• Nazoravt savollari
  • Mdya tranzistorida yasalgan mantiqiy elementlar reja




    Download 15,65 Kb.
    bet2/2
    Sana19.02.2024
    Hajmi15,65 Kb.
    #158872
    1   2
    Bog'liq
    17-ma\'ruza

    Nazorat savollari

    1. Dinamik yuklamali MDYA – tranzistorli elektron kalit sxemasini keltiring.


    2. Bir turdagi MDYA – tranzistorli 3HAM-EMAS va 3YOKI-EMAS amallarini bajaruvchi ME sxemasini keltiring va ularni ishlashini tushuntiring.
    14 - ma’ruza
    KOMPLEMENTAR INVERTORLAR


    Reja: KMDYA – tranzistorida yasalgan invertor sxemasi
    KMDYA – tranzistorida yasalgan mantiqiy elementlar
    Komplementar MDYA-tranzistorli elektron kalitlarning statik rejimda quvvat iste’moli o‘nlarcha nanovattni tashkil etib, tezkorligi esa 10 MGs va undan yuqori chastotalarda ishlashga imkon beradi. MDYA – tranzistorli RISlar ichida komplementar MDYA-tranzistorli MElar (KMDYATM) yuqori xalaqitbardoshlikka ega bo‘lib, kuchlanish manbai qiymatining 10÷45% ni tashkil etadi. YAna bir afzalligi – kuchlanish manbaidan samarali foydalanish hisoblanadi, chunki mantiqiy o‘tish deyarli kuchlanish manbai qiymatiga teng. Demak RISlar kuchlanish manbai qiymatining o‘zgarishiga sezgir emas. KMDYA-tranzistorli MEda kirish va chiqish signallari qutblari va sathlari mos tushadi, bu esa o‘z navbatida MElarni o‘zaro bevosita ulash imkoniyatini beradi (sath siljitish qurilmasi talab etilmaydi).
    KMDYA-tranzistorlarda HAM-EMAS va YOKI-EMAS mantiqiy amallar oson tashkil etiladi. HAM-EMAS mantiqiy amali kirish tranzistorlarini ketma – ket ulash yo‘li bilan, YOKI-EMAS mantiqiy amali esa – ularni parallel ulash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu vaqtda har bir kirish uchun kalit-invertorni hosil qiluvchi ikkita tranzistor talab qilinadi. YUklamadagi r – kanalli va qayta ulanuvchi n – kanalli tranzistorlarning bunday kombinatsiyasi KMDYA – tranzistorlarning asosiy xossasi – statik rejimda ixtiyoriy kirish signalida tok iste’mol qilmaslik shartini saqlab qoladi.
    a) b)

    14.1 – rasm. KMDYA tranzistorlar asosidagi 2HAM-EMAS (a) va

    2YOKI-EMAS (b) mantiq elementlarning sxemasi.
    2HAM-EMAS sxemada yuklama vazifasini bajaruvchi tranzistorlar bir-biriga parallel ulanadi (14.1, a – rasm), 2YOKI-EMAS sxemada esa – ketma – ket (14.1, b– rasm). Bunday prinsip yordamida faqat ikki kirishli elementlar emas, balki kirishlar soni katta bo‘lgan sxemalar ham tuziladi.

    2HAM-EMAS sxema (14.1, a – rasm) quyidagicha ishlaydi. Sxema kirishlariga U0KIR < UnBO‘S kuchlanish berilsa, barcha qayta ulanuvchi (n – kanalli tranzsitorlar) ochiq bo‘lib, chiqish kuchlanishi U0 ga teng bo‘ladi. Kirish signallarining boshqa kombinatsiyalarida ketma-ket ulangan qayta ulanuvchi tranzistorlardan biri berkiladi. Bu vaqtda chiqish kuchlanishi U1 = EM ga teng bo‘ladi.


