• Mazkur Deklaratsiya
  • Media va boshqa axborot xizmatlari
  • Ommaviy kommunikatsiya va axborot kanallari
  • Gryunvald deklaratsiyasida




    Download 50,07 Kb.
    bet2/11
    Sana30.11.2023
    Hajmi50,07 Kb.
    #108748
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Mediasavodxonlik va axborot madaniyati fanining predmeti va jamiyat taraqqiyotida tutgan oʻrn

    Gryunvald deklaratsiyasida siyosiy va ta'lim tizimlari fuqarolarda kommunikatsiya fenomeni tushunchasini rivojlantirishda va ularning OAV va (an'anaviy va yangi) kommunikatsiyalarda ishtirok etishini rag‘batlantirish ko‘rsatib o‘tilgan. Mazkur holat 2005-yilda qabul qilingan Aleksandriya deklaratsiyasida o‘z rivojini topib, unda media va axborot savodxonligi insonning butun hayoti davomida oladigan ta'lim asosi sifatida belgilab berilgan. Mazkur Deklaratsiya axborotni samarali ravishda izlash, baholash, undan foydalanish va barcha sohalarda shaxsiy, ijtimoiy, kasbiy va ta'lim maqsadlariga erishish uchun uni yaratish imkoniyatlarini taqdim etishda MASning ahamiyatini ifoda etadi. MAS raqamli axborot va raqamli texnologiyalar dunyosida barcha xalqlarning ijtimoiy faolligini oshirishga undovchi insonning asosiy huquqlaridan biridir.
    Media va boshqa axborot xizmatlari (kutubxonalar, arxivlar va Internet) butun dunyoda mavjud axborotning to‘laligidan kelib chiqqan holda insonlarga qaror qabul qilishga ko‘mak beradi. Bundan tashqari, ular jamiyat o‘zi haqidagi haqiqatni bilishi, aholi bilan bo‘ladigan muloqotni qo‘llab-qo‘vvatlovchi va shu orqali u bilan birlashgan holda maqsad sari borishi mumkin bo‘lgan vositadir. MAS insonning raqamlashtirilgan axborot va raqamli texnologiyalar olamidagi, barcha xalqlarning ijtimoiy faolligini oshirishga ko‘mak beruvchi olamdagi bazaviy huquqi hamdir. Media va boshqa axborot xizmatlari (kutubxonalar, arxivlar va Internet) barcha mintaqalarda axborot to‘laqonligini nazarda tutgan holda insonlar qaror qabul qilishida muhim vosita sifatida tan olingan. Bundan tashqari, ular hokimiyat o‘z faoliyati xususidagi haqiqatni bilishida, aholi bilan muloqotni qo‘llab-quvvatlashida va bu orqali belgilangan maqsadlar tomon borishida kuchli vosita rolini o‘ynaydi.
    Ommaviy kommunikatsiya va axborot kanallari insonning hayoti davomida bilim olishga katta ta'sir ko‘rsatadi, shuning uchun ham nafaqat bo‘lajak jurnalistlar, balki barcha fuqarolar ham media va boshqa axborot xizmatlari (kutubxonalar, arxivlar, Internet va boshq.) qay tarzda ishlashi va ularni qay tarzda to‘g‘ri baholash lozimligini bilishi zarur.

    Download 50,07 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 50,07 Kb.