JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS




Download 342.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana06.03.2023
Hajmi342.75 Kb.
#44487
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-10
8-sinf test, Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/  Volume–19_Issue-7_December_2022 

2. Axborot savodxonligi – axborotni tanlash, baholash, qayta ishlash va uzatish 
borasidagi ko’nikmalar va malakalar majmuini bildiradi. Ushbu majmuani 1jadvalda 
ko’rish mumkin. Axborot savodxonligi axborotga egalik, uni baholash va axloqiy 
qoidalarga rioya qilgan holda foydalanishning muhimligini e’tirof etadi. 
Axborot ehtiyojlarini aniqlash va shakllantirish. 
Axborotni izlash va unga egalik qilish . 
Axborotni baholash . 
Axborotni tizimlashtirish . 
Axborotdan axloqiy qoidalarga rioya qilgan holda foydalanish . 
Axborotni uzatish . 
Axborotni qayta ishlash uchun AKT bilan ishlash ko’nikmalaridan foydalanish.
Media savodxonlik – mass-mediani qabul qilish va uning faoliyatini baholash 
bo’yicha ko’nikmalar va malakalar majmuini bildiradi. Demokratik jamiyatda 
medianing roli va funksiyalarini tushunish.
Media o’z funksiyalarini amalga oshirishi mumkin bo’lgan shartsharoitlarni 
tushunish . 
Media kontentini uning funksiyalari nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda 
tanqidiy baholash . 
Media vosiasida o’z fikrini bayon etish va demokratik jarayonlarda ishtirok etish 
uchun o’zaro hamkorlik qilish . 
Foydalanuvchi kontentini yaratish uchun kerak bo’ladigan ko’nikmalar(shu 
jumladan, AKT bilan ishlash ko’nikmalari)ni faollashtirish . 
Media savodxonlik media funksiyalarini tushunish, mazkur funksiyalarni amalga 
oshirish sifatini baholash va o’z-o’zini ifoda etish, shuningdek, ijtimoiy jarayonlarda 
ishtirok etish uchun medialar bilan ratsional hamkorlikka kirishishga urg’u beradi. 
Media savodxonlik ham, axborot savodxonligi ham yoshlarda media va axborot 
makonida foydalanilayotgan texnologiyalardan qat’iy nazar o’zaro hamkorlik qilish 
ko’nikmalarini ongli ravishda shakllantirish va rivojlantirish bilan bog’liq. Ushbu bir 
biriga bog’liq bo’lgan sohani turlicha tushuntirib beruvchi ikkita ilmiy maktab mavjud. 
Birinchi maktab vakillari axborot savodxonligini katta tadqiqotlar sohasi sifatida 
ko’rishadi. Ikkinchi maktab namoyondalari esa axborot savodxonligi media 
savodxonlikning tarkibida bo’lib, u ancha keng soha ekanligini ilgari suradilar.Ammo 
YUNESKOning xalqaro ekspertlar guruhi nafaqat media va boshqa axborot 
xizmatlarining bir biridan farqi, balki ularning o’zaro aloqadorlik nuqtalarini ham 
aniqlagan.
MAS tarkibini quyidagi asosiy tushunchalar tashkil etadi:
– Media savodxonlik;
– Axborot savodxonligi;
– O’z fikrini erkin bayon etish savodxonligi; 



Download 342.75 Kb.
1   2   3   4   5




Download 342.75 Kb.
Pdf ko'rish