«Media» atamasi (lotincha medium, ya’ni vosita, vositachi, usul) turli ko’rinishdagi kommunikatsiya va axborot vositasini anglatadi




Download 14.07 Kb.
Sana30.08.2023
Hajmi14.07 Kb.
#79927
Bog'liq
MEDIASAVODXONLIK
portal.guldu.uz-Ixtisoslikka Kirish (1), Максадли курс ташкил этиш, Максадли курс ташкил этиш

MEDIATA’LIM

«Media» atamasi (lotincha – medium, ya’ni vosita, vositachi, usul) turli ko’rinishdagi kommunikatsiya va axborot vositasini anglatadi. Media tushunchasi mazmuniga axborotni yaratish, nusxalashtirish, tarqatish vositasi hamda mualliflar va ommaviy auditoriya o’rtasida axborot almashinuvining texnik vositalari kiradi.


Mutaxassislar fikricha, mediasavodxonlik o’quvchini mustaqil fikr yuritishga, ijodkorlik faoliyatlarini yanada rivojlantirishga, axborot olish, uni qayta ishlash, umumlashtirish, xulosa chiqarishga o’rgatadi.
Mediasavodxonlik tanqidiy fikrlash, ma’lumot bilan ishlash qobiliyatini rivojlantirib, bir vaqtning o’zida fanni anglash va o’quvchilarning axborot madaniyatini shakllantiruvchi vositasidir.
Mediasavodxonlik alohida bir fan sifatida kiritilmagan bo‘lsada, Respublikamiz umumta’lim maktablarida ham mediasavodxonlik elementlari «Adabiyot», «Tarix», «Vatan tuyg‘usi», «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari», «Informatika» va «Musiqa» fanlari tarkibiga singdirilgan holda o‘qitilmoqda.
«Bugun mediasavodxonlik — bu axborotning nega va nima uchun uzatilayotganligini bilish demakdir. Mediasavodxon inson o‘ziga — bu axborotni kim va nima maqsadda yaratgan? Ushbu xabar men uchun zarurmi? — degan savolni bera olishi va to‘g‘ri xulosa chiqarishi, unga nisbatan tanqidiy yondasha olishi lozim. Mazkur savollar nafaqat oila davrasida televizor ko‘rayotgan, mashinada radio eshitayotgan yoki Internetdagi xabarlarni ko‘rayotgan paytda berilishi, balki har qanday axborotni qabul qilayotgan va unga baho berayotganda ham kerakdir»,
Mediasavodxonlik barcha ta’lim sohasini sifat jihatdan yanada yuqoriroq pag’ona ko’tarishga, axborot madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Ya’ni, o’quvchiga o’quv jarayonida nazariy bilim berish bilan materiallarni yuqori darajadagi zamoniviy texnika vositasida namoyish etish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu yangilik va ta’bir joiz bo’lsa, ilg’or usul talabalarda qiziqish uyg’otadi. Ular dars jarayonida o’sha mavzularni puxta o’zlashtirishlariga xizmat qiladi.
Mediasavodxonlik hozirgi kunda quyidagi yo’nalishlarda rivojlanmoqda.
1) Ta’lim muassasalarini zamonaviy AKT bilan ta’minlash va ulardan ta’lim
jarayoni samaradorligini oshiruvchi yangi pedagogik qurol sifatida foydalanish.
(Bugungi kunda ham O’zbekistonda media, mediasavodxonlik atamasi ko’p qo’llaniladi va aynan birinchi yo’nalishdagi mazmunni ifodalaydi).
2) Zamonaviy axborot, telekommunikasiya vositalari va ma’lumotlar bazasidan ta’lim jarayonini axboriy qo’llab-quvvatlash, ilmiy, o’quv-metodik axborotlar bilan ta’minlashda foydalanish;
3) Ta’lim jarayoni va mustaqil ta’limni realizasiya qilishning yangi shakllarini keng rivojlantirish, ta’lim jarayoni miqyosini kengaytirish, aholining dunyo mamlakatlari ta’lim resurslariga kirish imkoniyatini ta’minlash;
4) Ishtirokchilarni informatika bo’yichagina tayyorlash emas, postindustrial axboriy jamiyat sharoitiga, hayotga insonlarni tayyorlash modeliga ko’ra ularda zaruriy malakani shakllantirish.
Download 14.07 Kb.




Download 14.07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«Media» atamasi (lotincha medium, ya’ni vosita, vositachi, usul) turli ko’rinishdagi kommunikatsiya va axborot vositasini anglatadi

Download 14.07 Kb.