JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS




Download 342.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana06.03.2023
Hajmi342.75 Kb.
#44487
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-10
8-sinf test, Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/  Volume–19_Issue-7_December_2022 

1. Media va axborot savodxonligi yaxlit butunlik sifatida qabul qilinishi va o’z 
mazmunida kompetensiya(bilimlar, ko’nikmalar va malakalar)lar majmuini qamrab 
olishi;
2. MAS talaba-jurnalistlarni media va axborot kanallari bilan o’zaro hamkorlik 
qilishi uchun kasbiy savodxonlikni shakllantirishga maqsadli ravishda yo’naltirishi;
3. Bo’lajak jurnalistlar axborotni izlash, saralash, baholash va tarqatish 
ko’nikmalariga ega bo’lishi;
4.Ayollar va erkaklar, shuningdek, aholining marginal guruhlari, jismoniy 
imkoniyati cheklangan shaxslar, tub aholi yoki kam sonli millatlarning axborotga 
egalik qilishi uchun bir xil imkoniyatlarni yaratish;
5.MAS jurnalistlar tomonidan halqlar va ularning madaniyatini tushunish
madaniyatlararo muloqotni ijtimoiy hayotning muhim vositasi sifatida qabul qilinishi.
2. O’zbekistonning demokratiya sari taraqqiyotida, fuqarolarning ijtimoiy 
hayotdagi ishtirokining faollashuvida media va axborotning ahamiyati. 
OAV va ommaviy kommunikatsiyalar fuqaro o’z fikrini erkin bayon qilishida
hurfikrlikni, madaniyatlararo muloqotni, bag’rikenglikni va mamlakatni boshqarishda 
mas’uliyatni ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Ularning ahamiyati quyidagi 
yo’nalishlarda ko’rinadi:
– ommaviy axborot kommunikatsiyalari fuqarolarning bir birlari bilan uzluksiz 
muloqotlarini amalga oshirishga ko’mak berish;
– xabarlar, g’oyalar va axborotni tarqatish;
– jamiyatning barcha a’zolarini axborotga egalik qilishini ta’minlash, ular 
o’rtasidagi tengsizlikni hamda shakllanayotgan fuqarolik jamiyatining uch sektori 
o’rtasidagi tengsizlikni bartaraf etish; 
– turli ijtimoiy jarayonlar ishtirokchilari o’rtasida muloqot o’rnatish va ularni 
demokratiya usullari vositasida ziddiyatlarni bartaraf etishga rag’batlantirish; 
– fuqarolarda mamlakat kelajagi uchun mas’uliyat va birlashish hissini 
shakllantirish, jamiyat o’z-o’zini anglashi uchun turli imkoniyat va vositalarni taqdim 
etish;
– madaniy o’zligini namoyon qilish hamda millatlar ichida va millatlararo 
madaniy munosabatlarni o’rnatish uchun mexanizm taklif etish;
– ijtimoiy hayot shaffofligini ta’minlash va davlat hokimiyati organlari 
faoliyatini nazorat qilish uchun, shuningdek, korrupsiya, lavozimni suiste’mol qilish 
holatlarini jamoatchilikka oshkor qilish maqsadida kuzatuvchi funksiyasini bajarish;
demokratlashtirish, modernizatsiyalash jarayonlarini rag’batlantirish va erkin 
saylovlarni qo’llab –quvvatlash;
– turfa fikrlilik qadriyatlarini hurmat qiluvchi ijtimoiy hamkor funksiyalarini 
amalga oshirish; 
– madaniy meros saqlanishini ta’minlash; 



Download 342.75 Kb.
1   2   3   4   5




Download 342.75 Kb.
Pdf ko'rish