    2YOKI-EMAS sxema (14.1, b – rasm) quyidagicha ishlaydi. Sxema kirishlariga U0KIR < UnBO‘S kuchlanish berilsa, qayta ulanuvchi n – kanalli tranzistorlar berk bo‘ladi, chunki ularda kanal induksiyalanmaydi. r – kanalli tranzistorlarda esa kanal induksiyalanadi, chunki ularning zatvorlari asosga nisbatan manfiy potensialga ega bo‘ladi. Bu potensial qiymati U0KIREM ≈ – EM bo‘lib, bo‘sag‘aviy kuchlanish qiymatidan katta bo‘ladi. Lekin, kanallardan berk tranzistorlarning juda kichik toklari oqib o‘tadi. SHu sababli kanallardagi kuchlanish pasayishi deyarli nolga teng bo‘ladi va chiqish kuchlanishi U1 = EM bo‘lib mantiqiy 1 ga mos keladi.
    Agar qayta ulanuvchi tranzistorlardan birining zatvoridagi kirish kuchlanishi bo‘sag‘aviy kuchlanish qiymatidan katta bo‘lsa U1KIR > UnBO‘S, bu tranzistorda kanal induksiyalanadi. Unga mos keladigan yuklama tranzistorida esa kanal yo‘qoladi, ya’ni tranzistor berkiladi. Sxema chiqishidagi kuchlanish qoldiq kuchlanish qiymatiga teng, ya’ni deyarli nol bo‘ladi. SHu sababli uni mantiqiy 0 sath U0 = 0 deb hisoblash mumkin.
    Demak, mantiqiy o‘tish UM = EM ni tashkil etadi.
    Statik holatda KMDYA-tranzistorlarda bajarilgan elementlar quvvat iste’mol qilmaydilar, chunki tranzistorlarning bir guruhi berk bo‘lib, deyarli tok iste’mol qilmaydi. Bu vaqtda ulardan berk tranzistorlarning juda kichik toki oqib o‘tadi. SHu sababli RIS iste’mol qilayotgan quvvat minimal bo‘lib, asosan sig‘imlarni qayta zaryadlash uchun sarflanayotgan quvvat bilan aniqlanadi.
    KMDYATM elementlarning tezkorligi MDYATM elementlar tezkorligiga nisbatan sezirlarli daraja yuqori. Bu holat, KMDYATM elementlarida kanal kengligiga cheklanishlar qo‘yilmaganligidan kelib chiqadi. CHunki parazit sig‘imlar qayta zaryadlanadigan ochiq tranzistorlarda etarli o‘tkazuvchanlikni ta’minlash maqsadida kanal kengligi ancha katta olinadi.
    KMDYATM elementlarning tezkorligi MDYATM elementlar tezkorligiga nisbatan sezirlarli daraja yuqori. Bu holat, KMDYATM elementlarida kanal kengligiga cheklanishlar qo‘yilmaganligidan kelib chiqadi. CHunki parazit sig‘imlar qayta zaryadlanadigan ochiq tranzistorlarda etarli o‘tkazuvchanlikni ta’minlash maqsadida kanal kengligi ancha katta olinadi.
    Sanoatda KMDYA-tranzistorlar asosida yaratilgan MElar bir necha seriyada ishlab chiqariladi: 164, K176, K564, 764,765. Bu seriyalar funksional va texnik to‘liqlikka ega, ya’ni ixtiyoriy arifmetik va mantiqiy amallarni, hamda saqlash, yordamchi va maxsus funksiyalarni bajaradi.
    Turli seriyadagi KMDYATM asosiy parametrlari 14.1 – jadvalda keltirilgan.
    14.1 – jadval
    KMDYATM seriya elementlarining asosiy parametrlari

    KMDYATM RIS parametrlari


    seriya

    164

    176

    561

    564





    to‘rt.kech, ns

    200

    250

    50

    50



    RO‘RT, mVt

    0,1

    0,1

    0,1

    0,1



    EM, V

    9

    9

    5

    9



    U0CHIQ, V

    0,5

    0,3

    0

    0



    U1CHIQ, V

    7,7

    8,2

    5

    9



    KTARM

    50

    50

    50

    50



    Nazoravt savollari
    1. KMDYA – tranzistorli invertor ME sxemasini tushuntiring.


    2. KMDYA – tranzistorli 3HAM-EMAS va 3YOKI-EMAS MElari sxemasini tushuntiring.




    http://fayllar.org
    Download 15,65 Kb.
    1   2




    Download 15,65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mdya tranzistorida yasalgan mantiqiy elementlar reja

    Download 15,65 Kb.