• Media savodxonlik va axborot madaniyati” fanining obektini (ya’ni mazkur fan nimalarni o’rganishi)
  • Media savodxonlik va axborot madaniyati” fanining predmeti
  • Media savodxonlik va axborot madaniyati” fanining maqsadi
  • Axborot savodxonligi borasida olib borilgan tadqiqotlarning




    Download 50,07 Kb.
    bet5/11
    Sana30.11.2023
    Hajmi50,07 Kb.
    #108748
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Mediasavodxonlik va axborot madaniyati fanining predmeti va jamiyat taraqqiyotida tutgan oʻrn

    Axborot savodxonligi borasida olib borilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, texnologik ko‘nikmalar va demak, media va axborot savodxonligi yoshlarda yaxshiroq rivojlangan deb hisoblanishiga qaramasdan, o‘quvchilar hatto o‘quv jarayoni davomida ham axborotning ishonchliligini baholashda ma'lum qiyinchiliklarga duch kelishlari kuzatilmoqda. Mazkur fan o‘quvchilar media va axborot savodxonligi ko‘nikmalarini shakllantirishda ta'lim muhitini boyitish va ta'lim berishda, o‘qitish jarayonida faollikni oshirish uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi.
    Media savodxonlik va axborot madaniyati” fanining ob'ektini(ya’ni mazkur fan nimalarni o’rganishi) – insoniyatning ijtimoiy tarixiy taraqqiyoti davomida media savodxonlik va axborot madaniyati evolyutsiyasi, media makon, media savodxonlik va axborot madaniyati tushunchalari mazmun mohiyati, ma'lumot, axborot va uni tarqatish madaniyati, axborotni jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati, axborot xavfsizligi, jamiyat a'zolarida media savodxonlik va axborot madaniyatini rivojlantirish zaruriyati, O‘zbekistonda axborot xavfsizligini ma'naviy va huquqiy asoslari, axborotni tizimlashtirish, media va axborot savodxonligi talablari va afzalliklari, jahon media va axborot makonida raqobat muhiti, xorijiy mamlakatlarning media savodxonlik va axborot madaniyatini qiyosiy tahlili kabilarni nazariy-amaliy o‘rganish tashkil etadi.
    Media savodxonlik va axborot madaniyati” fanining predmeti-media savodxonlik va axborot madaniyati tushunchasi evolyutsiyasi tarixini, media savodxonlik, axborot, axborot madaniyati va etikasi tushunchalarining mazmun mohiyati, media va axborot savodxonligini shakllantirishning texnik, ma'rifiy, ma'naviy-axloqiy ilmiy asoslarini, axborot olish va foydalanish metodlarini ilmiy-falsafiy o‘rganish. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasida axborot va media sohasining normativ huquqiy asoslari, media savodxonlik va axborot madaniyatining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati, jahon va axborot makonida raqobat muhiti, media maydonda axborot tarqatish madaniyati, media maydon va internet imkoniyatlari, ijtimoiy tarmoqlarda axborot xurujlari va tahdidlar, axborot xavfsizligini ta'minlashning g‘oyaviy-nazariy asoslari, O‘zbekistonda axborot xavfsizligini ma'naviy va huquqiy asoslari, hamda turli axborot xurujiga qarshi jamiyat a'zolarida media savodxonlik darajasini oshirishning ma'naviy-g‘oyaviy, ma'rifiy imkoniyatlariga doir masalalarni o‘rganish.
    Media savodxonlik va axborot madaniyati” fanining maqsadi- bugungi kundagi zamonaviy axborot makoniga poydevor bo‘lgan, inson ijtimoiy-madaniy hayotining ajralmas qismi hisoblangan muloqot, ma'lumot evolyutsiyasi tarixini o‘rgatish. Media savodxonlik, axborot, axborot madaniyati va axborotetikasi(infoetika), ularning asosiy elementlari, media va axborot savodxonligini shakllantirishning texnik, ma'rifiy, ma'naviy-axloqiy ilmiy asoslari, hamda bugungi kunda insonlar media savodxonligini rivojlantirish zaruriyatini talabalarga tushuntirish. Jamiyatni demokratik taraqqiyotga erishishida, insonlarning ijtimoy-iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy sohalardagi faoliyatlarini faollashuvida, shuningdek tanqidiy fikrlashlarida media va axborotning, media savodxonlikning ahamiyatini yoritib berish

    Download 50,07 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 50,07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot savodxonligi borasida olib borilgan tadqiqotlarning

    Download 50,07 Kb.