• Ikkinchidan
  • «Axborot hamma uchun»
  • Zamonaviy jamiyat axborot va bilimlarga tayanadi
  • «raqamli», «kompyuter», «vizual», «texnologik», «kommunikatsion
  • Shuni takidlab o‘tish lozimki
  • Dasturga so‘nggi o‘zgarishlar kiritilib, tahrir qilingach, nashr qilindi. YUNESKOning kommunikatsiya va axborot bo‘yicha Bosh direktori




    Download 50,07 Kb.
    bet4/11
    Sana30.11.2023
    Hajmi50,07 Kb.
    #108748
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Mediasavodxonlik va axborot madaniyati fanining predmeti va jamiyat taraqqiyotida tutgan oʻrn

    Dasturga so‘nggi o‘zgarishlar kiritilib, tahrir qilingach, nashr qilindi. YUNESKOning kommunikatsiya va axborot bo‘yicha Bosh direktori janob Yanis Karklinshning aytishicha, bu ta'lim dasturi mazkur sohada yangi so‘zdir. “Chunki birinchidan, bu dastur istiqbolga yunaltirilgan bo‘lib, radio, televideniye, Internet, gazeta, kitoblar, elektron arxivlar va kutubxonalar umumiy bir platformadagi konvergentsiyasining zamonaviy tendentsiyalariga tayangan tarzda tayyorlangan va ilk bor MAC ga yagona yondashuvni namoyish qiladi. Ikkinchidan, dastur pedagoglar ehtiyojlarini hisobga olgan holda o‘qituvchilarning rasmiy tayyorlov tizimiga kiritilishi uchun tuzilgan”.
    MAC o‘qituvchilarni o‘qitish dasturi frantsuz, ispan va arab tillariga tarjima qilingan. 2012 yilda TATI tomonidan dasturning rus tilidagi nashri chop etilgan. Dasturni Rossiya media kontekstining o‘ziga xosliklarini hisobga olgan holda mahalliylashtirish va tadbiq etish yo‘llarini o‘rganish maqsadida Institut tomonidan YUNESKOning Moskva shahridagi Byurosi va «Axborot hamma uchun» YUNESKO dasturining Rossiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda 2011 yil dekabr oyida va 2012 yilning iyun oyida ikkita mutaxassislar kengashi tashkil etildi. Mazkur kengashlar TATI bilan hamkorlikda mediata'lim Fin jamiyatining ekspertlari bilan tayyorlangan «Media va axborot savodxonligini shakllantirishning pedagogik jihatlari» darsligining kontseptsiyasi va loyihasi Rossiya, Belorusiya, Meksika va Norvegiya davlatlarining media va axborot savodxonligi bo‘yicha mutaxassislari tomonidan muhokama qilindi.
    Zamonaviy jamiyat axborot va bilimlarga tayanadi. Bugungi kunda media, turli axborot va kommunikatsion texnologiyalarining turli xil shakllarining tez ommalashishi, ularning shaxsiy, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotimizga o‘tkazayotgan ta'sirini inkor etib bo‘lmaydi. Shu bois insonlarning axborot jamiyati hayotida faol va samarali ishtirok etishi uchun yangi bilim, ko‘nikma va ko‘rsatmalar zarur. Tez-tez qo‘llaniluvchi «savodxonlik» atamasi bugunda «raqamli», «kompyuter», «vizual», «texnologik», «kommunikatsion» va, albatta, «media» va «axborot» kabi tushunchalar bilan birga qo‘llanilmoqda. Bunday an'ana mazkur yunalishda izlanishlar olib borilishiga ortib borayotgan qiziqishdan va zamonaviy jamiyatning shiddat bilan o‘zgarib borayotganidan dalolat beradi. Shuni ta'kidlab o‘tish lozimki, hozirda «savodxonlik» an'anaviy yozish va o‘qish ko‘nikmalariga egalikni anglatuvchi tushuncha bilan chegaralanmaydi. Sanash, o‘qish va yozish ko‘nikmalarining ahamiyatini kamaytirmagan holda media va axborot savodxonligining fundamental ko‘nikmalar to‘plamiga kiritilishi, bugungi kunda yoshlar media va boshqa axborot yetkazib beruvchilarning (masalan, kitoblar media resurs sifitida xizmat qiluvchi kutubxonalarning) imkoniyatlarini bilishlari, shu bilan birga shaxsiy, jamoaviy, kasbiy faoliyatida hamda ta'lim olish maqsadlariga erishish uchun axborotni izlash, baholash, yaratish va qo‘llay bilishlari kerakligini anglatadi.

    Download 50,07 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 50,07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dasturga so‘nggi o‘zgarishlar kiritilib, tahrir qilingach, nashr qilindi. YUNESKOning kommunikatsiya va axborot bo‘yicha Bosh direktori

    Download 50,07 Kb.