiritish mumkin: katta ilmiy texnik-tajribalar,zamonaviy texnologiyalar,xodimlarning yuqori malakasi,yuqori sifatli mahsulotllar,brendning mashhurligi va boshqalar. 

    Korxonaning kuchsiz tomonlari (Weakness of enterprise) -bu korxona tomonidan boshqarilishi zarur bo’lgan,lekin ularga ta’sir o’tkazish imkoniyati mavjud bo’lmagan korxona ichki omillarni hisobga oluvchi jadval ko’rsatkichidir.Ushbu jadval ustuniga korxona quyidagi omillarni kiritishi kerak: balans likvidligining pastligi,moliyaviy barqarorlikning bir maromda emasligi,zamonaviy texnolgiyalarning mavjud emasligi,xodimlarning malakasining yuqori emasligi va boshqalar.

    Bozor imkoniyatlari (Market opportunities) - korxonaning bozordagi faoliyatidan oladigan afzalliklarini ifodalovchi omillarni aks ettiradigan jadvalko’rsatkichidir.

    Bozor imkoniyatlari (Market opportunities) - korxonaning bozordagi faoliyatidan oladigan afzalliklarini ifodalovchi omillarni aks ettiradigan jadvalko’rsatkichidir.

    Bozor imkoniyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: talabning yuqori darajada o’sishi,raqobatchilar imkoniyatlari pasayishi,mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasining jadal o’zgarishi va boshqalar. SWOT analizda faqat bozordagi imkoniyatlar emas,balki bozordan tashqaridagi imkoniyatlar hisobga olinadi.


    Download 65,56 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




    Download 65,56 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    SWOT analiz va uning korxonalar faoliyatidagi roli

    Download 65,56 Kb.